Boburiylar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 62:
 
== Tarixi ==
[[1517-yil]]dan boshlab [[Dehli sultonligi]]da ichki nizolar avj olib, sultonlik inqirozga yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dehlida [[Ibrohim Loʻdiy]], Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib [[1519]] va [[1524-yil]]lari [[Kobul]]dan [[Panjob]]ga yurish qildi va katta oʻljalar olib qaytdi. [[1525-yil]] Rano Sango oʻz raqnbi Ibrohim Loʻdiyni yengish va shu tariqa Shimoliy Hindistonni qoʻlga kiritish maqsadida Bobur bilan ittifoq tuzdi. Bobur yana Hindistonga yurib, [[1525-yil]] kech kuzida Panjobni boʻysundirdi. [[1526-yil]]ning aprel oyida esa Panipat yonida boʻlgan jangda (q.qarang Panipat janglari) Ibrohim Loʻdiyni yengib, Agra va Dehlini egalladi. Bobur ilgarigi fotixlar singari (masalan [[Mahmud Gʻaznaviy]], [[Amir Temur]] va boshqa) [[Hindiston]]ni tashlab chiqmay, shu yerda qolishga qaror qildi. U [[1527-yil]]ning mart oyida Sikri yonida boʻlgan jangda Rano Sangoni ham yengib, butun Shimoliy Hindistonni boʻysundirdi. Bobur [[1530-yil]] dekabr oyida vafot etdi. U oʻzi fath etgan mamlakatlarni betob kunlari oʻgʻillariga: Xindistonni toʻngʻich oʻgʻli Humoyunga, Panjobni Komron Mirzoga, Kobul va Qandahorni Askariy Mirzoga, Badaxshonni Hindol Mirzota taqsimlab berdi. Humoyun oʻz mulkini kengaytirish maqsadida [[1534-yil]] Gujarot va Biharga yurish qiddi. Humoyun afgʻon sur qabilasining nufuzli yetakchilaridan Sherxon bilan Chousa va Qunuj (Kanauj)da boʻlgan janglarda magʻlubiyatga uchrab, dastlab Sind va Qandahorga, u yerdan esa Eronga shoh [[Tahmasp]] huzuriga qochdi. Shunday qilib, Shimoliy Hindiston [[1555-yil]]gacha Sherxon va uning avlodi tasarrufida qoldi. [[1555-yil]] Humoyun chigʻatoy, afgʻon, eron, turkman va koʻchmanchi [[oʻzbek]] qabilalaridan katta qoʻshin toʻplab, Hindistonga yurish qildi, oʻsha yilning iyun oyida Surni yengib, Dehlini egalladi. Lekin oradan bir yil oʻtgach, Humoyun saroy kutubxonasi zinapoyasidan yiqilib, fojiona halok boʻldi. [[1556-yil]] taxtga uning hali balogʻatga yetmagan ugli Akbar oʻtqazildi. Boburiylar davlati hukmronligiga qarshi bosh koʻtargan Xemu va Skandar Sur ustidan gʻalaba qozondi, keyinchalik Boburiylar davlati.ni birmuncha kengaytirishga muvaffaq boʻldi. Akbar davrida Hindukushdan jan.dagi Godavari daryosigacha boʻlgan yerlar Boburiylar davlati tasarrufiga oʻtdi. Akbar markaziy davlat apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha islohotlar oʻtkazdi. Yer soligʻi, davlatni boshqarish tartibi xususidagi qonunlarni ishlab chiqdi. Birinchi qonunga binoan natural soliq pul soligʻi bilan almashtirildi. Bu tadbir davlatning moliyaviy ahvolini yaxshiladi. Akbar jizya, ziyoratchilardan olinadigan soliqni, soliq toʻplovchilarning maoshi (dorugʻa)ni, chopar hamda amaldorlar uchun toʻlanadigan yigʻim (qoʻnalgʻa)ni, bozordan yigʻiladigan bir qancha soliq va jarimalarni bekor qildi. Akbar zamonida ichki va tashqi savdo rivojlandi. Dengiz orqali olib boriladigan savdoda Gujarot va Bengaliya alohida oʻrin egalladi. Savdo yoʻllarida karvonsaroy va quduklar bunyod etilishi savdoni rivojlantirdi. Akbar [[XVI asr]]ning 60—70-yillarida bir qator islohotlar oʻtkazdi. Podshoh hokimi mutlaq hisoblanib, uning huzurida maxsus vakillik mahkamasi tashkil etildi. Bu islohot mamlakatni birlashtirish va davlatni markazlashtirishda muhim rol oʻynadi. Akbarning oʻgʻli Jahongirshoh (1605—27) otasi davrida joriy etilgan feodal tartiblarni mustahkamladi, Boburiylar davlatini kengaytirish siyosatini davom ettirdi. Jahongir [[1614-yil]] Mevarni, [[1615-yil]] Assomni va [[1621-yil]] Kashmirdagi kichik Kishtvora navobligini bosib oldi. Bangola viloyatidagi afgʻon