Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 108:
18-asr – 19-asrning 1-yarmida Yevropa bilan aloqa kuchayishi tufayli u yerdan koʻpgina rassomlar Rossiyaga keldi; rus rassomlari Gʻarbda taʼlim oldi. 1757 yil Peterburgda Yevropa toifasidagi badiiy akademiyaga asos solindi. Shaharsozlikka eʼtibor kuchaydi, rus meʼmorligi Gʻarbiy Yevropa uslubida rivojlandi, barokko, klassitsizm uslublari kirib keldi. Rossiya shaharlarini kayta qurishning 400 ga yaqin loyihasi ishlab chiqildi. [[Matvey Kazakov]], Andrey Nikiforovich Voronixin, Andreyan Zaharov, Karl Rossi kabi atokli meʼmorlar yetishib chikdi. Bu davr tasviriy sanʼatida portret janri yuksaldi. 18-asrning 2-yarmida D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiy, F.I.Shubinlarning ijodi rus tasviriy sanʼatida salmoqli oʻrin oldi. O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, K.P.Bryullov kabi rassomlar zamondoshlar ahvolruhiyatini zoʻr mahorat bilan ifodaladi. 19-asr oʻrtalarida maishiy janr yuksala bordi. Meʼmorlik bilan hamohang tarzda amaliy sanʼat ham rivojlandi. Yogʻoch oʻymakorligi, keramika, kashtachilik sohasida nafis buyumlar tayyorlash urf boʻldi. 19-asrning 2-yarmida yangi binokorlik materiallari (metall konstruksiyalar)dan foydalanib sanoat va transport inshootlari barpo etila boshladi, bank, kasalxona, mehmonxona, koʻp qavatli turar joylar qurilishi avj oldi. 20-asr boshlarida tasviriy sanʼat rivoj topdi: [[Ilya Repin]], [[Ivan Kramskoy]], Nikolay Yaroshenko, Sergey V. Ivanov kabi rassomlar jozibador asarlar yaratdilar.
 
1917 yil oktabr toʻntarishi sanʼat ahlini ikkiga boʻlib yubordi. K.S.Kazimir Malevich, Ye.Ye.Yevgeniy Lansere oʻzlarini "inqilob kuychisi" deb atadilar. A. A.Aleksandr Benua, K.A.Konstantin Somov kabi mashxur rassomlar esa chet ellarga bosh olib ketdilar. Sovet davrida milliy bisotni saklash haqidagi dekretlarga qaramay, faqat inqilobga xizmat qiladigan sanʼat asarlarigina saqlab qolindi, boshqalari vahshiyona yoʻq qilib tashlandi. Inkilob hamda fuqaro urushi voqealari va qahramonlarini tasvirlovchi racm va haykallar yaratish ragʻbatlantirildi. Meʼmorlar baxaybat shahar va inshootlar loyixalarini chiza boshladilar. 40-yillarning 2-yarmi va 50-yillarda Ikkinchi jahon urushida vayron boʻlgan shaharlarni qayta tiklash va yangi sanoat markazlarini barpo etishga kirishildi. Stalingrad (Volgograd), Smolensk, Kursk, Novgorod kabi shaharlar yangidan qurildi. Moskvada baland binolar (Moskva universiteti, meʼmorlar L.V.Rudnev, S.Ye.Chernishev, P.V.Abrosimov, A.F. Xryakov; mehmonxonalar), Kishloq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi kabi mahobatli inshootlar, meʼmoriy majmualar, koʻp qavatli turar joylar barpo etiddi. Zamonaviy loyihalar asosida industrial qurilish usullaridan, yigʻma temirbeton va boshqa yangi qurilish materiallaridan foydalanishga oʻtiddi.
 
Rassomlikning barcha janrlari rivojlandi. Maishiy janrda A.A. Milnikov, F.P.Fyodor Reshetnikov, A.A.Arkadiy Plastov, portret janrida M.S.Martiros Saryan, V.M.Viktor Oreshnikov, karikaturada B.I.Boris Prorokov, Kukrinkslar, V.N.Vitaliy Goryayev, estampda G.S.Georgiy Vereyskiy, Yu.I.Pimenev, haykaltaroshlikda N.V.Nikolay Tomskiy, L.Ye.Kerbel, Ye.V.Vuchetich, M.K.Anikushin, teatr va kino rassomligida V. Rindin, N.Zolotaryov, E.Stenberg, rangtasvirda N. Andronov, V.Popkov, T. Salaxov jozibador asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy xayotga qiziqish kuchaydi. Xalq hunarmandchiligining yogʻochsozlik, kulolchilik, kandakorlik, sirkorlik, suyak oʻymakorligi, toshtaroshlik, kashtachilik, gilamdoʻzlik kabi turlari rivojlandi.
 
== Musiqasi ==
Qator 124:
16-asr 2-yarmida maktab teatriga asos solindi, cherkov, saroy teatrlari vujudga keldi. Rossiyada yevropacha shakldagi drama teatri 17-asr oxirida paydo boʻddi. 1703 yil qirol Petr I ning buyrugʻi bilan Moskva Qizil maydonida teatr binosi qurildi, unda tomoshalar koʻrsatildi. 18-asr boshlarida havaskorlik teatrlari, Moskva universiteti huzurida teatr tashkil etiddi. A. Sumarokov rus professional dramaturgiyasiga asos srddi, uning nazariyotchisi va amaliyotchisi boʻldi. 1776 yil Peterburgda birinchi doimiy teatr ishlay boshladi, shu teatr "asosida 1780 yil Petr teatri, 1776 yil Moskva Bolshoy teatri (Katta teatr), 1824 yil Maliy teatr (Kichik teatr) tashkil topdi. 1832 yil Peterburgda Aleksandr (hozirgi Pushkin nomidagi) teatr binosi kurildi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida krepostnoy teatrlari keng yoyildi.
 
1812 yil Vatan urushidan keyin rus sahnasida William Shakespeare, [[Friedrich Schiller|Friedrich Shiller]], [[Denis Fonvizin]], Vasiliy Kapnist, [[Ivan Krilov]], Vladislav Ozerov asarlari koʻrsatildi. Koʻngilochar tarjima asarlarini [[Aleksandr Griboyedov]], [[Nikolay Gogol]], [[Aleksandr Pushkin]], [[Aleksandr Ostrovskiy]] pyesalari siqib chiqardi. G.N.Glikeriya Fedotova, A.I.Aleksandr Yujin, V.N.Vladimir Davidov kabi aktyorlar sahna madaniyatini yuqrri koʻtardilar. 1898 yil K.S.[[Konstantin Stanislavskiy]] bilan V.I.[[Vladimir Nemirovich -Danchenko]] tomonidan Moskva Badiiy teatri tashkil etildi. 20-asr boshlarida Moskva va Peterburgda bir qator yangi teatrlar, tajriba teatr studiyalari, viloyatlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ish boshladi. 20-yillar oxiri – 30-yillar boshlarida ishchi yoshlar teatrlari ommalashdi. Koʻpchiligi havaskor va yarim professional jamoalardan iborat boʻlgan bu teatrlar keyinchalik professional teatrlarga negiz boʻldi. Ayniqsa, 30-yillar sahnasida inqilobiytarixiy pyesalar ustunlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida koʻpgina teatrlar sharqqa koʻchirildi, front teatrlari va artistlar brigadalari tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda teatr sanʼatining rivoji notekis va ziddiyatli boʻldi. Bu sohaga hokimiyatning aralashuvi koʻpgina teatr jamoalari, ayrim sanʼat arboblari va aktyorlar ijodiga asoratli taʼsir qildi.
 
50-yillar oxiri – 80-yillarda rus mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi asarlarini yangicha talqin qiluvchi spektakllar paydo boʻddi. [[Fyodor Dostoyevskiy]], [[Lev Tolstoy]], [[Anton Chexov]], [[Molière|Jan Molyer]] pyesalari bilan bir qatorda Boris Vasilyev, Fyodor Abramov, Vasiliy Shukshin, Vladimir Voynovich kissalari sahnalashtirildi. 80-yillarda teatrlarning faoliyat sharoiti tubdan oʻzgardi, senzura bekor qilindi, spektakllarning rahbar organlar tomonidan "qabul kilinishi" barham topdi. Yuriy Lyubimov, Georgiy Tovstonogov, Leonid Xeyfets, Ruben Simonov, Pavel Xomskiy, Yuriy Yeryomin kabi rejissyorlar tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni zoʻr mahorat bilan sahnalashtirdilar, aktyorlardan – Yu.K.Yuliya Borisova, Kirill Lavrov, I.M.Innokentiy Smoktunovskiy, M.A.Mixail Ulyanov va boshqa teatr taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdilar. Rossiyada opera va balet sanʼati, shuningdek, qoʻgʻirchoq teatri, sirk sanʼati ham rivojlangan. Yuqorida sanab oʻtilgan teatrlardan tashqari Moskvada Ye.Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, Mossovet nomidagi, Sankt-Peterburgda V. Komissarjevskaya nomidagi teatr, A.[[Arkadiy Raykin]] nomidagi satira teatri, Moskvada S.[[Sergey Obrazsov]] nomidagi qoʻgʻirchoq teatri, "Kreml baleti" teatri va boshqa teatrlar mashxur. Teatr uchun kadrlar Rossiya teatr sanʼati akademiyasi, B.Boris Shchukin nomidagi, M.Mixail Shchepkin nomidagi teatr bilim yurtlari, teatr badiiytexnika bilim yurti, sirk va estrada sanʼati bilim yurti va boshqa oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.
 
