Guliston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 62:
'''Guliston''' (1923 y. va 1952-60 y.larda shahar, soʻngra shaharchaga aylantirilgan, 1961 y. 8 maydan yana shahar) — Sirdaryo viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mirzachoʻlning jan.-sharqida, 276 m balandlikda, "Doʻstlik" kanali sohilida. Toshkentdan 118 km. G.dan Toshkent—Xovos temir yoʻl oʻtgan. 1895 y.da endigina qurilayotgan Samarqand—Toshkent temir yoʻl yoqasida hozirgi G. oʻrnida dastlabki uylar qad koʻtargan edi. Keyinchalik u yerda ikkita qishloq paydo boʻlib, ularning birlashishidan Mirzachoʻl sh. (1961 y.dan G. deb atalgan) vujudga keldi. Yiliga oʻrtacha 295–300 mm yogʻin yogʻadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2,5°, minimum t-pa —35°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°, maksimum temperatura 45°. Aholisi 55,3 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi.
 
Sanoati paxta tozalash zdizavodi, paxta punkti, elevator, sut, yogʻ-ekstraksiya, non zavodlari, yaxna ichimliklar korxonasi, q.x. mashinalari va avtomashinalarni taʼmirlash ustaxonalari, qurilish materiallari k-ti, bosmaxona, maishiy xizmat koʻrsatish k-ti, "Turkiston" qandolatchilik qoʻshma korxonalaridan iborat. Dori-darmon ishlab chiqariladigan "Lichava-Farmsanoat" Oʻzbekiston—Chexiya qoʻshma korxonasi qurildi. G.da Guliston universiteti, tibbiyot kolleji, kasb-hunar va sanʼat bilim yurtlari, qurilish kolleji, 16 umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Sirdaryo teatri, kutubxona, pochta, telefon st-yasi bor. Poliklinika, viloyat markaziy kasalxonasi xizmat koʻrsatmoqda. Oʻn mingtomoshabinga moʻljallangan stadion mavjud.
 
Shaharda koʻp qavatli turar joylar, jamoat binolari, jumladan "Nikoh saroyi", suzish havzasi, sharqona uslubda qurilgan "Guliston" choyxonasi, akademik litsey, qoʻgʻirchoq teatri binolari va b. bunyod etildi. Shahar hududidan Jarqoq—Toshkent gaz quvuri oʻtgan. Viloyat markazidan barcha tuman markazlari va Toshkentga avtobuslar qatnaydi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 71:
Guliston shahrida 1ta futbol klub mavjud,
 
== Manbalar ==
{{Sirdary
{{manbalar}}
 
{{Oʻzbekiston shaharlari}}
{{Sirdaryo viloyati}}