Demografiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB |
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3) |
||
Qator 1:
'''Demografiya''' (yun. demos — xalq va ... grafiya) — har yili turli sabablarga koʻra vafot etgan aholi oʻrnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga toʻldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga boglik holda oʻrganadigan fan. D.ning paydo boʻlishi asosan 17-
D.ning maqsadi muayyan hudud, mamlakat, dunyo aholisi va millatning takror barpo boʻlishi jarayoni va omillarini oʻrganish, muammolarni belgilab, yechimlarni aniqlash va istiqbolini koʻrsatib berishdan iborat. D.ning vazifalari: demografik jarayonlar (tugʻilish, oʻlim, nikoh va ajralish, oilaning demografik xususiyatlari, aholining yosh-jinsiy va oila-viy tarkibi, demografik mayl) va ularning omillarini oʻrganish; demografik bashorat (maʼlum hudud aholisining soni, yosh-jinsiy tarkibi va demografik vaziyati istiqbolini ilmiy asoslangan holda oldindan aniqlash)larni ishlab chiqish; demografik siyosat (aholi siyosatining uzviy qismi boʻlib, uning asosiy maqsadi aholining miqdoriy oʻsishini boshqarishdan iborat) choratadbirlarini ishlab chiqish. Demografik siyosat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ilmiy asosini tashkil etmogʻi lozim. Shundagina jamiyat har tomonlama muntazam rivojlanib boradi.
Qator 9:
Demografik jarayonlarni oʻrganishda juda koʻp maʼlumotlardan foydalaniladi. Koʻpchilik davlatlarda demografik maʼlumotlar statistika tashkilotlari tomonidan toʻplab boriladi. Ular aholi soni, tarkibi va demografik jarayonlarni aks ettirib oʻz ichiga ushbu masalalarga oid raqamli jadval va diagrammali maʼlumotlar, ilmiy manbalar, sotsiologik-demografik tadqiqotlar natijalarini oladi. Dunyo miqyosida demografik maʼlumotlarni toʻplash BMT boshchiligida tuzilgan dastur asosida oʻtkaziladi.
D. har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum aholisining koʻpayishi va rivojlanish qonuniyatlarini alohida-alohida oʻrganadi, chunki har bir ijtimoiyiqtisodiy formatsiyaga xos aholi oʻsish qonuni demografik vaziyatga ham bevosita taʼsir koʻrsatadi. 20-
Oʻzbekistonning demografik taraqqiyoti, uning xususiyatlari, omillari va muammolari I. Mullajonov, R. Ubaydullayeva, M. Qoraxonov, E. Ahmedov, O. Otamirzayev, L. P. Maksakova, A. Soliyev, H. Salimov, A. Qayumov, M. Boʻriyeva, O. A. Ergashev, E. Safarov, O. Saidahmedov, G. Murtazina, 3. X. Rayimjonov, R.K. Ortiqboyev va b. olimlarning i. t.larida keng oʻrganilgan. 1993 y.dan Oʻzbekistonda BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) oʻz faoliyatini boshlagan. Uning faoliyati mintaqa davlatlarini, Qozogʻiston va Ozarbayjonni qamrab oladi. Jamgʻarma aholi salomatligi, ayniqsa, ayollar salomatligini yaxshilash borasida tadbirlarni amalga oshiradi, mamlakatda milliy tashkilotlar, tibbiyot muassasalariga sogʻlom oilani shakllantirish maqsadida keng qam-rovli sotsiologik-demografik tadqiqotlar oʻtkazadi.
|