Panama: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k z-d →‎ zavod
Qator 25:
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy faol aholining 25% band boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 15% hosil qilinadi. Yangi qishloq xoʻjaligi kooperativlari tuzilgan boʻlsa ham, latifundiyalar ustun mavqeda turibdi. Asosiy eksport ekinlari: banan, shakarqamish, kofe. Ichki isteʼmol uchun sholi, makkajoʻ-xori, kartoshka, dukkaklilar ekiladi. Goʻsht chorvachiligi va parrandachilik rivojlangan: qoramol, choʻchqa, ot, echki va xachir boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho tur yogʻoch tayyorlanadi. Dengizda qisqichbaqa va baliq ovlanadi.
 
Sanoati zaif rivojlangan boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 9% ni tashkil etadi. Oz miqsorda oltin, mis rudasi, neft qazib olinadi. Panama sanoati oziq-ovqat (qand-shakar, konservalar, quritilgan va quyultirilgan sut, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, baliq uni, tamaki mahsulotlari va boshqalar), yogʻochsozlik, koʻn-poyabzal, tikuvchilik, qogʻoz, sopol va sement sanoatining mayda korxonalaridan ibo-rat. Las-Minasda chetdan keltirilgan va mahalliy neftni qayta ishlaydigan z-dzavod bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 2,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Panama, Kolon, Nata. Panama kanali orqali yiliga 14 mingtagacha kema oʻtadi. Bu kanal roʻyxatga olingan kemalar soni va ularning umumiy yuk hajmi jixatidan dunyoda l-oʻrinda, Kolon Erkin zonasi esa ahamiyati va eksport-import operatsiyalari hajmi jihatidan 2-oʻrinda turadi. Asosiy dengiz porti va xalkaro aeroporti — Panama, muhim dengiz porti — Kolon. Transport yoʻli uzunligi — 583 km, avtomobil yoʻllari —10 ming km. Chetga banan, neft mahsulotlari, qand-shakar, yogʻoch, qisqichbaqa va boshqa chiqaradi, chetdan mashina va asbob-uskuna, metall buyumlar, xom neft, kimyoviy mollar, oziq-ovqat va boshqa oladi. Asosan [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]], [[Venesuela]], [[Kosta-Rika|Kosta-rika]], [[Kanada]], [[Yaponiya]], [[Germaniya]], [[Italiya]] bilan savdo qiladi. Pul birligi — balboa.
 
== Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari ==