Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 4:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Bosim''' — biror jismning boshqa jism sirtiga tik yoʻnalishda taʼsir qiladigan kuchlar intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Pa yoki kgk/sm2 da oʻlchanadi. Jism sirtiga tik taʼsir qiladigan kuchlar B. kuchlari deb ataladi (mas, bino poydevorining zaminga taʼsiri, suyuklikning idish devoriga taʼsiri va h.k.). Kuchlar sirt boʻylab tekis taqsimlangan boʻlsa, u holda B. P=F/Sh bunda F — jism sirtiga taʼsir qiladigan kuch, S — jism sirti. B.ning bir necha turi mavjud. Gidromexanik B.— suyuklikning biror nuqtasidagi bosim. U gidrostatik (tinch holatdagi suyuklikka oid) va gidrodinamik (harakatdagi suyuqlikka oid) xillarga boʻlinadi. Gidromexanik B.ning atmosfera bosimidan ortishi ortiqcha B., atmosfera bosimidan kichik B. vakuummetrik B. deb ataladi. Dinamik B,— harakatdagi suyuqlik zarrasining hajm birligidagi kinetik energiyasini ifodalovchi tushuncha. Bundan tashqari, havo bosimi, bugʻ bosimi, parsial bosim (gazga oid), yonilgʻi ichki yonuv dvigateli silindrida yonganda hosil boʻladigan gaz bosimi va boshqa xil B.lar boʻladi. Biror idish, qozon hamda boshqalar ichidagi va atrofdagi muhit B.lari birgalikda mutlaq B. deyiladi. Bunday B. ata bilan ifodalanadi. Fan va texnikada juda kichik (q.qarang Vakuum texnikasi) va juda yuqori B.lar bilan ish koʻriladi. Kichik B.lar asosan tor bilan (q.qarang Vakuum), atmosfera B.idan yuqori B.lar atmosfera (atm), millimetr simob ustuni (mm sim. ust.) yoki millimetr suv ustuni (mm suv ust.) bilan oʻlchanadi. Meteorologiyada B. birligi bar yoki mm sim. ust. bilan ifodalanadi. MKS tizimida (q.qarang Birliklar tizimi) B. birligi sifatida N/m2 (kvadrat metrga nyuton), SGS tizimida — dina/sm2 (kvadrat santimetrga dina), MKGSS tizimida — kgk/m2 (kvadrat metrga kilogramm kuch) qabul qilingan. B. barometr, datchik va manometr bilan oʻlchanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->