Kongo Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 43:
 
== Adabiyoti ==
K.da kadimdan boy xalq ogʻzaki ijodiyoti mavjud. Yozma adabiyot 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin fransuz va lingal tillarida paydo boʻldi. Sheʼriyat, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. J.B.Tati-Lutarning lirik sheʼrlari vatanga muhabbat ruhi bilan sugʻorilgan. Shoir J.F. Chikayya yozma sheʼriyatni yuksak darajaga koʻtardi. Uning "Qora qon", "Qorin", "Afrika ertaklari" va boshqa sheʼriy kitoblarida xalqning ozodlik va tenglik uchun kurashi — Afrika takdiri haqida oʻylar, xalq tuygʻulari aks ettirilgan. M. Sindaning sheʼriy asarlarida ham mustamlakachilikka qarshi kurash mavzui yangradi. Ayni vaqtda nasriy asarlar ham keng rivojlandi. J.Malonganing qullar hayotiga bagʻishlangan "Mpfumu Ma Mazono afsonasi" va tengsizlikka qarshi kurash mavzuini ifoda etgan "Yurakdagi armon" romanlari K. nasrining yutugʻi hisoblanadi. Dramaturgiya sohasida S.Bemba, P.Loni, F.Muangassa, L.Ambili va boshqa ijod qiladilar.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==