Viruslar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 5:
V.ning tasnifi (klassifikatsiyasi) va ularni ifodalaydigan belgilar hali qabul qilinmagan. Ularga ham xuddi hayvonlar va oʻsimliklarga beriladigan tur va turkum nomi beriladi, xalq ifodalari, har xil qisqartmalardan foydalaniladi, kasallanuvchi organizmning turkum nomi bilan atalib, yoniga raqam qoʻyiladi yoki V. morfologik, kimyoviy xossalari va reproduktiv xususiyatlariga binoan urug va oilalarga birlashtiriladi. V. urugʻining lotincha nomiga virus soʻzi (mas., Enterovirus), oilasi nomiga viridae soʻzi (mas., Poxviridae) qoʻshilib yoziladi.
 
V. organizmga har xil yoʻllar bilan kiradi, mas., V. oʻsimlik hujayralariga chetdan faqat ular shikastlanganida kirishi mumkin. Gripp V. va b.da hujayra qobigʻini buzish xususiyatiga ega boʻlgan fermentlari bor. V. organizmga kirgach, infeksiyanint latent yoki yashirin davri boshlanadi. Koʻpgina V. hujayralarda toʻplanib, hujayra ichida oʻziga xos tarkibiy qismlar hosil qiladi (q.qarang Virusli granullyoz). V. bilan zararlangan oʻsimliklar, odatda, butun hayoti davomida infeksiya oʻchogʻi boʻlib qoladi. V. ekologik, biologikva b. omillar taʼsirida vujudga keladigan kuchli oʻzgaruvchanlikka ega. V. tabiatda keng tarqalgan boʻlib, ular juda koʻp xoʻjayinga ega. Asosan, soʻruvchi hasharotlar, kanalar va nematodalar bilan tarqaladi. Baʼzi V. urugʻlar orqali tarqaladi va deyarli barcha V. kasal oʻsimlik jinssiz koʻpaytirilganda avlodga oʻtadi. V.ning patologik taʼsiri xilma-xil boʻlib, asosan, ularning koʻpayishidan xoʻjayin organizmida yuz beradigan oqsil va nuklein almashinuvining buzilishi bilan belgilanadi (q.qarang Virusli kasalliklar). V.ni virusologiya fani oʻrganadi.
 
== Adabiyotlar ==