== Kinosi ==
1908 yildan Sankt-Peterburgda Aleksandr Drankovning, Moskvada Aleksandr Xanjonkov va Iosif Yermolyevning kino firmalari tashkil etildi. Ilk kinochilar xalq qoʻshikdari, mumtoz adabiyot asarlari asosida filmlar yaratishdi ("Stenka Razin va knyaz qizi", rejissyor Vladimir F. Romashkov, 1908; "Sevastopol mudofaasi", rejissyor Vasiliy Mixailovich Goncharov va Aleksandr Alekseyevich Xanjonkov, 1911). 1910-yillarda "Dvoryanlar uyasi" (rejissyor V.RossiyaGardin), "Qargʻa motkasi" (rejissyor [[Yakov Protazanov]]) filmlari suratga olindi. 20–30-yillarda rejissyorlardan [[Sergey Eyzenshteyn]], Aleksandr Ivanovskiy, G. Roshal, V.Vsevolod Pudovkin, D.Dziga Vertov tarixiy va hajviy filmlarni tomoshabinlarga taqsim etdi. "Hayotga yoʻllanma" nomli birinchi ovozli badiiy film (rejissyor N. Ekk) 1931 yil yaratildi. Shundan keyin "Aleksandr Nevskiy" (rejissyor Eyzenshteyn), Petr 1 (rejissyor Vladimir Petrov) kabi tarixiy, "Quvnoq yigitlar", "Volga Volga" (rejissyor Grigoriy Aleksandrov), "Traktorchilar" (rejissyor I. Piryev) kabi hajviy filmlar ekranga chiqarildi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillar kinematografiyasining koʻpchilik asarlari vatanparvarlik, fantexnika inqilobi, jumladan, kosmosni zabt etish mavzulariga bagʻishlandi ("U vatanni himoya qiladi", rejissyor F.Fridrix Ermler; "Turnalar uchmokda", rejissyor M.Mixail Kalatozov; "Inson takdiri", rejissyor Sergey Bondarchuk; "Olovning boʻysundirilishi", rejissyor D.L.Daniil Xrabrovitskiy va boshqalar). Mumtoz adabiyot asarlarini ekranlashtirish doim katta oʻrin olib keldi. Jumladan, [[Fyodor Dostoyevskiy|Fyodor Dostoyevskiyning]] "Jinoyat va jazo" (1970, rejissyor L.A.Kulijanov), Maksim Gorkiyning "Yegor Bulichev va boshqalar" (1973, rejissyor Yu.Yuriy Solovyev) va "Vassa" (1983, rejissyor G.Gleb Panfilov), [[Mixail Bulgakov|Mixail Bulgakovning]] "Qochish" (1971, rejissyor A.Alov, V. Naumov), Chexovning "Dasht" (1977, rejissyor S. Bondarchuk), I. Goncharovning "I.I.Oblomov hayotining bir necha kuni" (1980, rejissyor Nikia Mixalqov), [[Aleksey Tolstoy|Aleksey Tolstoyning]] "Petrning yoshligi" (1981, rejissyor Sergey Gerasimov) asarlari suratga olindi. Rejissyor V. Menshovning "Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi" va A. Mittaning "Ekipaj" filmlari Rossiya kinematografiyasida ijtimoiy va maʼnaviy yoʻnalishga eʼtibor kuchayganidan darak berdi. 60–80-yillarda G.Chuxray, [[Vasiliy Shukshin|Vasily Shukshin]], G.Gleb Panfilov, N. Mixalqov, E. Ryazanov kabi rejissyorlar barakali ijod qildilar. 90-yillarda voyaga yetgan rejissyorlar avlodi keksa kino arboblari bilan ijodiy bahs yuritib, mafkura sohasidagina emas, badiiy vositalar, ifoda usullari borasida ham yangi yoʻllarni izlay boshladi. Rossiyada hujjatli, ilmiyommabop va multiplikatsiya kinosi ham rivojlangan.
 
Rossiyada "[[Mosfilm]]", "Lenfilm", "Maksim Gorkiy nomidagi kinostudiya", "Soyuzmultfilm" studiyasi, turli viloyatlarda badiiy va hujjatli filmlar studiyalari bor. Rejissyor, operator va boshqa kadrlar Moskvadagi Davlat kinematografiya intida, ssenariychi va rejissyorlar 2 yillik oliy kurslarda tayyorlanadi. Bundan tashqari, Sankt-Peterburg, Rostov Don, Qozon, Voronej, Zagorskda kinotexnikumlar bor.