Aleksandr: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5) |
|||
Qator 2:
[[File:Alexander and Bucephalus - Battle of Issus mosaic - Museo Archeologico Nazionale - Naples BW.jpg|thumb|Alexander and Bucephalus - Battle of Issus mosaic - Museo Archeologico Nazionale - Naples BW]]
[[File:Achaemenid Empire ru.svg|thumb|500px|Achaemenid Empire]]
'''Aleksandr''', '''Iskandar Maqduniy''' (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) (mil. av. 356, Pella — 323.13.6, Bobil) — ma-kedoniyalik sarkarda va davlat arbobi. Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning o‘g‘li. Aristo-teldan ta’lim olgan, harbiy ishni ot-asidan o‘rgangan. 336 y. Filipp II fitna-chilar tomonidan o‘ldirilgach, Makedoniya taxtiga o‘tirgan. 334 y. Aleksandr [[Eron]]ga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq boshlangan bo‘lib, uning o‘limi tufayli to‘xtab qolgandi. Aleksandr qo‘shinida sarkardalardan Antipatr, Parmenion, Ptolemey Lag va boshqa, shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 kema bo‘lgan. Aleksandr Granik (334 y.), Iss (333 y.) va Gavgamela (331 y.) janglarida Doro III qo‘shinlarini yeng-gan. A. Eronning markaziy shaharlari — [[Bobil]], Suza, [[Persepol]], Ekbatana hamda Misrni egallagan. Aleksandr 329 y. Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib o‘tib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qo‘lga olinib, qatl etilgan. So‘ng , A. Samarqand (Marokanda) ni egallab, Sirdaryo tomon yo‘l oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning [[O‘rta Osiyo]]ga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan.Usrushonadagi yettita shahar-qal’a A.ga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bu-larning ichida eng kattasi — Kiro-pol bo‘lib, [[Kir II]] uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi. A. shahar atro-figa xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan o‘tgan quruq daryo o‘zani orqali o‘zining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiro-pol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. Unda A. boshi va bo‘yniga tosh tegib yarador bo‘lgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon o‘qidan shikastlangan. Makedon qo‘shini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachi-lari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok bo‘lgan, qolgani ichki qo‘rg‘onga yashiringan, so‘ng tashnalikdan qiynalib taslim bo‘lgan. Makedon qo‘shini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan. Aleksandr mahalliy xalqning ja-soratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchi-309lariga asir olingan kishilarni bo‘lib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketma-gunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan. Aleksandr [[Sug‘diyona]]da [[Spitamen]] qo‘zg‘olon ko‘tarib, [[Marokanda]]ni qamal qilgani (
== Adabiyotlar ==
|