Abdullanoma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (3), va b. → va boshqa (2) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''"Abdullanoma"''', '''"Sharafnomai shohiy"''' — Movarounnahrning 16-a.dagiasrdagi tarixiga bag‘ishlangan tarixiy asar. Hofiz Tanish Buxoriy tomoni-dan 1584 — 90 yillar oralig‘ida fors tilida yozilgan. Asar Buxoro hukmdori Abdullaxon 11ga bag‘ishlanib, "Sha-rafnomai sho-hiy" va qisqartirilgan ayrim nusxalari "Zafarnomai Abdul-laxon" nomlari bilan ham ataladi. "A." nazm aralash kofiyalangan nasr bilan yozilgan. "A." muqaddima, ikki maqola (qism) va xotimalardan iborat. Ammo asarning oxirgi qismi yozib tugatilga-ni ma’lum emas. Asar muqaddimasida Abdullaxonning hokimiyatga kelguniga qadar Movarounnahrda yuz bergan siyo-siy voqealar — Chingizxonning isti-losi va mo‘g‘ullar hukmronligi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlati (1428 — 68)ning barpo bo‘lishi, Shayboniyxon (1451 — 1510)ning Xurosonga yurishla-ri, shayboniylar bilan Zahiriddin Bo-bur o‘rtasidagi harbiy to‘knashuvlar hamda Abdullaxonning nasli va nasabi to‘g‘risida hikoya qilinadi. "A." ning asosiy qismida Shayboniyxondan so‘ng Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat, uning bir qancha mayda hokimliklarga bo‘linib ketishi, Abdullaxonning markaziy hokimiyatni mustahkamlash va mamla-katni siyosiy jihatdan birlashtirishga qaratilgan harakatlari, uning Dashti Qipchoq va Xurosonga yurishlari, 16-a.ningasrning 80 — 90-yillarida Buxoro, Xorazm va Badaxshondagi siyosiy vaziyat hamda Xorazm bilan Badaxshonning Buxoro xon-ligiga qo‘shib olinishi kabi tarixiy voqealar bayon etiladi. Asarda 16-a.daasrda Movarounnahr bilan Turkiya, Hindiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlarga hamda Rossiya bilan savdo aloqalariga oid ma’lumotlar bor. Unda 16-a.daasrda Buxo-ro xonligi qo‘shinlarining tuzilishi, harbiy taktikasi, qurol-yarog‘lari hamda Movarounnahrda, shu jumladan Buxoro-da qurilgan me’morchilik obidalari va suv inshootlari to‘g‘risidagi ma’lumot-lar keltiriladi. "A."da Movarounnahr xalqlarining etnik tarkibi, jumladan qang‘li, hipchoq, qorliq, xalaj, og‘ajiri, uryonqit, qo‘ng‘irot, orlot, uyg‘ur, sulduz, bayovut, do‘rmon va boshqa qavmlarning ke-lib chiqishi va ularning urf-odatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bor. "A."ni yozishda Xofiz Tanish Narshaxiyning "Buxoro tarixi", Rashiduddinning "Jome at-tavorix", Juvayniynnj "Ta-rixi jahon kushoy", Mirxondning "Ravzat us-safo", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Muqaddimai Zafarnoma", Koshifiyning "Rashahot ayn al-hayot", Mirzo Haydarning "Tarixi Rashi-diy" va boshqa tarixiy asarlardan foyda-langan bo‘lsada, ammo asarning asosiy qismi 16-a.daasrda sodir bo‘lgan ko‘pgina tarixiy voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan shohidlardan to‘plangan materiallar asosida yozilgan. Bu asar Movarounnahr xalqlarining 16-a.dagiasrdagi siyosiy, ijti-moiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishda birinchi darajali manba-lardan hisoblanadi. "A."ni 1942 — 51 yillarda o‘zbek sharqshunos olimi S. Mir-zayev (1885 — 1961) o‘zbek tiliga tarjima qildi. B. Ahmedov uni to‘ddirib va tuza-tib qayta nashr etdi (1999-2000)<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Adabiyotlar ==