Tokembriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: vakt → vaqt, va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Tokembriy''' — Yer tarixida birinchi geologik [[formatsiya]]lar paydo [[boʻlish]]idan [[kembriy sistemasi]] (davri)tacha oʻtgan [[davr]]. T. Yer tarixining 6/7 kismini tashkil qiluvchi vaqtini va [[Yer poʻsti]]ning shu davrda hosil boʻlgan qad. [[qatlam]]larini oʻz ichiga oladi. Bu davrning geologik tarixi uzoq vaqt fanga nomaʼlum boʻlib kelgan. Faqat 20-a.ningasrning boshlaridagina T. [[stratigrafiya]]si va [[geoxronologiya|geoxronologshg]]sini oʻrganishda radiometrik metodlar qoʻllanila boshladi. T. bizga maʼlum boʻlgan 3500 mln. yoshga yakin qad. geologik jinslar hosil boʻlgan davrdan to kembriy davri boshlanishiga qadar 2900 mln. yildan ortiq vaqt davom etgan. 19-a.ningasrning 2yarmida Shim. Amerikada tarixiy geologik maʼlumotlar, [[togʻ jinslarining metamorfizmi|jinslarning metamorfizm]] darajasi va boshqa [[belgi]]lari asosida T.ni [[arxey]] yoki arxeozoy va [[proterozoy]] ga bulish taklif etilgan. Ular orasidagi chegara, bundan 2500—2700 mln. yil ilgari yirik [[burmalanish]] va [[granitlanish]] davriga tugʻri keladi. T. yotqiziqdari barcha qitalarda: Sharkiy Yevropa, Sibir, Jan. Xitoy va Hindiston, shuningdek, Shim. Amerika, Afrika, Avstraliya va Antraktidaning qad. [[platforma (yer)|platforma]]larida tarqalgan. Yuqori T. hosilalari, koʻpincha, qad. platformalar choʻkindi qoplamining quyi qismini tashkil qiladi. Ular, tarkibida, hatto kuchsiz metamorfizm taʼsirida yemiriluvchi [[glaukonit]] va boshqa minerallar saklangan, kamroq oʻzgargan jinslardan tarkib topgan. Quyi T. hosilalari [[gneys]], [[migmatit]], turli [[kristalli slanetslar]], [[amfibolit]]lar, qisman jespilit, [[kvarsit]] va [[marmar]]lardan iborat. Ular qalin qatlamlarni tashkil qiladi. Bu esa, qatlamlarda quyi T.da barcha [[materiklar]]da keng tarqalgan harakatchan [[rivojlanish]] ([[geosinklinal]])dan dalolat beradi. Quyi T. oxirida platforma tipidagi formatsiyalar paydo boʻlgan. Yuqori T. formatsiyalari turiga koʻra, [[paleozoy]] formatsiyalari turiga yaqin turadi, ular kvars [[qumtosh]]lari va kvarsitlar, [[gilli slanes|gilli slanets]]lar va [[fillit]]lar, turli [[vulkanitlar|vulkanogen jinslar]], stromatolitli [[dolomit]]lar va [[ohaktoshlar]]dan tarkib topgan kalin qatlamlardan iborat. T.ning eng oxirida [[molasslar]]ga oʻxshash jinslar qatlami paydo boʻlgan. T. yotqiziklarida [[fanerozoy]]ning stratigrafik shkalasini tuzishda asos boʻlib xizmat qiladigan skeletli hayvonlar yoʻq, shunga qaramay organik hayot izlari koʻp. [[Koʻk-yashil suvoʻtlar|Koʻkyashil suvoʻtlar]] (stromatolitlar) va [[bakteriyalar]] (onkolitlar)ning [[hayot]] mahsullari mavjud. T. qatlamlarida ilgari spora deb hisoblangan suvoʻtlardan kelib chiqqan juda mayda (50 s oʻlchamli) yumaloq [[tanacha]]lar ("akritarx" yoki "sferomorfid"lar) uchraydi.
 
[[Hayvonlar|Hayvonot dunyosi]] [[oʻsimliklar]]ga qaraganda kam taraqqiy etgan. T.ning koʻpgina toshqotgan jinslari yetarlicha aniqlanmagan. Avstraliya, Jan. Afrika qumtoshlarida kamdankam uchraydigan noyob topilmalar vendning hayvonot dunyosi ancha boy boʻlganligidan dalolat beradi.