Oʻymakorlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi, mil. 5 → milodiy 5 using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Oʻymakorlik''' — amaliy sanʼatning qadimiy va keng tarqalgan turi; yogʻoch, ganch, metall, tosh, suyak, terrakota va boshqalarni oʻyish, yoʻnish, kesish yoʻli bilan badiiy shakl yasash sanʼati. Buyumlar, turli asboblarni nafislashtirishda, binolarni bezashda, kichik shaklli haykaltaroshlik kompozitsiyalari yaratishda keng qoʻllanadi. Oʻ.ning mustaqil janri gliptika; foydalanadigan xom ashyosiga koʻra yogʻoch oʻymakorligi, ganch oʻymakorligi, tosh oʻymakorligi, metall Oʻ. (kandakorlik), suyak oʻymakorligi kabi turlari bor.
 
Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekiston hududida Oʻ. juda qadimdan rivojlangan. Ibtidoiy odamlar yogʻoch, suyak, haivon shoxlaridan oʻzlari uchun zarur qurollar yaratib, ularni "bezashgan", turli ramziy chiziq va belgilar ishlashgan, toshlarga rasmlar chizishgan (q.qarang [[Qoyatosh rasmlari]]). Oʻzbekistonning jan.dagi Oqtom va Quyi Mozordan topilgan hayvon shoxi hamda suyak boʻlagiga chizib ishlangan tasvirlar miloddan avvalgi 2— 1-ming yillarga mansub. Yumaloqtepa qaʼrida milodiy 5-6-asrlarga oid yogʻoch Oʻ. namunalari saqlangan. Fayoztepa, Qoratepa, Ayritom poydevorlari marmar, toshdan ishlanib Oʻ. bilan bezatilgan yodgorlik namunasidir.
 
Oʻrta Osiyoda Oʻ. 3 yoʻnalishda mavjud boʻlgan: naqsh Oʻ., mavzuli (odam va hayvon tasviri ishlangan) Oʻ. hamda naqsh va mavzuli Oʻ. uygʻunligidagi murakkab kompozitsiyalar. Afrosiyob, Fayoztepa, Ayritom va boshqalarda qurilgan saroy, ibodatxona, zodagonlarning uy va qasrlari shunday Oʻ. bilan bezatilgan. Arablarning bu hududga kirib kelishi bilan bezak sanʼatida koʻproq geometrik va islimiy naqshlar keng oʻrin egallab, ular xalqning maʼnaviy estetik qarashlarini aks ettiruvchi vositaga aylandi.