Indoneziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 81:
 
== Kinosi ==
Dastlabki filmlar 20-a. 20-yillar oʻrtalarida golland rej.rejissyor lari tomonidan suratga olingan. 30-yillar 1-yarmidan xitoylar bilan hamkorlikda I. rej.rejissyor lari (Anjar Asmara va b.) indonez tilida ovozli filmlar yara-ta boshladilar. Dehqonlar hayotini aks ettiruvchi "Parex" (1935, rej.rejissyor M. Franken), "Yorqin oy" (1937, rej.rejissyor A. Balink) singari koʻpgina filmlar aktyorlar Moxtar va Rukiyax ishtiro-kida yaratildi. Yaponlar okkupatsiyasi davrida kinematografiya yapon tashvi-qotiga xizmat qildirildi. Ammo "Yom-gʻir" (rej.rejissyor I. Perbatasari) va "Orzularim" (rej.rejissyor S. Palindi) filmlarida xalqning milliy xususiyatlarini ifodalashga muvaffaq boʻlindi. Urushdan keyin milliy mutaxassislar yetishib chiqa boshladi, voqeiy filmlar yaratish kuchaydi. Jakartada birinchi davlat kinofirmasi "PFN", xususiy kinofirma "Perfini" tashkil etilishi natijasida koʻplab badiiy filmlar ishlab chiqarildi. "Majruh" (1952), "Turang", "Vatanga qaytish" (1954), "Maktab devori orqasida", "Tilla qoʻngʻiz", "Shafqatsiz gunoh" va b. filmlar ilgʻor gʻoyalarni targʻib qildi.
 
60-yillar oxiridan milliy kino i.ch. yana avj ola boshladi. Keyingi yillarda rej.rejissyor lardan V. Umboxning "Mitti yulduzlar", "Onajon", "Shaxs", "Bokira kelin", "Toʻy", "Novcha oʻynash", T. Junandining "Onaginam", "Puch orzu", S. Jayning "Harir binafsha-rang tuman", S. Suvardi Hassanning "Baxtsiz oʻgay qiz", "Umidsizlik koʻz yoshlari" kabi badiiy filmlari ma-shhur boʻldi.
 
== Oʻzbekiston — Indoneziya munosabatlari ==