Pichoq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, va b.da → va boshqalarda (2), va b. → va boshqa (3) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 5:
'''Pichoq''' — 1) bir tomoni charxlab oʻtkirlangan, plastinkasimon uzunchoq keskir asbob. P. asosan tigʻ va dasta (sop) dan iborat. Tigʻ P.ning kesadigan qismi hisoblanadi. Dastasi (sopi) yogʻoch, suyak, plastmassa va baʼzan temirdan ishlanadi. Ular suqma, yorma va naqshdor boʻladi. Dasta mustahkam turishi uchun mis halqachalar — gul-band qoʻyiladi. Tuzilishiga koʻra, P. toʻgʻri, qayqi, bodomcha; oʻlchamiga koʻra — oʻrtasuyamlik, gezlik, bolapichoq, chalabuzar, mardona; bezatilishiga koʻra — sodda, guldor, chilmixgulli, rufta, sadafli, dandop sopli va boshqa; yasalish usuliga koʻra, chust (tus) P., poytug P., qoʻqop P., qorasuv P., shahrixon P., xiva P. xillarga boʻlinadi. Ishlatilishiga qarab, P.lar oʻtkir uchli va toʻmtoq uchli qilib yasalishi; buklama (pakki); tugmacha va prujinali (tugmachasi bosilganda tigʻi irgʻib ochiladigan) boʻlishi mumkin. P.ni shikastlanishdan saqlash uchun maxsus moslama — qinga solib qoʻyiladi. Qin gazlama, mstall, temir, charm, yogʻoch va boshqalardan yasalib, unga turli badiiy oʻyma naqshlar qilipadi.
 
Oʻzbekistonda ilgari P. asosan temirchilik doʻkonlarida tayyorlangan, hozir mahalliy sanoat korxonalarida hamda xususiy kichik korxonalar (doʻkonlar)da ishlab chiqariladi. P.lar uy-roʻzgʻor va xoʻjalikda, bogʻdorchilik, kosibchilik, ovchilik va boshqalarda qoʻllanadi (q.qarang [[Pichoqchilik]]); 2) mashina va mexanizmlarning kesuvchi, qirquvchi va oʻyuvchi qismlari. Yogʻochsozlik sanoati, yogʻoch oʻymakorligi, oziq-ovqat sanoa-ti, qishloq xoʻjaligi mashinalarida, taxta tilish, faner yoʻnish, yogʻoch oʻyish, silos va somon maydalash, karam qirqish va boshqa ishlarni bajarish uchun moʻljallangan P.lar boʻladi. Ular freza, disk, oʻtkir uchli plastina va boshqa koʻrinishda yasaladi; 3) elektrotexnikada rubil-niklar va shtepsellardagi qisqichlar ham P. deb ataladi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->