Yunon yozuvi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Yu.yo. → {{subst:FULLPAGENAME}} (6) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Yunon yozuvi''' - finikiy yozuvidan kelib chiqqan alifboli (harf—tovushli) yozuv; taxminan mil. av. 9—8-asrlarda paydo boʻlgan. Eng qadimiy yodgorliklari mil. av. 8—7-asrlarga mansub. Turi va harflar toʻplami jihatidan qadimiy frigiy alifboli yozuviga (mil. av. 8—7-asrlar) yaqinroqturadi. Yunon yozuvida, finikiy konsonant (undoshli) alifbosidan farqli ravishda, undoshlarni ifodalovchi harflardan tashqari unlilarni ifodalovchi harflar ham paydo boʻladi. Bu yozuv taraqqiyotidagi yangi bosqich sifatida katta umummadaniy ahamiyatga ega boʻldi.
 
Alifboli yozuv paydo boʻlgungacha greklar chiziqli boʻgʻin yozuvidan foydalanganlar (q.qarang [[Chiziqli yozuv]]). Alifboli Yunon yozuvi 2 tarmoqqa boʻlingan: gʻarbiy va sharqiy. Gʻarbiy Yunon yozuvi, oʻz navbatida, ayrim belgilarning yozilishidagi xususiyatlari bilan ajralib turuvchi bir qancha mahalliy koʻrinishlarga ega boʻladi. Sharqiy Yunon yozuvi klassik Yunon yozuvi va vizantiy yozuvi tarzida rivojlandi, qibtiy (kopt), got, slavyankirill, shuningdek, arman, qisman gruzin yozuvlariga asos boʻldi. Gʻarbiy Yunon yozuvi asosida esa etrusk, lotin va qadimiy german runik yozuvlari paydo boʻldi.
 
Klassik umumyunon alifbosi (mil. av. 4-asrdan) 27 harfdan iborat boʻlib, shu asosdagi matnlar chapdan oʻngga qarab yozilgan. "Stigma", "koppa", "sampi" belgilari faqat sonlarni ifodalash uchun qoʻllangan, keyinchalik alifbo qatoridan chiqarilgan. Yangi yunon (grek) alifbosi 24 harfdan iborat.