Ichki Mongoliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Ichki Mongoliya''' - [[Xitoy]] tarkibidagi muxtor rayon. Mamlakat shimolida. Maydon 1,2 mln. km{{sup|2}}. Aholisi 23,5 mln. kishi (1998); xitoy, mongol, dungan, manjur, koreys, evenk va boshqalar yashaydi. Maʼmuriy markazi — Xux-Xoto shahri. Qadimda Ichki Mongoliya hududi janubiy mongol knyazliklari tasarrufida boʻlgan, 1636 yilda manjurlar qoʻl ostiga oʻtgan. Ular key-inchalik Xitoyda oʻz hukmronligini oʻrnatganlar va bu hudud Xitoy tarkibiga kirgandan soʻng Ichki Mongoliya deb atala boshlagan. 1931–45 yillarda Ichki Mongoliyani yaponlar bosib olgan. 1945 yilda ulardan ozod qilingan.
 
Ichki Mongoliyaning sharqiy qismida Katta Xingan togʻlari (bal. 1949 m gacha) va Sunlyamo tekisligining bir qismi, gʻarbiy qismida Bargi tekisligi, Gobi choʻlidagi yassitogʻlik, Inshan togʻlari va Ordos platosi bor. Yer yuzasining balandligi kup joylarda 500–1500 m, eng baland qismi 3000 m.
 
Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ningYanvarning urtacha temperaturasi shimolida –30°, janubida –6°, iyulniki shimolida 20°, janubida 24°. Yillik oʻrtacha yogʻin 100–500 mm. Ichki Mongoliyaning shim.da tayga oʻrmonlari, markaziy qismida boshokli dasht oʻsimliklari oʻsadi. Eng katta daryosi — Xuanxe. Koʻl koʻp.
 
Ichki Mongoliya–agrar rayon, yalpi mahsulot qiymatining 3/4 qismini qishloq xoʻjaligi beradi. Dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Hududining 1/10 qismidan koʻprogʻi haydaladi. Asosan, donli ekinlar ekiladi. Chorvachilik qishloq xoʻjaligidan olinadigan mahsulot qiymatining 1/3 qismini beradi (mamlakatdagi mavjud chorvaning 10% i Ichki Mongoliyaga toʻgʻri keladi). Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnchilik sanoatlari rivojlangan. Mahalliy xom ashyo bazasida qora metallurgiya, energetika, mashinasozlik va boshqalar tarmoqlar vujudga kelgan. Yogʻoch tayyorlanadi. Yakshidagi qogʻoz kti mamlakatdagi eng yirik qogʻoz k-tlaridankombinatlaridan biridir. Pekin – Baotou temir yo'lyoʻl Ichki Mongoliyani Xitoyning shim.sharqi va sharqi bilan, Szinin – Erlyan temir yo'lyoʻl. Mongoliya bilan bogʻlaydi.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20I%20harfi.pdf I-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==