Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri (3), 6 y. → 6 yil (6), -a.ni → -asrni (6), i. ch. → ishlab chiqarish using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 4:
'''Matbuot''' — barcha bosma mahsulotlar majmui; tor maʼnoda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi(sinonimi — pressa). M. ijtimoiy ongning oʻtkir va taʼsirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli gʻoyaviy omil hisoblanadi. M. jamiyat hayotini turli (ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, ilmiytexnikaviy va boshqalar) yoʻnalishlarda yoritadi.
 
M. 15-asrning oʻrtalarida Yevropada tarkib topgan, qariyb 5 a. mobaynida (ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari — radioeshittirish va televideniye paydo boʻlguniga qadar) kishilararo ommaviy muloqotning , bilim va gʻoyalar tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola va varaqalardan iborat boʻlgan, 17-asrning boshlarida gaz.lar, keyinroq esa jur.lar tashkil topdi; 19-asrning oʻrtalarida matbuot agentliklari vujudga kela boshladi (q.qarang [[Informatsiyey agentlik]]). 20-asrda ommaviy axborotning radioeshittirish va televideniye singari turlarining paydo boʻlishi va taraqqiy qilishiga qaramay, M. hamon kishilik jamiyatidagi oʻz oʻrni va mavqeini to-bora kengaytirib borayapti, ijtimoiysiyosiy hayot va faoliyatning hamma tomonlariga doimiy va samarali taʼsir koʻrsatayapti. Butun dunyoda M.ning muttasil keng tarqalib borayotgani buning isbotidir.
 
Tarixiy rivojlanish jarayonida M.ning xususiy shaxslar, ijtimoiy guruhlar (siyosiy oqimlar, partiyalar, kasaba uyushmalari, madaniy-maʼmuriy tashkilotlar va boshqalar), hissadorlik jamiyatlari, hukumat muassasalari va boshqa tomonidan taʼsis etilgan va ularning maqsadlariga xizmat qilgan qator turlari vujudga keddi. M. qaror topgan dastlabki paytlarda Yevropada cherkov diniy mafkurani targʻib qilishda bosma kitoblardan, varaqalardan keng foydalandi. Jamiyat maʼnaviy hayotiga cherkov taʼsirining tobora cheklanishi zaminida dunyoviy M. tarkib topdi va keng rivojlana boshladi. Ilgʻor ijtimoiy tuzum, demokratik tartiblar oʻrnatish uchun kurashda taraqqiy-parvar M.ning xizmati katta boʻldi.
Qator 18:
Oʻzbekiston M.i ishiga umumiy rahbarlik qilib kelgan OʻzR Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida" farmoni (2002 yil 3 iyul) ga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi etib qayta tashkil etildi. Shunga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, viloyat hokimliklari xuzurida matbuot va axborot hududiy boshqarmalari tuzildi. Mazkur islohot mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish sharoitida respublika aholisining axborotga boʻlgan talab-ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, ommaviy axborot vositalari, noshirlik ishlari va matbaachilikni keng koʻlamda rivojlantirishga koʻmaklashish, axborot xizmatlarining zamonaviy bozorini shakllantirish yoʻlida oddinga tashlangan katta qadam boʻldi.
 
Oʻzbekiston M. mahsulotlari (bosma nashrlar) davriy va davriy boʻlmagan nashrlarga boʻlinadi. Davriy nashrlar ga gaz., jur., jurnal tipidagi nashrlar (byulletenlar, ilmiy axborotlar va boshqalar); davriy boʻlmagan nashrlarga kitob, risola, bosma fafik mahsulotlar va shahrik. kiradi. Bular ham, oʻz navbatida, bir qancha turlarga — umumsiyosiy va ixtisoslashgan; muassisligiga koʻra — hukumat idoralari, xalq harakatlari, partiyalar, uyushmalar, jam-gʻarmalar.tijorat, diniy tashkilotlar va boshqalarning gazetalari; hududiy yunalishga qarab — markaziy (mamlakat miqyosida), viloyat, shahar, tuman, quyi M. organlari (q.qarang [[Kup tirajli gazeta]]) boʻladi. Bozor iktisodiyoti sharoitida reklamatijorat, xususiy gaz.lar yuzaga keldi (yana q. [[Gazeta]]).
 
Jur.lar mohiyatiga koʻra — ijtimoiysiyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy, adabiybadiiy, tabiiy-ilmiy, qishloq xoʻjaligiga oid va shahrik.; yunalishiga qarab — bolalar, yoshlar, xotinqizlar va boshqa nashrlarga boʻlinadi. Muassisligiga koʻra — hukumat idoralari, nodavlat tashkilotlar, xususiy jur.lar ham chiqmoqda (yana. q. [[Ju[[rnal]]).