Gidrologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Gidrologiya''' (gidro... va ...logiyadan) — tabiatdagi barcha suv, yaʼni okean va dengizlar, daryo va koʻllar, qor va muzliklar, suv omborlari, botqoqliklar va yer osti suvlarini, ularning joylashishi, xususiyatlari, oʻzaro va atrof tabiiy muhit (atmosfera, litosfera, biosfera) bilan taʼsiri natijasida roʻy beradigan hodisalar hamda jarayonlar qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. G. oʻrganiladigan suv havza (obʼyekt)larining joylashishiga koʻra okean va dengizlar G.si (okeanologiya yoki okeanografiya), qurukdik G.siga boʻlinadi. Ayrim olimlar yer osti suvlari G.si (gidrogeologiya)"" alohida qism sifatida ajratadilar. Fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida G. atamasi kuruklik G.sining sinonimi sifatida ishlatiladi.
 
G. dastlab tabiiy geogr., gidrotexnika, geol., navigatsiyaning tarmogʻi sifatida rivojlandi va ilmiy bilimlar tizimi sifatida esa 20-a.asr boshida shakllandi.
 
Quruqlik G.si gidrografiya, gidrometriya, umumiy G., muhandislik G.si kabi oʻzaro bogʻliq boʻlimlardan iborat. Gidrografiya suv obʼyektlarining oʻrni, oʻziga xos xususiyatlari, geografik tarqalish qonuniyatlari hamda ulardan xalq xoʻjaligida foydalanish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Gidrometriya G.ning oʻlchov ishlarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqish va ularda ishlatiladigan asbob-uskunalarni yaratish bilan shugʻullanadi. Umumiy G., odatda, daryolar gidrologiyasi (potamologiya), koʻl va suv omborlari G.si (koʻlshunoslik yoki limnologiya), qor va muzliklar G.si (muzshunoslik yoki glyatsiologiya), botqoqlar G.si (botqoqshunoslik yoki talmatologiya)ni oʻrganadi. Muhandislik G.si bevosita ilmiy, amaliy masalalarni hal etadi va shu maqsadda suv obʼyektlarining dinamikasini, ularning turli gidrologik koʻrsatkichlarini hisoblash hamda bashorat qilish usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Muhandislik G.si tarkibida oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi dinamikasi, gidrologik hisoblashlar, gidrologik bashoratlar alohida fan sifatida shakllandi va jadal rivojlanmoqda. Oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi dinamikasi suv massalarining harakati, toʻlqinlar, ular taʼsiri natijasida kuzatiladigan oʻzan yemirilishi, oqiziqlar rejimi, shu jarayonlar bilan bogʻliq holda oʻzan shakli va qiyofasining oʻzgarib turishini, ularning turlarini oʻrganadi. Suv transporta harakatini taʼminlash, suv inshootlari (toʻgʻonlar, koʻpriklar)ni qurish uchun tegishli xulosalar chiqaradi. Gidrologik hisoblashlar daryo oqimining koʻrsatkichlari (oqim meʼyori, eng katta va eng kichik suv sarflari, oqimning yil davomida taqsimlanishi, oqim oʻzgaruvchanligi)ni anikdash bilan shugʻullanadi. Gidrologik bashoratlar G.ning amaliy boʻlimi boʻlib, gidrologik jarayonlarni oldindan aytib berish (bashorat qilish) usullarini ishlab chiqadi.