Hayot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a.da → -asrda using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Hayot''', tiriklik, tirik organizmlar — materiyaning eng yuksak shakli. Zamonaviy qarashlarga binoan H. tashqi muhitdan oliialigan energiya hisobiga oʻz-oʻzidan boshqariladigan va oʻz-oʻzini bunyod etish xossasiga ega boʻlgan oʻziga xos strukturalardan iborat. Molekulyar biologiya. biofizi-ka, biokibernetika (q.qarang [[Kibernetika]]) va boshqa fanlar sohasida olib borilgan gadqiqotlar natijasida H.ning moddiy asoslari biopolkmerlar ekanligi aniqlandi. Ulardan oqsillar va nukle-in kislotalar barcha tiriklikning doimiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Biopolimerlar H. namoyon boʻlishining molekulyar jarayonlarida ishtirok etadi. Hayotiy jarayonlarda oqsillarning ahamiyati ular kimyoviy tuzilishi va biologik funksiyasining xilma-xilligi bilan belgilanadi. Har qanday ge-netik informatsiya oqsil molekulasida aminokislotalarning ketmaket joylanishi orqali namoyon boʻladi. Genetik informatsiyani nuklein kislotalar (DNK yoki RNK) oʻzida saqlaydi va irsiyatga oʻtqazadi. Oqsillar biosintezida (q.qarang [[Biosintez]]) bu in-formatsiya hujayraning genetik appa-rati (genom)lan sitoplazmaga oʻtib, oqsil molekulasiga aminokis.yutalar qoldiqlari ketma-ketligidan iborat uzun zanjir shaklida yozib olinadi, Oqsillar sintezining amalga oshiri- lishi orqali nuklein kislotalar hujayrada kechadigan moddalar alma-shinuvi tavsifini belgilab beradi. Moddalar almashinuvi esa oʻzaro muvofiqlashgan va dinamik bogʻlangan assimilyatsiya (plastik almashinuv) va dissimilyatsiya (energiya almashinuvi) jarayonlari yaxlit sistemasidan ibo-rat. Bu jarayonlar tufayli tirik organizmlar hayotiy funksiyalarining bajarilishi uchun zarur boʻlgan shart-sharoit vujudga keladi, yaʼni ular tarkibining oʻzoʻzidan yangilanishi sodir boʻladi va bu tarkibning nisbiy turgʻunligi saqlanib qoladi.
 
Umumiy maʼnoda H. oʻziga xos strukturalarning tashqi muhitdan olingan energiya sarfi orqali oʻz-oʻzini boshqarish va bunyod etishi tari-qasida talqin qilinadi. Bu tavsifdan moddalar va energiya almashinu-vi orqali organizm bilan tashqi muhit oʻrtasida doimiy bogʻlanish boʻlib turishi toʻgrisidagi tushuncha kelib chiqadi. Organizmda moddalar atma-shinuvi assimilyatsiya jarayonlari maj-muidan iborat. Assimilyatsiya hujayra molekulyar komponentlarining , jumladan tur uchun xos boʻlgan moddalar (oqsil, nuklein kislotalar) sintezi va dissimilyatsiyasini, yaʼni ishlatib boʻlingan moddalarning par-chalanishi va organizmdan chiqarili-shini oʻz ichiga oladi. Mazkur jarayon energiyaning qayta taqsimlanishi orqali sodpr boʻladi. Bu jarayonda avtotrof fotosintezlovchi organizmlar (yashil oʻsimliklar, fototrof bakteriyalar) quyosh energiyasini oʻzlashtirib, uni kimyoviy bogʻlar energiyasiga aylantiradi (mas, ATF sintezi, fosforlanish). Xemo-sintezlovchi avtotrof (temir va ol-tingugurt bakteriyalari) kam oksidlangan anorganik birikmalar energiyasidan, geterotroflar (koʻpchilik bakteriyalar, hayvonlar, zamburugʻlar) esa avtotroflar yoki b. geterot-roflar sintezlagan organik moddalarning parchalanishi natijasida hosil boʻlgan energiyadan foydalanadi. Metabolitik oʻzgarishlar davomida energiyaning koʻp qismi issiqlik shaklida yoʻqotilishi natijasida organizm — muhit sistemasi entro-piyasi oshadi.