Vinnitsa viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 60:
|Izoh =
}}
'''Vinnitsa viloyati''' — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932 yil 27 fevralda tuzilgan. Mayd.Maydon 26,5 ming km{{sup|2}}. Aholisi 194,6 ming kishi (1999), 25 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 29 shaharcha bor. Janubida Moldaviya Respublikasi bilan chegaradosh. Markazi – Vinnitsa shahri.
 
Viloyat hududining aksari qismi Podoliya va Dnepr boʻyi qirlarida joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha tempaturasi – 4, –6", iyulniki 18,8–20,5°. Yiliga 500– 550 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 200 kun. Vinnitsa viloyatidan Janubiy Bug, [[Dnepr]] oqib oʻtadi. Tuprogʻi asosan qoratuproq va sur tuproq. Hududining 12,6% oʻrmon. Yelik, boʻri, tulki, oʻrmon suvsari, olmaxon, quyon, kemiruvchilar, daryo qirgʻoqdarida qunduz, oʻrdak, gʻoz yashaydi. Asosiy aholisi – ukrainlar (92% ga yaqin); shuningdek rus, yahudiy, polyak va boshqalr ham yashaydi.
 
Vinnitsa viloyati Ukrainaning asosiy qand lavlagi ekiladigan va shakarqand sanoati rivojlangan rayonlaridan biri. Sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. 40 ga yaqin shakarqand zavodi, 10 dan ziyod spirt zavodi, yirik konserva zavodlari va k-tlarikombinatlari ishlab turibdi. Goʻsht va sut sanoati katta oʻrin egallaydi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalarida asosan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatlari uchun mashina va uskunalar ishlab chiqariladi. Qurilish materiallari sanoati mahalliy kaolin (Gluxovesk), granit va boshqalar qazilmalarni ishlaydi. Vinnitsada fosfat oʻgʻiti kombinati bor. Poyabzal, tikuvchilik f-kalarifabrikalari ishlab turibdi.
 
Qishloq xoʻjaligi lavlagikorlik-gʻallachilik hamda goʻsht-sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Gʻalla ekinlaridan kuzgi bugʻdoy, don-dukkaklilar, makkajoʻxori ekiladi. Shuningdek suli, tariq, grechixa, kungaboqar, kartoshka, tamaki, yemxashak ekinlaridan beda, yoʻngʻichka yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va Dnestr daryosi boʻyida tokchilik rivojlangan.
 
Chorvachilikda sut-goʻsht qoramolchiligi va choʻchqachilik yetakchi oʻrinda. Parrandachilik, hovuz baliqchiligi va asalarichilik rivojlangan. Temir yoʻl uzunligi qariyb 1200&nbsp;km. Muhim temir yoʻl yoʻnalishlari: Kiyev – Odessa, Kiyev – Lvov. Xoʻjalik yuklarining asosiy qismi temir yoʻl va avtomobil transportida tashiladi. Jan. Bug va Dnestr daryolarida kema qatnaydi. Vinnitsada aeroport bor.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20V%20harfi.pdf V-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref><!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
== AdabiyotlarManbalar ==
{{manbalar}}{{Ukraina maʼmuriy boʻlinishibo'linishi}}
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
[[Turkum:Ukraina viloyatlari]]
<!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
== Manba ==
{{manbalar}}
{{Ukraina maʼmuriy boʻlinishi}}
 
[[Turkum:Ukraina viloyatlari]]
 
{{OʻzME}}
 
{{stub}}