Fitotsenoz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Fitotsenoz''' (fito... va senoz), oʻsimliklar jamoasi — nisbatan bir xil sharoitda bir-biriga moslashib, jamoa boʻlib yashaydigan oʻsimliklar majmui. Har bir F. oʻziga xos tarkib va tuzilmaga ega. Flagi oʻsimliklar hayvonlar va tashqi muhit bilan oʻzaro bevosita bogʻlangan. Baʼzi F.lar inson taʼsirida yoki uning bevosita ishtirokida mavjud boʻladi (mas, agrofitotsenoz). F.ni tashkil qiluvchi oʻsimliklar oʻz hayot faoliyatida muhitga katta taʼsir koʻrsatadi va uni oʻzgartira oladi. Har xil oʻsimlik guruxlarining F.dagi roli bir xil emas. Oʻsimliklar tashqi muhitdan oʻzi uchun zarur boʻlgan moddalarni oʻzlashtiradi (q.qarang [[Assimilyatsiya]]), tashqi muhitga esa moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqaradi (q.qarang [[Dissimilyatsiya]]), F. tuprogʻi va uning sirtida oʻsimlik qoldiklari chirib, tuproq tarkibini oʻzgartiradi; oʻsimliklar va transpiratsiya taʼsirida oʻziga xos fitoiqlim hosil qiladi. F. biotsenoz va biogeotsenoznint eng faol qismi hisoblanib, quyosh nuri energiyasi va atmosferadagi azotni oʻzlashtiradi; hayvonlar bilan birgalikda energiya oʻzgarishi va moddalarning aylanish jarayonlarida qatnashadi. F. organik moddalarning asosiy yaratuvchisi boʻlib, geteroshrof organizmlar, shu jumladan, inson uchun oziq moddalar va energiya manbai hisoblanadi.
 
F. doimiy boʻlmasdan uning tarkibi va tashqi koʻrinishi yillar va yil fasllari davomida oʻzgarib boradi. Natijada bir xil turlar oʻrnini boshqalari egallaydi; bir F. boshqasi bilan almashinadi, yaʼni suksessiya roʻy beradi. F. haqidagi taʼlimot fitotsenologiya deb ataladi.