Madaminbek: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5) |
||
Qator 5:
1918 yilning oxiridayoq mustaqil harakat qilishga urinayotgan yirik qoʻrboshilarning faoliyatini M. boshqarishga muvaffaq boʻldi. M. yigitlari oʻrtasida harbiy intizom kuchli edi. Uning yigitlari qizil armiyaga qarshi jang qilish bilan bir qatorda bosqinchi va talonchilardan iborat ayrim mahalliy kichik toʻdalarga qarshi ham shafqatsiz kurashganlar.
M. 1919 yil 2 sentabrda Jalolobodda K. Monstrov bilan ittifoq tuzgan (
Sovet rejimi va bolsheviklar milliy ozodlik harakatiga qarshi kurashish uchun Rossiya markazidan doimiy ravishda Turkistonga yangi-yangi qizil askar qismlari tashlangan. 1920 yil yanvar oyining oʻrtalariga kelib Fargʻona vodiysida jangovar tashabbus vaqtinchalik qizil armiya qoʻliga oʻtgan. M. vaqtdan yutish uchun 2-Turkiston oʻqchi diviziyasining boshligʻi N. A. Veryovkin Roxalskiy bilan Skobelev (hozirgi Fargʻona) shahrida yarash bitimini imzolagan (1920.6.3). M. bilan birga sovet hokimiyati tomoniga uning oʻnlab qoʻrboshilari va 3500 ta yigiti ham oʻtgan. Sovet qoʻmondonligi tomonidan muzokaralar oʻtkazish uchun qoʻrboshilar orasiga yuborilgan M. Xolxoʻja Eshon buyrugʻi bilan qirgʻizlarning Qorovul otlogʻi atrofida xiyonatkorona oʻldirilgan (1920.14.5). Uning qabri hozirgi Qirgʻiziston Respublikasi hududi — Olay vodiysidagi Shigʻay qishlogʻida.
|