qabilalarining gʻalayonlarini bartaraf etib, ularni boʻysundirdi. [[1624-yil]]dan boshlab hokimiyat uning oʻqimishli va tadbirkor xotini Shoh Jahon qoʻliga oʻtdi. Xuddi shu yillardan boshlab mamlakatda ichki kurash yanada kuchayib ketdi. Bu kurashni uning oʻgʻillari Xurram (Shoh Jahon) va Hisrav Mirzo boshladilar. [[1622-yil]] Xurram otasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, oxiri taslim boʻldi. U faqat otasining vafotidan ([[1627]]) keyingina Shoh Jahon nomi bilan taxtga oʻtirdi. Shoh Jahon (1627—58) ayrim mahalliy mulkdorlar (Bundel hokimi Jujhar, Dekan hokimi Xon Jahon Loʻdiy va boshqa)ning qarshiligiga duch keldi va ularning isyonlarini bostirdi, 1632—[[1636-yil]]larda Dekan hokimliklarini boʻysundirdi, [[1638-yil]]da Qandahorni egalladi. Boburiylar davlati.ning eng mashhur hukmdorlaridan yana biri Avrangzeb Olamgirdir (1618—1707). U Dekan va Bijapurni boʻysundirdi. Akbar, Shoh Jahon va Avrangzeb hukmronligi davrida Boburiylar davlati taraqqiy etdi. Mamlakat birmuncha markazlashdi, iqtisod va madaniy hayot oʻsdi<ref>''The Baburnama: Memoirs of Babur, Prince and Emperor'', Zahir-ud-din Mohammad Babur, Translated, edited and annotated by Wheeler M. Thackston. 2002 Modern Library Palang-faack Edition, New York. ISBN 0-375-76137-3 стр. xlvi</ref>.
 
== Parchalanishi ==
Qator 75:
Boburiylar davlatida roʻy bergan ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar, madaniy aloqalarning kengayishi natijasida ilmfan, adabiyot, sanʼat, meʼmorlik taraqkiy etgan, astronomiya yuksalgan. [[Dehli]], [[Jaypur]] va boshqa shaharlarda rasadxonalar qurilgan. Adabiyotda xalq diniysektantlik harakati gʻoyalari (turli diniy eʼtiqoddagi xalqlar tengligi va boshqa)ni targʻib qiluvchi "Bhakti" poeziyasi rivojlangan. Mazkur oqimning yirik namoyandalaridan biri [[Tulsidas]] (1532—1624) mashhur "[[Ramayana]]" dostonini yaratgan. Ayni vaqtda Shimoliy Hindistonda forsiy va turkiy tillarda, Markaziy Hindiston (Dekan) da urdu tilida saroy poeziyasi taraqqiy etgan, qator nasriy va nazmiy asarlar (Bobur, Bayramxon, Omuliy, Soib Tabriziy, Zebunniso, Bedil, Mirzo Gʻolib va boshqaning asarlari) yaratilgan. Ijodda "hindmusulmon uslubi" (shoirlar oʻz asarlarida Hindiston tabiat manzaralarini, voqeahodisalarini tasvirlasalarda, forstojik sheʼriyatining anʼanaviy shakl va obrazlaridan foydalanganlar) vujudga kelgan (Fayziy, "Nal va Daman"; Bedil, "Komde va Mudan" va boshqa), mahalliy xalklar bilan musulmon aholi oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik, muhabbat goyalari tarannum etilgan. Adabiyotshunoslikka doir muhim asarlar (Bobur, "Aruz risolasi", [[Alouddavla ibn Yahyo Sayfiy Husayniy]], "Nafois ulmaosirot"; Husayn Alixon Azimobodiy, "Nashtari ishq"; Shohnavozxon, "Maosir ulumaro"; Badriddin Kashmiriy, "Ravzat arrizvon va hadiqat algʻilmon" va boshqa) yuzaga kelgan. [[Movarounnahr]], [[Hindiston]] va [[Afgʻoniston]] [[tarix]]i, [[jugʻrofiya]]si, madaniy aloqalariga bagʻishlangan asarlar (Bobur, "Boburnoma"; Abulfazl Allomiy, "Tarixi Akbarshohiy"; Nizomuddin Axmad, "Tabaqoti Akbariy"; Mirzo Salim Jahongir, "Tuzuki Jahongiriy"; Jahongirshoh, "Jahongirnoma"; Gulbadanbegim, "Humoyunnoma"; Badovuniy, "Muntaxab uttavorix"; Muhammad Mustaidxon Soqiy, "Maosiri Olamgiriy" va boshqa) yaratildi. Hind, arab va turkiy xalqlar badiiy va ilmiy adabiyoti nodir yodgorliklari tarjimasiga ham katta eʼtibor berildi. Xususan, geometriyaga doir "Lilavatiy", "Atharvaveda" asarlari, "Mahabharata", "Ramayana" xalq dostonlari (sanskritchadan), Yoqut alHamaviynit jugʻrofiyaga oid "Muʼjam ulbuldon" asari (arabchadan), Kamoliddin Dabiriyning "Hayot ulhayvon" va Boburning "Boburnoma"si (eski oʻzbek tilidan fors tiliga) tarjima qilingan.
