Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil (2), mil. av. → miloddan avvalgi, -a.ni → -asrni using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 5:
Oʻrta Osiyoda yashagan eng kad. odamlar pitekantrop va sinantroplarga zamondosh boʻlganlar. Ular togʻ ungurlari va gʻorlardan boshpana, makon va manzilgox. sifatida foydalanishgan. Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan choʻqmor, chopping va chopper kabi dagʻal tosh qurollar yasab, ulardan irgʻ-itgich, urgʻich, chopqich, kavlagich va keskich sifatida foydalanganlar. Qoʻl choʻqmori va chopperlar, dastavval, Fran-siyaning Sent Ashel makonidan topilgani uchun fanda bunday tosh qurollar ashel qurollari nomi bilan yuritiladi.
 
Ilk P. yodgorliklari Oʻrta Osiyoda Fargʻona vodiysining Soʻx soyi sohilida joylashgan Selungur yurit, Ohangaron vodiysining Qizilolmasoy boʻyida, [[Koʻlbu[[loq manzilgohi]]da, Jan. Tojikistonning Koʻldara va Jan. Qozogʻistonning Aristandi vodiysida topib oʻrganildi. Selungur gʻoridan ibtidoiy odamning suyak qoldiklari (bosh chanogʻining boʻlagi, yelka suyagi va oʻndan optiq tishlari) topilib, tadqiq etildi. Bu davrga mansub [[Koʻlbu[[loq manzilgohi]]da eng qad. odam toʻdalari qariyb yarim mln. yil davomida deyarli uzluksiz yashagani maʼlum boʻldi. Shu bois yodgorlik ostida 20 m dan ortiqroq qalinlikda madaniy qatlam hosil boʻlgan. Qariyb 20 yillik qazish (M. Qosimov) jarayonida 30 mingdan ortiq tosh qurollar (choʻqmor, qirgʻich pichoqsimon keskich va nukleuslar), hayvon va parranda suyaklari hamda turli xildagi oʻsimlik qoldiklari qayd etiladi. Bu topilmalar, shubhasiz, ilk P. odamining nihoyatda sermashaqqat hayoti, tosh qurollar yasash usullari va xom ashyosi, shuningdek, oʻsha zamon tabiiy va unga boqim boʻlgan Koʻlbuloqning ovchi va termachilarning isteʼmol qiluvchilik xoʻjaligi haqida guvohlik beradi (q.qarang [[Koʻlbu[[loq manzilgohi]]). Soʻzsiz, Selungur va Koʻlbuloq yodgorliklarining arxeologiya jihatidan qazib oʻrganilishi tufayli Oʻrta Osiyo eng qad. odamlar yashagan maskanlar qatoridan oʻrin oldi.
 
Paleolitshunoslik tobora yangi noyob yodgorliklar bilan boyib, paleoantropologik topilmalarni har tomonlama sinchiklab chuqur tadqiq etilishi bilan nafaqat arxantroplarning yashagan va tarqalgan hududlari kengayib, davri qadimiylashtirildi, balki, ularning bevosita avlodlari borasida fanda yangi fikr-mulohaza va gʻoyalar paydo boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, arxantroplarning avlodlari — paleoantroplar zamonamizdan qariyb 500 ming yil muqaddam shakllanib, 150—140 ming yilliklardan boshlab 100 ming yildan oshiqroq davr davomida neander-tallar bilan yonmayon yashagan ekan. Neandertallar esa odamzotning bevosita ajdodi hisoblanmagan. Ular maymunsimon jonzotlarning rivoj topmay qurib qolgan butogʻi sifatida talqin etilmoqda.