Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎top: vikifikatsiya, imlo using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 4:
 
[[Fayl:100 Number Square.svg|thumb|100 raqam maydoni]]
'''Son''' — narsalarni sanash, miqdorni belgilash uchun qoʻllaniladigan matematik vosita; [[matematika]]ning asosiy tushunchalaridan biri. Narsalarni sanashga boʻlgan ehtiyoj tufayli eng sodda koʻrinishda ibtidoiy jamoa davrida vujudga kelgan, insoniyat faoliyati doirasining kengayishi bilan takomillashgan. Dastlab, [[Natural son|butun musbat (natural) sonlar]], keyinchalik cheksiz natural sonlar qatori (1, 2, 3, 4, 5...) tushunchasi kelib chiqdi. Natural va [[tub sonlar]] qatorlarining cheksizligi hamda yetarlicha katta sonlarni nomlash, belgilash masalalari miloddan avvalgi 3-asrdayoq yunon matematiklari [[Yevklid]] va [[Arximed]]ning asarlarida taxlil qilingan. Sonlar ustidagi toʻrt amal qoidalarini oʻrganish bilan [[arifmetika]] shugʻullanadi. Son tushunchasining takomillashishi [[kasr]] son tushunchasini kiritish bilan boshlandi. Kasr son biror miqdorni oʻlchash, yaʼni bu miqdorni boshqa bir miqdor — oʻlchov bilan taqqoslash natijasida kelib chiqqan. Son tushunchasining keyingi takomillashishi fan rivojining natijasidir. Masalan, [[algebra]]ning taraqqiyoti manfiy sonlar tushunchasiga olib keldi. 6—12 asrlarda [[hindlar]] masalalar yechishda manfiy sonlarni qoʻllagan edilar. Son tushunchasining rivojlanishiga oʻrta asr Sharq, matematiklari ham katta hissa qoʻshdilar. Yevropada manfiy sonlarni birinchi marta [[René Descartes|R. Dekart (17-a.asr)]] kiritdi. Hamma butun, kasr (musbat ham manfiy) sonlar va nol — [[ratsional sonlar]] deyiladi. Uzluksiz ravishda oʻzgaradigan miqdorlarni oʻrganish uchun [[irratsional sonlar|irratsional son]] tushunchasi kiritiladi. 18—19-asrlarda algebrada tenglamalar nazariyasining rivojlanishi [[kompleks sonlar]] tushunchasiga olib keldi. Son tushunchasini va uning xossalarini 19-asrda nemis matematiklari [[Kantor Georg|G. Kantor]], [[Dedekind Yulius Vilgelm Rihard|R. Dedekind]], K. Veyershtrass va italiyalik matematik J. Peano oʻz ishlarida toʻla asoslab berdilar (yana q. [[Pi soni]], [[Algebraik sonlar]], [[Ratsional sonlar]], [[Kompleks sonlar]]).
 
== Adabiyot ==