Mashina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t. y. → temir yoʻl, i. ch. → ishlab chiqarish (2) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 5:
M. umuman ijro mexanizmi (ish M.si), qarakatlantirish mexanizmi, uzatish va nazorat-boshqarish qismlaridan iborat buladi. Mas, tikuv M.sining ijro mexanizmi uning ninasi, paxta terish M.siniki — shpindellari va h. k., velosipedning harakatlantiruvchi qismi uning pedali, yulduzcha va zanjirlari, avtomobilning nazorat-boshqarish qismi rullari va turli asboblari (tezlikni, bosimni va boshqalarni kursatadigan asboblar) dir. M.ning energetik, ish va ax-borot (informatsiya) xillari bor. Energetik M. istalgan turdagi energiyani mexanik energiyaga aylantirish uchun muljallangan (suv, shamol, bugʻ va elektr dvigatellar, gaz turbinalari, elektr generatorlari va boshqalar). Ish M.lari materiallarning holatini, xossalari va fazodagi vaziyatini uzgartirish uchun muljallanadi. Bunday M.lar texnologik va transport M.lariga bulinadi. Texnologik M. metallga ishlov berish (kesish, yunish, qirqish, sillikdash va h. k.) va yogʻochni qayta ishlash, toʻqimachilik, q. h., qurilish, matbaa va boshqalarda bajariladigan yumushlarni oʻz ichiga oladi. Transport M.si avtomobil yoʻllari, temir yoʻl, havo transporta, avtomobillar, aviatsiya, koʻtarish kranlari, teplovozlar, kemalar va boshqa vositalarni oʻz ichiga oladi. Energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, materiallarga ishlov berish va h. k.ni inson ishtirokisiz bajarishda avtomat mashinalar, avtomat liniyalar va avtomatlashtirilgan korxonalar qoʻl keladi.
 
Axborot M.si (informatsiyey M.) maʼlumotlarni qayta ishlab uzgartirish, yaʼni mashina tilita oʻtkazish va standartlashtirish, uzatish, dasturlar tuzish va boshqa yumushlarni oʻz ichiga oladi (q.qarang [[Kibernetika]]). Buning uchun M.lar majmui, avtomatik, informatsion va kibernetik jihozlardan foydalaniladi (yana q. [[Mashinasozlik]], [[Mashinashunoslik]], [[Mashina va mexanizmlar nazariyasi]]).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==