Homiladorlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar, replaced: [[File: → [[Fayl: (2)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 4:
Urugʻlanish bachadon nayida roʻy beradi. Urugʻlangan tuxumhujayra bacha-don nayining chuvalchangsimon qisqarishi tufayli bachadon boʻshligʻiga qarab surilib boradi, shu vaqtda u mayin tuklar (vorsinkalar) bilan qoplanib, koʻp hujayrali embrionga aylanadi, oʻsha tuklar yordamida bacha-don shilliq pardasiga payvandlanib oladi. Shu vaqtdan boshlab homila shakllana boshlaydi va ayol organizmidagi baʼzi sistemalar funksiyasi tegishlicha oʻzgarib boradi. Embrionning bachadonga payvandlangan joyida tuklar juda oʻsib ketadi va ulardan platsenta, yaʼni yoʻldoshning tarkibiy qismi — bola oʻrni hosil boʻladi, u kindik orqali homila bilan tutashadi. Kindik qon tomirlari boʻylab platsenta orqali ona organizmidan homilaga oziq moddalar, kis-lorod kelib turadi va homiladan keladigan almashinuv mahsulotlari chiqib ketadi.
[[Fayl:Беременность.JPG|thumb|]]
Bachadon naylarining turli kasalliklarida tuxumhujayraning bachadonga qarab surilib kelishiga toʻsqinlik qiladigan oʻzgarishlar oqibatida tuxumhujayra bachadon nayiga payvandlanib qolishi mumkin (q.qarang [[Bachadondan tashqari homiladorlik]]).
 
H. davrida ayol organizmida har xil funksional oʻzgarishlar roʻy berib, homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun qulay sharoitlar yuzaga keladi. Bu davrda markaziy nerv sistemasi funksiyasi bir qadar oʻzga-rib, natijada orqa miyaning qoʻzgʻa-luvchanligi pasayadi, bu — bachadon muskullarining boʻshashishi va uning tinch holatda boʻlishiga olib keladi.