Iosif Stalin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 18:
STALIN (Jugashvili) Iosif Vissarionovich (laqabi — Koba, Coco va boshqalar) (1878, Gruziyaning Gori shahri — 1953.5.3, Moskva) — SSSRning mustabid hukmdori. Etikdoʻz oilasida tugʻilgan. Gori diniy bilim yurtini tugatgach (1894), Tiflis diniy seminariyasida oʻqigan (inqilobiy faoliyati uchun 1899 yil haydalgan). 1898 yil RSDRP tarkibidagi Gruziya "Mesamedasi" sotsialdemokratik tashkilotiga kirgan. 1902—13 yillarda 6 marta qamaldi, surgun qilindi, 4 marta qamoq va surgundan qochdi. 1903 yildan bolsheviklarga qoʻshildi. 1907 yilda RSDRP Boku komitetining rahbarlaridan biri. V. I. Lenin tarafdori, uning tashabbusi bilan 1912 yilda RSDRP MK va MK Rus byurosiga kooptatsiya qilingan (sirtdan kiritilgan). 1917 yil "Pravda" gaz. taxrir hayʼati, RSDRP (b) MK Siyosiy byurosi, Harbiyinqilobiy markaz aʼzosi. 1917—22 yillarda millatlar ishi boʻyicha xalq komissari, ayni vaqtda 1919—22 yillarda davlat nazorati xalq komissari, 1918 yildan Rossiya Harbiy inqilobiy kengashi aʼzosi. 1922—53 yillar partiya MK bosh kotibi.
 
20 yillarda partiya va davlatda yetakchi boʻlish uchun kurash davomida, partiya apparati va siyosiy fitnalardan foydalanib, partiyaga bosh boʻlib oldi va mamlakatda mustabid rejimni oʻrnatdi. Mamlakatni jadal industrlashtirish va majburiy kollektivlashtirish siyosatini oʻtkazdi. 20 yillarning oxiri — 30 yillarda haqiqiy va gumon qilingan raqiblarini yoʻq kildi. Ommaviy terror tashabbuskori boʻldi. 30 yillarning oxiridan fashistlar Germaniyasi bilan yakinlashish siyosatini tutdi (q.qarang [[Sovet-German bitimlari (1939]])), bu hol Ikkinchi jahon urushida xalqfojiasiga olib keldi. 1941 yildan SSSRXKS (Ministrlar Soveti) raisi. Urush yillarida S. Davlat Mudofaa komiteti raisi, Mudofaa xalq, komissari, Oliy Bosh koʻmondon. 1946—47 yillarda SSSR Qurolli kuchlari vaziri. Sovet Ittifoqi Mapshali (1943), generalissimus (1945). Urush yillarida S. AQSH prezidenti F.D. Ruzvelt va Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill bilan birga gitlerchilarga qarshi harbiy ittifoq (koalitsiya) tuzdi. Urush tugagandan soʻng u "jahrn sotsialistax tizimi"ni yaratishning gʻoyaviy rahnomasi va amaliyotchisi boʻlib qoldi, bu hol "sovuq urush" hamda SSSR bilan AQSH oʻrtasidagi harbiy-siyosiy qaramaqarshilikni keltirib chiqargan va qurollanish poygasini kuchaytirgan.
 
"Marksizm va milliy masala" (1912), "Oktyabr revolyusiyasi va rus kommunistlarining taktikasi" (1924), "Leninizm asoslari toʻgʻrisida" (1924), "Buyuk burilish yili" (1929). "Dialektik va tarixiy materializm toʻgʻrisida" (1938), "Marksizm va tilshunoslik masalalari" (1950) va boshqa asarlarida oʻz siyosatini nazariy asoslashga uringan. S. tiriklik chogʻida, xuddi Lenin singari uning karashlari mutlaqlashtirildi, faoliyati va shaxsiy hayoti ilohiylashtirildi. KPSSning 20sʼyezdi (1956)da N.S. Xrushchyov S. shaxsiga sigʻinishni va uning faoliyatini keskin krraladi. Keyinchalik mamlakatning kommun istik rahbarlari S.ni siyosiy reabilitatsiya kilishga bir necha bor urindilar.