Tasviriy sanʼat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.s. → {{subst:FULLPAGENAME}} (4), T.ye. → {{subst:FULLPAGENAME}} (18), sh.da → shahrida, va b. → va boshqa using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 10:
Oʻrta asrlar Tasviriy sanʼati uslub jihatidan rangbarang , turlari keng va xilmaxil, bu davrda mahobatli haykaltaroshlikning nodir namunalari yuzaga keldi. Hindiston, Indoneziya, HindiXitoy oʻlkalarida betakror haykaltaroshlik asarlari yaratildi. Oʻrta Sharq mamlakatlarida miniatyuraning oʻziga xos turi yaratilgan boʻlsa, Oʻrta asr Yevropa madaniyatida haykaltaroshlik va rassomlik diniy eʼtiqod va dunyoqarashlar zaminida oʻziga xos yoʻnalish va, mazmun kashf etdi, ikona sanʼati ravnaq topdi. Roman uslubi va gotikaaa barpo etilgan meʼmoriy obidalarda sanʼatlar sintezining ajoyib namunalari yaratildi.
 
13—16-a.larasrlar Tasviriy sanʼatida dunyoviy mavzu va qarashlarning kuchayib borishi tasvirlarda borlikda mavjud shakl va koʻrinishlarning ortishi bilan belgilanadi. Shu harakat va taraqqiyotda Tasviriy sanʼatning qonunqoidalarini ilmiy asosda oʻrganishga qiziqish ortdi. Optika, anatomiya, perspektiva, nursoya nazariyasiga oid muhim tadqiqotlar qilindi. Moyboʻyoq texnikasi mukammallashdi, ijodkorlar antik sanʼat anʼanalariga tayangan holda Uygʻonish davri insonparvarlik gʻoyalarini moddiylashtirishga harakat qildilar.
 
17—19-a.lardaasrlarda Tasviriy sanʼat uslub jihatidan rangbarang , milliy mahalliy maktablar rivoji bilan sanʼat olamining kengayishi boshlandi. Bu davrda, ayniqsa, monumental sanʼat oʻzining haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi, rassomlar, meʼmorlar, haykaltaroshlar, hunarmandlar sanʼatlar sintezining ajoyib namunalarini yaratdilar. Bu yutuklarda rassom va haykaltaroshlarning oʻrni aloxdda. Tasviriy sanʼat tur va janrlari koʻpaydi, realistik yoʻnalishdagi janrlar (portret, manzara, natyurmort, maishiy janr) yetakchi oʻringa chiqa boshladi. Uygʻonish davri Tasviriy sanʼatiga xos boʻlgan vazminlik, chiziq, rang , faktura mutanosibligi oʻrnini joʻshqin shakl va ranglar oʻyini egallab bezakdorlik xususiyatlarining ortishi kabilar kuzatiladi. 17-a.danasrdan Tasviriy sanʼatda klassitsizm yoʻnalishi hukm surgani holda borliqni oʻziga oʻxshash shakllarda aks ettiruvchi asarlar yaratilishi ortib bordi. Akademik taʼlim tizimining yoʻlga qoʻyilishi prof. sanʼat maktablarining taraqqiyotini taʼminladi. Mumtoz (klassik) realistik (akademik) sanʼat uslublaridan chekinish, noanʼanaviy uslublar izlashga intilish boshlandi. Bu hol impressionizm, postimpressionizm va boshqa uslublarning shakllanishi va rivojlanishida oʻz ifodasini topdi.
 
20-a.asr Tasviriy sanʼati murakkab va ziddiyatli. Bir tomonda klassik realistik sanʼatning talab va uslublari saklangani holda uni ifodaviyligiga eʼtibor qaratilishida, ishlangan har bir obrazni chuqur majoziy mazmunlar bilan toʻldirishga intilish kuzatilsa, aksincha noanʼanaviy Tasviriy sanʼat uslubida yangi ifoda va tasvir vositalarini topishga, butunlay yangicha sanʼat yaratishga intilish xarakati kuchliligi namoyon boʻlmoqda.
 
Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat i jahon hamjamiyatida sodir boʻlayotgan jarayonlar bilan hamnafas boʻlib, gʻar bir ijodkor oʻz qarash va kechinmalarini yangicha uslub va shakllarda ifoda etishga intilishi bilan xarakterlanadi.