Teatr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Fixing abbreviations (v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 6:
'''Teatr''' (yun. theatron — tomoshagoh) — 1) sanʼat turi; uning oʻziga xos ifoda vositasi aktyorning omma oldidagi oʻyini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. T. sanʼatida ham boshqa sanʼatlarda boʻlganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, maʼnaviyati, madaniyati bilan bogʻliq holda oʻzgarib, takomillashib boradi. T. asosida ogʻzaki yoki yozma dramaturgiya yotadi.
 
T. sintetik sanʼat boʻlib, jamiyat hayotida, tomoshabinlarning maʼnaviy va estetik tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat, raqs, meʼmorlik ajralmas birlikni tashkil etadi. T.ning muhim vositalaridan biri sahna nutqidir. Aktyor qahramonning pyesadagi soʻzlarini oʻzlashtirib olar ekan, qahramon qiyofasida, holatlarda turib uning nutqiy tavsifini yaratadi, boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi. [[Sa[[hna nutqi]] xarakterlarning ochilishida, asar mazmuni, konfliktining yoritilishida muhym oʻrin tutadi (q.qarang [[Sa[[hna nutqi]]). Sahna asarlarining yaratilishida teatr rassomligi (ssenografiya)ning hissasi katta. Rassom asar mazmuni va rej. yechimidan kelib chiqib, dekoratsiya yaratadi. (q.qarang Teat[[r dekoratsiyasi sanʼati]]). T.da musiqaning ham oʻrni katta, tomosha turi va janriga bogʻliq holda u turli vazifani bajaradi: dramatik spektakllarda yordamchi vosita boʻlsa, operetta, musiqali dramada soʻz bilan barobar huquqga ega, opera va baletda esa hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. (q.qarang [[Teatr musiqasi]]).
 
T. sanʼati uzoq tarixga ega boʻlib, uning asosiy unsurlari (boshqa qiyofaga kirish, dialog , toʻqnashuv kabi) insoniyatning ibtidoiy davrlarida ovchilik, mehnat va liniy marosim, bayramlar bilan, totemizm, animizm kabi ibtidoiy dunyoqarash va ajdodlarning ruhlariga sigʻinish bilan bogʻliq holda shakllangan. Yunoniston, Hindiston, Turonda mil. av. 5asrdayoq T. jamiyat hayotida muhim oʻrin tutgan. Hindistonda T. sanskrit T., xalq T.i shakllarida hamda "Mahobhorat" va "Ramayana" dostonlari bilan bogʻliq holda rivojlangan; dramaturgiya va sahna sanʼati haqida "Natyashastra" nomli risola yaratilgan. Keyinroq T. Yaqin Sharq va Rimga ham yoyildi. Ayniqsa, Rimda T.ning yangi shakl va turlari yaratildi. Gʻarbiy Yevropada T. sanʼatining dastlabki namunalari sayyor aktyorlarjonglyorlar ijodida, Rossiyadaskomoroxlar faoliyatida yuzaga kelgan. Uygʻonish davrida vujudga kelgan drama yangi shakldagi professional trning shakllanishiga zamin yaratdi. 16-asrdan opera, 18-asr oʻrtalaridan balet, 19-asr oʻrtalaridan operetta mustaqil T. turi sifatida rivojlana boshladi. T.ning keyingi taraqqiyoti klassitsizmning keng yoyilishi bilan bogʻliq. 18-asr da maʼrifatchilik oqimidagi T. taraqqiy etdi. Astasekin realistik tendensiya kuchaydi. Ayniqsa, K. Goltsoni, G. Lessing , P. Bomarshe, F. Shiller ijodida realizm yorqin namoyon boʻldi. 18-asrning oxirlariga kelib, drama, melodrama, vodevillarda satirik yoʻnalishning yuzaga kelishi T.da demokratik asosning kuchayishiga sabab boʻldi. T. gʻoyaviy va badiiy kurashlar maydoniga aylandi.