Oktyabr inqilobi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sociologist (munozara | hissa)
tizim
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 11:
 
== Turkistondagi vaziyat ==
1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning Sovetlar qoʻliga oʻtishi uchun obʼyektiv shart-sharoitlar yoʻq edi, bolsheviklarning omma oʻrtasida taʼsiri ham oz boʻlgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi. Biroq, Oktyabr toʻntarishi haqidagi xabar 27 oktyabrda Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallash uchun kurash boshladilar. Toʻrt kunlik janglardan soʻng Toshkentning yangi shahar qismida sovet hokimiyati oʻrnatildi (1917-yil 1-noyabr). Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti agʻdarib tashlandi. Biroq qurolli toʻqnashuvda mahalliy aholi deyarli ishtirok etmadi. 1917-yil 15-22 noyabrda boʻlgan Turkiston Sovetlarining Oʻlka sʼyezdida soʻl eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat Turkiston oʻlkasi XKS (raisi F.I.Kolesov) tuzildi. Hukumat tarkibiga tub millat vakillaridan biron kishi ham kiritilmagan edi. Hokimiyatning Sovetlar tomonidan bosib olinishini taraqqiyparvar kuchlar (Fitrat, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Munavvarqori, Mustafo Choʻqay, Sherali Lapin va boshqalar) keskin qoralashgan. Turkistondagi sovet hokimiyati Muvaqqat xukumatdan meros qolgan harbiy kuchlar va boshqa qurolli kuchlarni oʻz qoʻliga toʻplab, Qoʻqonga hujum qiddi va Turkiston muxtoriyatini tugatdi (1918-yil fevral). Biroq Buxoroga qilingan bosqin (1918-mart) magʻlubiyatga uchradi (q.qarang [[Kolesov voqeasi]]).
 
== Natijalari ==