XVI—[[XVIII asr]]lar mobaynida boburiylar tomonidan bunyod etilgan qator monumental inshootlar, asosan [[Movarounnahr]] va Hindiston meʼmorlik uslublarining uygʻunlashuvi — yangi "hind-musulmon uslubi" boʻyicha qurilgan. Qurilish materiali sifatida oq va qora [[marmar]]dan unumli foydalanilgan. Binolar devori qimmatbaho, rangli toshlar — [[haqiq]], [[marvarid]], [[sadaf]], [[kahrabo]], [[zumrad]], yoqut va boshqa hamda fil suyagi bilan bezatilgan. Qurilishga [[Movarounnahr]], Hindiston, Eron va Turkiya meʼmorlari boshchilik qilgan. Bu davr meʼmoriy yodgorliklaridan [[Humoyun maqbarasi]] (1565), Baland darvoza (1576), [[Toj Mahal]] (1632—50), Oltin ibodatxona (1764—66) jahon ahamiyatiga molik. Fotihpur Sikri shahri qalʼasi, Ajmir va Ollohoboddagi qalʼalar, Mathuradagi Govindadeva ibodatxonasi, Skandardagi Akbar va Eʼtimoduddavla maqbaralari, Agradagi Laʼl qalʼa, Moti masjid va Avrangoboddagi Bibika maqbarasi va boshqa Boburiylar davlati.ning yirik meʼmorlik obidalaridan hisoblanadi.
Boburiylar davlati.da miniatyura sanʼati (q.qarang Hindisshon miniatyura maktablari) keng taraqqiy etgan. Boburiylar miniatyura maktabi (16 asr 2-yarmi — 18 asr)ga Kamoliddin Behzodnknt shogirdlari — termizlik Mirsayyid Ali va Xoʻja Abdusamad Sheroziylar asos solgan. Bu maktab vakillari dastlab tarixiy risolalar (mas, "Dostoni amir Hamza" asari) ga miniatyuralar chizish bilan shugʻullanganlar. Bu asarga bagʻishlangan miniatyuralar 12 jild (1200 tasvir) ni tashkil etgan. Keyinchalik tasviriy sanʼatda portret va animalistika janrlari ham keng tarqalgan. Mirsayyid Ali boshchiligidagi musulmon va hind miniatyurachilari narsa, voqea va hodisalar manzarasini haqqoniy ifodalashga harakat qilganlar. Boburiylar davlati. miniatyura maktabiga uning soʻnggi yillarida Oʻrta osiyolik musavvirlardan Farruxbek, Muhammad Murod Samarqandiy, Muhammad Nodir Samarqandiy, Oqo Rizo ibn Abulhasan Buxoriylar rahbarlik qilganlar. Ular "Boburnoma" (q.qarang "Boburnoma" rasmlari), "Akbarnoma", "Zafarnoma", "Jome attavorix" kabi asarlarga nafis miniatyuralar ishlaganlar. Muhammad Murod va Muhammad Nodir Samarqandiylar "Shahanshohlik murakkaʼi" ("Imperiya albomi") uchun ishlangan portretlar (Jahongirshoh, Shoh Jahon, Shermuhammad Navob, Shiva Parvati va boshqa), Mirsayyid Ali moʻyqalamiga mansub 80 dan ortiq miniatyura lavhalari Vena va London muzeylarida, Muhammad Murodning "Shohnoma" (Xiva nusxasi) qoʻlyozmasiga ishlagan 115 ta miniatyurasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqpanmoqda.
== Musiqa ==
Boburiylar davlatida musiqa sanʼati ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Bu davrda mahalliy hind musiqasi [[Movarounnahr]] va Eron musiqa sanʼati anʼanalari taʼsirida yanada boyigan. Tarixchi Xaydar Mirzo (1499—1551) ning "Tarixi Rashidiy" asarida aytilishicha, bu yerda [[Movarounnahr]] musiqiy asboblaridan torlikamonli sozlar koʻproq tarqalgan<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, [[2000-yil]]</ref>.