Xorvatiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Igna (munozara | hissa)
176.213.0.23 (mun.) tomonidan qilingan 1990269-sonli tahrir qaytarildi
Teg: Bekor qilindi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 11:
 
== Tarixi ==
Xorvatiya hududida odam ilk paleolit davridan boshlab yashaydi. Jez davrida illiriy, soʻng kelt qabilalari yashagan. Mil. av. 1-asrda Rim bosib olgan. Mil. 1-asrda Xorvatiyaning talay qismi Rimning Pannoniya va Dalmatsiya viloyatlariga, 395 yil esa Vizantiya tarkibiga kirgan. 6—7-asrlarda Xorvatiya hududida slavyanlar yashay boshladi. 8-asrda franklar bostirib keldi. 9-asr oxirida xorvat knyazlari franklar va Vizantiya asoratidan qutulib mustaqillikka erishdilar, 925 yil Xorvat davlati (qirollik) vujudga keldi. 10-asrda xristianlik tarqaldi. 1102 yil Xorvatiya venger qirollariga tobe boʻlib, ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqini saqlab qoldi. 16-asr oxirida Xorvatiya hududining koʻp qismi Usmoniylar imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Bir qismi Gabsburglar hukmronligi ostida qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida turklardan ozod qilingan yerlar (Slavoniya) Harbiy hudud (Turkiya bilan chegaradosh boʻlgan viloyat; Gabsburglar imperiyasi tarkibida boʻlgan) tarkibiga, bir qismi 1809—13 yillarda Illiriylar provinsiyasi tarkibiga kiritildi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida xorvat millatining shakllanish jarayoni kuchaydi va 19-asr 1-yarmida millat sifatida shakllanib boʻldi. 19a.19-asr ning 30—40-yillari xorvat yerlarida illiriylar ijtimoiy harakati yoyildi. 1848—49 yilgi Avstriya va Vengriya dagi inqilob natijasida Xorvatiya Gabsburglar imperiyasi tarkibida muxtoriyatga erishdi. Ammo inqilob bostirilgach, muxtoriyatdan mahrum boʻldi. 1868 yilgi Xorvatiya Vengriya bitimi natijasida cheklangan muxtoriyatga erishdi. AvstriyaVengriya davlati barbod boʻlgach (1918), Xorvatiya Serblar, xorvatlar va slovenlar (1929 yildan Yugoslaviya) qirolligi tarkibiga kirdi. 1939 yil avgustda Xorvatiya muxtoriyatga erishdi. 1941 yil aprelda fashistlar tomonidan okkupatsiya qilingan Xorvatiya hududida "Mustaqil Xorvatiya davlati" degan koʻgʻirchoq davlat eʼlon qilindi. 1945 yil Xorvatiya hududi butunlay ozod qilindi va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi (keyinchalik Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi) tarkibiga kiritildi.
 
1963 yildan 1991 yilgacha Yugoslaviya tarkibida Xorvatiya Sotsialistik Respublikasi deb ataddi. 1991 yil iyunda Xorvatiya mustaqilligi toʻgʻrisidagi Deklaratsiya kabul kilinib, mamlakat Xorvatiya Respublikasi deb atala boshladi. Xorvatiya — 1992 yil 22 maydan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 yil 28 dekabrda tan olgan va 1995 yil 6 fevraldan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30 may — Davlatchilik kuni (1990).
Qator 36:
 
== Adabiyoti ==
taxminan 1100 yil yaratilgan "Bashchan plitasi" asari xorvat xalq tili unsurlari boʻlgan dastlabki til va xuquq yodgorligidir. Xalq ogʻzaki ijodiyoti, jumladan, xorvat qahramonlik dostonlari badiiy adabiyot shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Gumanizm va italyan uygonish davri sheʼriyati taʼsirida rivojlangan Dubrovnik va Dalmatsiya adabiyoti — 15—18-asr xorvat adabiyotining tarkibiy kismidir. 15—16-asrlargacha I. Chesmitskiy, Yu. Shijgorich, Ya. Bunich kabilar lotin tilida ijod qilgan boʻlsa, ulardan keyingi avlod yozuvchilari M. Marulich, Sh. Menchetich, J. Drjich, G. Lutsich, M. Drjich, I. Gektorovichlar ona tiliga murojaat etdilar. 17—18a.larda17—18-asrlarda I. Gundulich, J. Palmotich, Yu. Krijanich, N. va P. Zrinskiy kabi adiblar yetishib chiqdi. 18-asr oxiri — 19-asr oʻrtalarida Xorvatiya milliy uygʻonish davrida maʼrifatparvarlik adabiyoti (M. Relkovich, T. Brezovachki) maydonga chikdi. Illirizm vatanparvarlik oqimining atoqli namoyandalari L. Gay, D. Demeter, Stanko Vraz romantizm adabiyotiga asos soddilar. 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi "xorvat moderni" badiiy oqimi adabiy jarayon rivojida sezilarli rol oʻynadi. Turli goyaviybadiiy okimlarga mansub boʻlgan M. Dejman, V. Vidrich, D. Shimunovich, M. Maryanovich, A.G. Matosh shu oqimni rivojlantirdilar. 1 va 2-jahon urushlari oraligʻida shoir, yozuvchi va dramaturg M. Krleja adabiy muhitda yetakchilik qildi. 1941—45 yillardagi xalq ozodlik urushi yillarida V. Nazor, I.G. Kovachich, G. Vitez, Yu. Kashtelan, V. Popovich, J. Yelichichlarning joʻshqin sheʼrlari xalqni ruxlantirib turdi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin ham ozodlik kurashi adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi. 60— 80-yillarda O. Sholts, N. Milichevich, 3. Golob, S. Mixalich, M. Slavichek, T. Sablyak, N. Petrak, J. Sabol ijodida umumiy insonparvarlik ruhi ustunlik qildi. Drama sohasida P. Budak, I. Raos, F. Xajich, D. Roksandich asarlari shuhrat qozondi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==