Revmatizm: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (2) using AWB |
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5) |
||
Qator 1:
'''Revmatizm''' (yun. rhevmatismos shilliq) — biriktiruvchi toʻqimaning keng tarqalgan yalligʻlanishi bilan tavsiflanadigan kasallik, bunda, asosan, yurak, boʻgʻimlar va boshqa aʼzolar yalligʻlanadi. Streptokokklar qoʻzgʻatadigan qaytalanib turuvchi kasalliklar (asosan, angina) va organizmning streptokokklar taʼsiriga javoban koʻrsatiladigan allergik reaksiyalarga (
R.ga aksariyat 7—15 yashar bolalar chalinadi. Kasallik oʻtkir boshlanishi mumkin; anginadan tuzalgandan soʻng 10—14 kun oʻtgach, harorat yana koʻtariladi, ogʻriq paydo boʻladi, tirsak, bilakkaft usti, tizza, boldiroyoq panjasi boʻgʻimlari va boshqa boʻgʻimlar qizarib, shishib chiqadi (revmatik poliartrit). Bunda boʻgʻimlarning zararlanishi turgʻun boʻlmaydi, odatda, 10— 12 kun oʻtgach, poliartritning hamma alomatlari yoʻqolib ketadi. Lekin bunday tuzalish vaqtincha, chunki ayni vaqtda yurak (muskul qavati, klapanlari, tashqi pardasi) ham zararlanadi. Klapanlarning revmatik zararlanishi ularning turgʻun deformatsiyasiga va yurak porogi paydo boʻlishiga olib keladi (
R.da yurakning zararlanishi (revmokardit) poliartritsiz ham avj olishi mumkin. R.ning boshka aʼzolar va toʻqimalar, chunonchi nerv sistemasini ham zararlantirishi mumkinligini hisobga olish zarur. Nerv sistemasi zararlanganda bolaning oyoqqoʻllari beixtiyor uchib turadi, oʻta qoʻzgʻaluvchanlik, tez toliqish kuzatiladi (
R.ning oldini olishga uyjoy sharoitlarini yaxshilash, bolalar muassasalarida yuqumli kasalliklar oldini olish, organizmni chiniqtirish, fizkultura bilan shugʻullanish kabi sogʻlomlashtirish tadbirlari kiradi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
|