Armaniston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 39:
 
== Adabiyoti ==
Arman xalq ogʻzaki ijodidan koʻpgina namunalar yetib kelgan. Bulardan eng mashhuri „Sosunlik Dovud“ dostonidir. Unda [[armanlar]]ning bosqinchilarga qarshi kurashi aks etgan. Arman yozma adabiyoti 5-asrda yuzaga kelgan, bungacha yaratilgan adabiy asarlar armanlarning xristianlik diniga utishi payti (4-asr)da yoʻq boʻlib ketgan. Maʼrifatparvar olim Mesrop Mashtots yaratgan yozuv adabiyotning tez rivojlanishiga yoʻl ochdi. 10-asrga kelib, iqtisodiy hayot jonlanishi tufayli adabiyot va sanʼatda insonparvarlik ruhidagi asarlar paydo boʻla boshladi. 10 — 13-asrlardagi shoirlar Nerses Shnorali, Mxitar Gosh, Vardan Aygeksi ijo-dida uygʻonish davri gʻoyalari seziladi. 14 — 18-asrlarda Ovanes Tupkuransi, M. Nagash, G. Axtamarsi, N. Kuchak, N. Ovnatan, Sayat Nova kabi shoirlar dunyoviy adabiyot anʼanalarini davom ettirdilar. X. Abovyan yangi arman adabiyotiga asos soldi. 19-asr 60-yillaridan xalq hayotini aks ettiruvchi dramaturgiya rivojlana boshladi. [[Sundukyan Gabriel Mkrtichevich|G. Sundukyanning]] pyesalari sahnalashtirildi. 18-asr oxiri va 20-asr boshlarida H. Paronyan, [[Tumanyan Ovanes Tadevosovich|O. Tumanyan]], [[Isaakyan Avetik Saakovich|A. Isaakyan]], A. Akopyan, [[Shirvonzoda Aleksandr Minasovich|Shirvonzoda]] arman adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdilar. 20-yillarda A. Vshtuni, G. Maari, V. Alazan, G. Saryan, S. Vauni kabi shoirlar keng omma orasida shuhrat qozondi. 30-yillarda arman adabiyoti E. Charens, A. Bakuns, M. Armen, V. Totovens, V. Norens, N. Zaryan, S. Taronsi, D. Demirchyan va M. Janan kabi adiblarning asarlari bilan boyidi. [[1932-yil]]da Armaniston Yozuvchilar uyushmasi tuzildi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin romanchilik rivojlandi, qator poetik asarlar yaratildi. G. Sevunsning „Tehron“, L. Gurunsning „Oltin tong“, R. Kocharning „Katta uy bolalari“, Armaniston Sanyanning „Tashnalik“ romanlari, A. Grashi, O. Sheroz, R. Ovanesyan, [[Kaputikyan Silva Barunakovna|S. Kaputikyanlarning]] sheʼriy toʻplamlari bosilib chiqdi. Oʻzbek yozuvchi va shoirlarining mashhur asarlari arman tilida nashr etilgan. Arman adabiyotining eng yaxshi namunalari ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.
 
== Meʼmorligi ==