Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 21:
M. — Gʻarbiy Afrikada oʻrta ayerlarda vujudga kelgan davlatlardan biri. Mamlakatga Shim. Afrika savdogarlari kirib kelishi bilan islom dini yoyilgan (8-asr). 19-asrning oxiridan Gʻarbiy Afrikaning markaziy hududi Fransiya mustamlakasiga aylandi. Mahalliy aholi mustamlakachilarga qarshi qattiq kurashdi. 1894 yil Niger va Senegal daryolarining yuqori va oʻrta oqimlaridagi yerlari Fransiya Sudani nomi bilan Fransiya mustamlakasi. 1895 yildan Fransiya Sudani Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kirdi.
 
2-Ikkinchi jahon urushidan keyin Fransiya Sudanida ozodlik harakati kuchaydi. 1946 yil oxirida tashkil topgan Afrika demokratik birlashmasi seksiyasi — Sudan Ittifoqi partiyasi milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi, demokratik islohotlar oʻtkazish uchun kurash boshladi. Sudan Ittifoqi Fransiya Gʻarbiy Afrikasi mamlakatlariling taraqqiyparvar kuchlari va Fransiya Umummehnat konfederatsiyasi tarkibidagi kasaba uyushmalari koʻmagida mamlakatda yetakchi siyosiy kuch boʻlib qoldi. 1957 yil uning deputatlari Territorial assambleyada birinchi marta koʻp ovoz olishga muvaffaq boʻldilar.
 
1958 yil 28 sentabrda qabul qilingan Fransiya konstitutsiyasiga muvofiq, Fransiya Sudani Sudan Respublikasi nomi bilan Fransiya Hamjamiyati tarkibiga kirdi. 1959 yil Sudan Respublikasi bilan Senegal Respublikasining birlashuvidan Mali Federatsiyasi tashkil topdi. U 1960 yil iyunda Fransiya Hamjamiyati doirasida mustaqillikka erishdi. 1960 yil 20 avg .da Senegal Respublikasi Federatsiyadan chikdi. Federatsiyaning tarqalib ketishi mu-nosabati bilan Sudan Respublikasining Qonun chiqaruvchi assambleyasi 1960 yil 22 sentabrda Sudan Respublikasini M. Respublikasi nomi bilan suveren va mustaqil davlat deb eʼlon qildi va u Fransiya Hamjamiyatidan chikdi. Sudan Ittifoqi partiyasining bosh kotibi M. Keyta respublika prezidenta boʻldi. 1968 yil noyab.dagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni M. Traore (1979—91 yillarda prezident) boshchiligidagi Milliy ozodlik harbiy qoʻmitasi egalladi. 1979 yil M. boshkaruvning fuqarolik shakliga oʻtdi.
Qator 50:
 
== Adabiyoti ==
M. xalq ogʻzaki ijodi boy va rangbarang . Xalq afsonalarini toʻplash va nashr etishga 20-asrning 30-yillarida kirishildi. Hozirgi adabiyoti, asosan, ‘ fransuz tilida. Tarixchi I. M.Uan oʻzining tarixiy romanlari ("Fadimata, choʻl malikasi" va boshqalar) bilan hozirgi zamon M. adabiyotining asoschisi hisoblanadi. 20a.20-asr 2-yarmidagi yirik yozuvchilaridan biri, jamoat arbobi Fili-Dabo Sissokoning "Qizil Savanna" romanida 1jahonBirinchi jahon urushi davrida mahalliy ziyolilarning vujudga kelishi, tuareglarning fransuz bosqinchilariga qarshi qoʻzgʻoloni bayon qilingan. M.da yosh shoirlar yetishib chikdi. 60-yillar oxiri va 70-yillar boshlarida M. adabiyotida folklor asarlari (tarixiy afsonalar, ertaklar va h.k.)ni qayta ishlash davom ettirildi ("Kala Jata" va boshqalar). M. mustaqillikka erishgach, proza va poeziya gurkirib rivojlana boshladi.
 
Meʼmorligi va amaliy sanʼati. M. hududidan neolit davriga mansub madaniyat yodgorliklari topilgan (kryalarga bitilgan yozuvlar, gʻor devorlariga ishlangan ov, urush manzaralari hamda raqslar tasvirlangan rasmlar va boshqalar). Qishloqlarda kulbalar somonli loy ("banko")dan doyra shaklida, sinchli, derazasiz, kulohsimon va tomi kamishdan; shaharlarda toʻgʻri burchakli qilib quriladi, tomlari loy, tunuka yoki shifer bilan yopiladi. 11 —16-asrlarda M.da shahar qurilishi rivojlandi (Niani, Gao, Tombuktu, Jenne va boshqalar), ular mustahkam devorlar bilan oʻraldi. Jamo-at binolari (Tombuktudagi saroy), masjidlar (Tombuktu, Mopti, Jen-neda) qurildi. Mustamlakachilar xukmronligi davrida Gʻarbiy Yevropa eklektikasiga xos binolar yuzaga keldi (soborlar, hukumat muassasalari va boshqalar). 20-asrning 2-yarmidan zamonaviy binolar kurila boshladi.