Ruminiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 64:
Marosim, mehnat (choʻpon), muhabbat qoʻshikdari, allalar, ballada va doynalar, laparlar oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xalq cholgʻu asboblari: skripka, kobza, simbala, fluyer, fleyta (nay) va boshqa Leutar deb atalgan mohir musiqachilar folklorni ommalashtirishda katta ish qiddilar. Ruminiya davlati yuzaga kelishi bilan (1862) professional rumin musiqasi rivoj topdi. A. Flextenmaxer, E. Kaudella, Ch. Porumbesku, J. Shtefenesku, K. Dimitresku, G. Dima, G. Muzichesku dastlabki milliy sahna, xor qoʻshiklarini ijod qiddilar. 20-a. 1-yarmida bu maktab gʻoyat ravnaq topdi. Kompozitorlik maktabi asoschisi J. Enesku, shuningdek, M. Jora, S. Dragoy, M. Andriku, P. Konstantinesku kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chikdi. 1920-yil rumin kompozitorlar jamiyati tuzildi, musiqashunoslik rivojlandi. 20-a. 2-yarmida oratoriya, kantata, operetta, ommaviy qoʻshiq, estrada, teatr va kino musiqasi kabi janrlar yuzaga keldi. R.da 10 ta musiqa teatri, 20 ta simfonik orkestr, xalq musiqa ansambllari, xor jamoalari, 2 ta konservatoriya bor. M. Basarab, K. Silvestri, M. Bredichanu kabi dirijyorlar, 3. Palli, N. Xerlya, A. Floresku, T. L ukachu kabi xonandalar, Sh. Georgiu, Y. Voyku, Sh. Ruxa kabi sozandalar mashhur.
 
Teatri qad. oʻyin va marosimlardan boshlangan. Ular orasida "kelushariy" (nikoh marosimi) va "brezaya" (yangi yil marosimi) ayniqsa oʻziga xos. R.da dastavval maktab teatrlari paydo boʻldi. 1841-yil Yassida teatr binosi qurildi. 1852-yil Buharestda Katta teatr (1877-yildan Milliy teatr) ish boshladi. Soʻngra bir qancha shaharlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ochildi. 19—20-a.larda G. Manolesku, A. Romanesku, K. Nottara, A. Prutyanu, keyinchalik ularning izdoshlari A. Demetriade, T. Bulandra va boshqa realistik anʼanalarni davom ettirdilar. Ular jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlarini va mahalliy mualliflarning pyesalarini sahnalashtirdilar. Eng mashhur aktyorlari: Ruminiya Beligan, A. Buzesku, G. VasiliuBirlik, K. Antoniu, M. Bachu, D. Kocha, rej.larirejissyorlari: M. Gelerter, L. Jurjesku, S. Aleksandresku, Y. Pola, L. Chuley va boshqa
 
== Kinosi ==
Filmlar 1897-yildan suratga olina boshlagan. 1911-yil birinchi film — "Peshonaga yozilgan muhabbat" ishlab chiqarildi. 1950 -yil"Vodiy jarangi", 1952 -yil"Mitrya Kokor" filmlari yaratildi. 20-a.ning 2-yarmida "Tashnalik", (rej.rejissyor M. Dregan), "Dunay toʻlqinlari" (rej.rejissyor L. Chuley), "Panjarasiz osmon" (rej.rejissyor F. Muntyanu), "Hokimiyat va haqiqat", "Fitna" (rej.rejissyor M. Markus), "Devor" (rej.rejissyor K. Vayeni), "Lahza" (rej.rejissyor Vitanidis) kabi falsafiy, axloqiy filmlar yaratildi. Y. PopeskuGoponing multfilmlari jahonga mashhur. Tanikli aktyorlari — Ruminiya Beligan, M. Pogonat, M. Barbu, I. Petresku va boshqa 1963-yil kino xodimlari jamiyati tuzilgan. Kino mutaxassislari Y.L.Karajale nomidagi teatr va kino sanʼati institutida tayyorlanadi.
 
== Oʻzbekiston — Ruminiya munosabatlari ==