Gotika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Gotika''' (ital. gotico — german qabilalaridan gotlar nomidan), gotika uslubi — Gʻarbiy, Markaziy va qisman Sharqiy Yevropa mamlakatlarida oʻrta asrlar sanʼatida hukm surgan badiiy uslub. "G." termini Uygʻonish davrida qoʻllanila boshlagan. 12-a.daasrda roman uslubi oʻrniga yuzaga kelgan. G.da yetakchi oʻrinni meʼmorlik egalladi, unda meʼmorlik, haykaltaroshlik va rangtasvir (asosan vitraj)ning uygʻunligi buyuk namunasi boʻlgan ibodatxona alohida oʻrin tutadi. Ibodatxona qurishning yangi loyiha tizimi ishlab chiqildi: bosh tarzi uchli ravoqli va gumbazlari qovurgʻali (nervyur), ogʻirligi arkbutanlar orqali tashqi devor va tayanch ustunlar (kontrfors)ga oʻtkazilgan sinchli tuzilma. Gumbaz toʻshamalari yengil qalamalar b-n toʻldirilgan, ustun oralaridagi yirik oynalar vitrajlar b-n bezatilgan, gʻarbiy tarzida minoralar (bal. 150 m gacha) qurilgan. Bu yangi loyiha neflar kengligi va bino balandligini birmuncha oshirgan. Shuning hisobiga inshoot yengil, mujassamotiga koʻra koʻkka choʻzilgan. Ichi va tashqarisi haykallar va nafis tosh oʻymakori bezaklar b-n bezatilgan. Mujassamotida panjarali baland minoralar muhim oʻrin tutgan. G. meʼmorligiga uchli vimperglar, deraza va peshtoqlar, doira shaklidagi oynalar, bezak qism (fial)lar va sh.k. meʼmoriy shakllar xos.
 
G. 12-a.asr oʻrtalarida Shim. Fransiyada yuzaga keldi. 13-a.asr 1-yarmida yuksak darajada rivojlandi. Shu yerda G.ning tosh ibodatxonalari oʻzining mumtoz shakliga ega boʻldi. Bibi Maryam ibodatxonasi (Notrdam, 1163—1257), Shartr (1194-1260), Reyms (1211-1311), Amyen (1220—88) va b.dagi ibodatxonalar G.ning yuksak namunasidir.
 
Niderlandiya, Shim. Germaniya, Skandinaviya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Chexiya, Latviya, Estoniya va b. joylarda ham G. mahalliy anʼanalar taʼsirida rivojlandi. G.ning ilgʻor usullari Uygʻonish davri va barokko meʼmorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
Qator 11:
G. tasviriy sanʼati diniy va dunyoviy dunyoqarashlardagi uygʻunlikni saqlagan holda rivojlandi, ayni vaqtda voqelikni uning hodisalari b-n birga aks ettirishga intildi. Ibodatxonalar bezagida haykal va relyeflar (mas. Reyms ibodatxonasida 2300 dan ortiq haykal), vitrajlar (Sen-Deni, Shartr va b.da) keng qoʻllanilgan, tasviriy sanʼat asarlari meʼmoriy mujassamotga boʻysundirilgan. Diniy mavzudagi asarlar b-n bir qatorda maishiy lavhalar, mehnat jarayoni aks etgan, baʼzan hajviy lavhalar ham uchraydi (Parij, Amyen, Strasburg va b. joylardagi ibodatxonalar). Amaliy bezak sanʼati yuksak darajada rivojlandi: tosh va fil suyagi oʻymakorligi, metall buyumlar, emal va sh.k. Rangtasvirda nisbatan kitob miniatyurasi keng taraqqiy etdi, unda tarixiy va maishiy lavhalar haqqoniy aks ettirildi.
 
Oʻzbekistan hududida 19-a.asr oxiri — 20-a.asr boshlarida G. uslub-belgilari meʼmorlikda paydo boʻldi (mas, Toshkent sh.dagi Kirxa binosi).
 
Neʼmat Abdullayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>