Ogʻir sanoat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.lar → shaharlar (2), -a.ni → -asrni (3), i.ch. → ishlab chiqarish (2) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Ogʻir sanoat''' — ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoklari guruhi. Ogʻir sanoat undirma sanoat tarmoqlarining barchasini va ishlov beruvchi sanoatnint bir qismini oʻz ichiga oladi. Unga elektroenergetika, yoqilgʻi sa-noati, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi, yogʻochsozlik, qogʻoz-sellyuloza, qurilish materiallari sanoati va boshqa kiradi. Ogʻir sanoat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi, xalq xoʻjaligini kengaytirilgan ishlab chiqarish, texnika bilan qurollantirish, mamlakat mudofaa qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oʻstirishning negizi hisoblanadi.
 
Oʻzbekistonda 20-asrning boshlariga qadar Ogʻir sanoat korxonalari boʻlmagan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab dastlabki qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, gidroenergetika, yoqilgʻi sanoati korxonalari qurildi. 2-Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga 90 ta Ogʻir sanoat korxonasi koʻchirilib keltirildi. Ularning koʻpi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina yirik korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoklari koʻpaydi, sifati oʻzgardi. Shuningdek, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektrodvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi.
 
Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarkand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va boshqa joylar turli xil kimyoviy mahsulotlar ishlab chikaradigan kimyo industriyasi markaziga aylandi. Bekobod, Chirchiq, Toshkent shaharlari kora metallurgiya, Zarafshon, Olmaliq shaharlari esa rangli metallurgiya markazi hisoblanadi.