Fiziologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a.da → -asrda (3) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Fiziologiya''' (yun. physis — tabiat va ...logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish obʼyektiga binoan, odam (q.qarang [[Odam]]), hayvonlar (q.qarang [[Hayvonlar fiziologiyasi]]) va oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi (q.qarang [[Oʻsimliklar fiziologiyasi]]). F. anatomiya, sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u fiziologik jarayonlarni. tushuntiri isha kimyoviy va fizik metodlar hamda tushunchalardan foydalanadi. F. — psixologiya, tibbiyot va veterinariya fanlarining nazariy asosi. F. umumiy, solishtirma (evolyutsion) va xususiy (amaliy) F.ga boʻlinadi. Umumiy F. barcha tirik materiya faoliyatining asosiy qonuniyatlari, uning tashqi muhit taʼsiriga . javob reaksiyasini, tirik obʼyektlarning notirik tabiatdan farq qiladigan xususiyatlarini oʻrganadi. Solishtirma F. hayvonlar organizmi fiziologik funksiyasini filogenetik (q.qarang [[Filogenez]]) va xususiy rivojlanish (q.qarang [[Ontogenez]]) orqali oʻrganadi. Xususiy F. organizmlar, birinchi navbatda odam organizmi hayot faoliyatining qonuniyatlarini tashqi muhit sharoiti bilan bogʻlab oʻrganadi. Shu sababdan xususiy F. mehnat fiziologiyasi, sport F.si, yosh F.si, ovqatlanish F.si, kosmik F. kabi fanlarga ajratiladi. Sogʻlom organizmda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan normal F. va kasal organizmdagi jarayonlarni oʻrganadigan patologik F. xam farq qilinadi.
 
F,— eksperimental fan. Fiziologik tadqiqotlar oʻtkir (viviseksiya, ajratilgan organlar, perfuziya metodlari) yoki surunkali eksperimentlar (shartli reflekslar metodi, fistula qoʻyish, transplantatsiya, elektrodlar kiritish va boshqa metodlar) yordamida oʻtkaziladi.