Birlashgan Qirollik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k removed Category:Davlatlar using HotCat
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 25:
19-asrning 30- yillarida ishlab chiqarishning fka tizimi qaror topdi. 30—40- yillarda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. B. B. hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni koʻpaytirishga qaratildi. B. B. Yangi Zelandiya, Birma, Jan. Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afgʻonistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va boshqalar), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qoʻzgʻolonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri boʻldi. 1878 yil Kipr o.ni, 1882 yil Misr, 1898 yil Sharqiy Sudanni, 1899—1902 yillarda Jan. Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.
 
20-asr boshlariga kelib B. B. iqgisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. B. B. bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyat 1-Birinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida gʻolib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga oʻz mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20- yillarda B. B. Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—33 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi B. B. iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938 yil B. B. hukumati Myunxen shartnomasiga qoʻshilib, 2-Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yoʻl ochdi. 1939 yil 3 sentabrda B. B. Olmoniyaga urush eʼlon qildi. Urush B. B.ning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. 2-Ikkinchi jahon urushidan soʻng B. B. mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970- yillarning oʻrtalarida B. B.ning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin B. B. hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—79) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979 yildan) partiyasi boshqardi. B. B. 1945 ydan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 18 fevralda oʻrnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha tugʻilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi).
 
Asosiy siyosiy partiyalarn, kasaba uyushmalari. Leyboristlar partiyasi, 1900 yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867 yil tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988 yilda asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925 yilda tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928 yilda tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988 yilda B.B. Kommunistik partiyasining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1920 yil tashkil etilgan.
Qator 31:
Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868 yil tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897 yil tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899 yil tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973 yil tashkil etilgan.
 
Xoʻjalngi. B. B. — iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, 70,2 % ni xizmat koʻrsatish tarmogʻi beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bogʻlangan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. 2-Ikkinchi jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qoʻldan ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qoʻldan boy berishga yoki sotishga majbur boʻddi. Iqtisodiyotning harbiy izga ‘tushirilishi koʻpdankoʻp behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida 1948 yilda B. B. ulushi 11,9 % edi, 1968 yilda 7,4 % ga tushib qoldi.
 
== Sanoati ==
B. B. eksportining 90 % ni sanoat taʼminlaydi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanli oʻgʻit, boʻyoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota ishlab chiqarish), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va boshqa tarmoqlari boʻyicha yirik ishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining koʻpchiligi Jan. va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild shaharlarida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Jan. Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shim. Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishxonalari — Midlend, Jan. Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari Shim.
 
Gʻarbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shim. dengiz va Bristol qoʻltigʻi sohillarida, toʻqimachilik sanoati ishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shim. dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. B. B.da yiliga oʻrtacha 48,2 mln. tonna toshkoʻmir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m³ tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna poʻlat ishlab chiqariladi.
Qator 90:
B. B. sirki 18-asrda laydo boʻlib, F. Astley (1742—1814) ijodida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. U ot oʻynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol oʻynadi. B. B.da yezda koʻchma sirklar ishlaydi.
 
Kinosn. B. B.da kino ishlab chiqarish 1896 yildan boshlandi. 1929 yil birinchi tovushli film „Tovlamachilik“ yaratildi. Shu yili hujjatli film l ar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932 yilda tashkil etgan „London filme“ firmasi B. B. va chet el kino arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi („Pigmalion“, rej. A. Askvit, „39 qadam“, rej. A. Xichkok kabi). 2-Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda („Magʻrur vodiy“, rej. P. Tennisson, „Pastor Xoll“, rej. R. Boulting, „Yongʻinlar boshlandi“, rej. X. Jennings) ilgʻor tamoyillar kuchaydi. Urushdan soʻng ingliz klassiklari asarlarini ekranlashtirish avj oldi. ["Hamlet" (1947), „Richard III“, rej. L. Olivye, „Oliver Tvist“, rej. D. Lin kabi]. Hujjatli filmlar ishlab chiqarishda „Ozod kino“ guruhi samarali ish qildi (195659). 6070- yillarga oid „Oʻziga xos ishq“ (rej. J. Shlezinger), „Yolgʻonchi Billi“, „Sportchilar hayoti“ (rej. L. Anderson), „Qanday saodatli kun edi“ (1972), „Bayram asnosida“ (1975) kabi filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli harakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard, R. Harris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem B. B. kinosining mashhur artistlaridir.
 
==Oʻzbekiston — Birlashgan Qirollik munosabatlari==