Toʻgʻon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2), va b. → va boshqa (6) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Toʻgʻon''' — daryo va soylarga quriladigan gidrotexnika inshooti. Suv sathini koʻtarish, bosimni oshirish va suv havzalari hosil qilish uchun quriladi. T.lar dare suvini tartibga solishga, elektr energiyasi olishga, suv toshqinlariga barham berishga, uning atrofidagi mikroiklimni yaxshilashga imkon beradi. Ekinlarni sugorish va ichish uchun suv manbalaridan suv chikarishga intilish mil. av. 4 va 3ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Ayniqsa, sugʻorma dehqonchilikning astasekin rivojlanib borishi tufayli T.lar (dambalar) qurishga extiyoj tugʻildi (q. [[Dehqonchilik]]). Ibtidoiy dehqonchilikdan madaniy degʻqonchilikka oʻtish davrida Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida ham sugʻorma dehqonchilikka va, demak, damba va T.larga talab kuchaydi. Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, Oʻrta Osiyoda mil. av. 10-a.daasrda asosan gʻalla ekinlari, sholi, gʻoʻza, kunjut, qovun, tok va boshqa oʻstirilgan. Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim, Xorazm davlati va boshqa joylarda sugorish inshootlari (sunʼiy kanallar, dambalar, toʻgʻonlar) qurilgan. Keyinchalik T.lar qurish usullari va ularni mustahkamlash tadbirlari takomillashib bordi. Oʻzbekistonda Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Osmon soyiga 10-a.daasrda Xonbandi toʻgʻoni (uz. 50 m, bal. 15,2 m), 12-a.daasrda Katgaqoʻrgʻon tumanida gʻisht T. qurilgan. 16-a.daasrda qurilgan Abdullaxon bandi T.ining bal. 15 m, uz. 83 m, eni 4,5 m boʻlgan. Oʻsha paytlarda T. qurilishida tuproq, tosh, ganch va boshqa materiallardan foydalanilgan. Beton T.lar 20-a.asr 20-yillaridan qurila boshladi. Oʻzbekistonda Boʻzsuv GES toʻgʻoni (1923 27), 1 May T.i (1926 30), Kampirravot T.i (1935 —38), Farhod GES toʻgʻoni (1943 —50) va boshqa qurildi. 20-a.asr 50-yillaridan baland T.lar paydo boʻddi. Toshkent dengizi va Karkidon, Kattaqoʻrgʻon va Pachkamar suv omborlari T.lari (tuproqdan), Kosonsoy suv ombori T.i (toshdan) va Qoradaryodagi Andijon T.i (betondan) shular jumlasidan.
 
Vazifasiga qarab, T.lar suv ombori va GESlarga quriladigan, suv sathini koʻtaradigan, oqova (ortiqcha suvni chiqarib yuboradigan), stansion (suv olish tuynugi boʻlgan) xillarga boʻlinadi. T., asosan, tuproq, tosh, beton va yogʻochdan quriladi. Beton T.ning gravitatsion, ravoqli va tirgakli xillari boʻladi. T.ning turi geologik, topografik, gidrologik va iqtisodiy sharoitlarga qarab tanlanadi. T.larnint bal. 300 m ga yetishi mumkin (mas., Nurek GES).