Konsert: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a.da → -asrda (3) using AWB |
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3) |
||
Qator 1:
'''Konsert''' (lot. concerto — musobaqalashaman) — 1) oldindan eʼlon qilingan dastur asosida sanʼatkorlarning maxsus joy (zal, sahna)da chiqishi; musiqa, adabiy, estrada asarlarini ommaviy ijro etish. K. dastlab mumtoz (simfonik, kamer, yakkaxon vokal hamda yakkanavoz cholgʻu va boshqalar) musiqa asarlarini ijro etilishi hamda tinglanishi uchun tashqil etilgan jamoa tadbiri sifatida namoyon boʻlgan. Birinchi K.lar 1672—78 yillarda Londonda skripkachi J.Banister tomonidan uyushtirilgan. 19-asrda esa K.larni turli musiqa jamiyatlari, filarmoniyapar tomonidan tashqil etilishi rivoj topgan. Hozirda K. atamasi badiiy mazmuniga hamda namoyon boʻlish joyiga qarab — adabiy, raqs, kino, estrada K.lari, radio—K.i va boshqamaʼnolarda talqin etiladi. Oʻzbekistonda K.larni "Oʻzbeknavo", "Oʻzbekraqs", "Oʻzbekteatr" davlat birlashmalari, Oʻzteleradiokompaniyasi, Madaniyat ishlari vazirligi va boshqa uyushtiradi; 2) Yevropa mumtoz cholgʻu musiqasi janri, bir yoki bir necha yakkanavoz sozlar va orkestr uchun yozilgan musiqa asari.
== Manbalar ==
|