Rudolf Clausius: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, y.da → yilda (3) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
KLAUZIUS (Clausius) Rudolf Yulius Emanuel (1822.2.1, Kyoslin, hozirgi Koshalin, Polsha — 1888.24.8, Bonn) — nemis fizigi, termodinamika va gazlar kinetik nazariyasi asoschilaridan biri. Berlin universitetini tugatgan (1848). Syurix (1857 yildan), Vyursburg (1867 yildan) va Bonn (1869 yildan) universitetlari prof. Termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini taʼriflab bergan (1850). Entropiya tushunchasini kiritgan (1865). Moddaning erish temperaturasi oʻzgarishini bosim oʻzgarishi bilan bogʻlovchi tenglamani (q.qarang [[Klapeyron—Klauzius tenglamasi]]) asoslab bergan (1850). Ideal gaz, shuningdek, molekulalarning erkin yugurish uzunligi tushunchasini fanga kiritgan va birinchi boʻlib shu uzunlikni hisoblagan (1860). K. elektroliz nazariyasiga muhim hissa qoʻshgan. Joul—Lens qonuninp nazariy jihatdan asoslagan, termoelektr nazariyasini rivojlantirgan, dielektriklarning qutblanish nazariyasini ishlab chiqqan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==