Italiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Italiya_info}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Italiya''' (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) – Yevropa janubida, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin yarim orol, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Maydon 301,2 ming km{{sup|2}}. Aholisi 60,92 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jixatdan 20 viloyat (regione)ra boʻlinadi. Poytaxti – [[Rim]] shahar.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20I%20harfi.pdf I-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 7:
 
== Tabiati ==
Mamlakatning qirgʻoq chizigʻi (7,5 ming km) Apennin yarim orolning jan.da pasti-baland boʻlsa, boshqa qismida deyarli tekis. Hududining 4/5 qismi togʻ va qirlardan iborat. Italiyaning shim.da Alp togʻlari joylashgan: Gʻarbiy Alp togʻlari (Monblan choʻqqisi, 4807 m – Italiyaning eng baland nuqtasi)ning yon bagirlari tik. Sharqiy Alp togʻlari (eng baland nuqtasi – Ortles togʻi, 3899 m) asta-sekin pasaya borib, sharqda Karst platosiga tutashib ketgan. Alp togʻlari jan.da joylashgan Padan tekisligi sharqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi botqoqli pasttekislik. Alennin yarim orol boʻylab 1200&nbsp;km masofada Apennin togʻlari joylashgan. Bir necha soʻngan va soʻnmagan vulkanlar (Amiata – 1734 m, Vezuviy – 1277 m) bor. I.Italiya orollarining relyefi, asosan, togʻlik, orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulkano vulkanlari bor. Italiyaning oʻrta va jan. qismlarida tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi.
 
Italiyada toshkoʻmir, bitumli slanets, neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir rudalari, boksit, oltingugurt va osh tuzi konlari bor. I.Italiya simob rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Maʼdanli va issiq (tempaturasi 100–200°) bulok, koʻp.
 
Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʻʼtadilroq. Alp toglari shim.dan keladigan so-vuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha t-rasi togʻ etaklari va tekisliklarda 20–28°, baʼzan issiq shamol esganda 40–45° ga koʻtariladi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin yarim orol va orollarda 1 – 12°. Sharqiy Alp va Shim. Apennin toglari Italiyaning eng seryogʻin (yiliga 3000&nbsp;mm) joylaridir. Mamlakat ich-karisida yiliga 600–800&nbsp;mm, Sitsiliya va Sardiniya orollarida 500&nbsp;mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining I.Italiya hududidagi qismida 800 dan ortik, muzlik bor.
 
Eng yirik daryosi – Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar Italiyaning shim. qismida koʻproq. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan sugʻorish va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik koʻllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort koʻp.
Qator 22:
 
== Tarixi ==
Italiya hududida paleolit davrida odamlar yashagan. Apuliyaning Kastro sh. yaqinidagi Romanelli goridan, Liguriyaning Grimaldi qishlogʻi yaqinidagi Barma-Grande gʻoridan, Emiliyaning Savinyano manzilgoqidan topilgan arxeologiya yodgorliklari shundan dalolat beradi. Shim. Italiyada jez davrita mansub arxeologiya mada-niyati, oʻrta Italiyada unga turdosh boʻlgan madaniyatlar nishonalari juda koʻp. Temir davrshxa Italiya hududida paydo boʻlgan bir qancha madaniyatlar koʻpgina arxeologiya yodgorliklarini qoldirgan. Ular orasida villanlar madaniyati yetakchi boʻlgan. Mil. av. 2–1ming yilliklarda qoz. Italiya hududida ligurlar, et-rusklar yashagan, asta-sekin italiklar (shu jumladan, lotinlar) koʻchib kelib joylasha boshlagan. Italiklar gu-ruhiga mansub boʻlgan sabinlar bilan birga lotinlar [[Rim]]ga asos solganlar (mil. av. 754–53-yillar). Mil. av. 5–3asrlarda I.Italiya hududi qad. Ashning asosiy qismi boʻlgan. Mil. 5-asrgacha, yaʼni Italiya [[Rim]] davlati tarkibiga kirgan davrgacha boʻlgan Italiyaning shundan keyingi tarixi va uning qududida quldorlik tu-zumi shakllanganligi haqida Qad. [[Rim]] maqolasiga qarang .
 
Mil. 3-asrda, asosan, I.Italiya hududidan iborat boʻlgan [[Rim]] imperiyasida quldorlik tuzumi inqirozga uchragan. Quldorlik jamiyati zamirida feodalizm unsurlari vujudga kela boshladi: yirik yer egaligi bilan birga mayda xoʻjalikning mavjudligi, natural xoʻjalik xukmronligi [[Rim]] imperiyasi davrida butunlay barham topmagan yer egalarining siyosiy hokimiyati oshib borgan edi. 4–5-asrda I.gaItaliyaga bostirib kirgan german qabilalari va b. varvar qabilalar [[Rim]] imperiyasiga sezilarli zarba berdilar. 5-asr boshlarida I.gaItaliyaga kirib kelgan vestgotlar 413 yilda [[Rim]]ni ishgʻol qildilar. 455 yilda [[Rim]] vandallar tomonidan tor-mor qilindi. Mil. 5-asrda german, vestgot, vandal va b. kabilalarning hujumi, qullar hamda kolonlarning qoʻzgʻolonlari natijasida Gʻarbiy [[Rim]] imperiyasi yemirilgach, 476 yil Odoakr boshchiligida qirollik hoki-miyati oʻrnatildi. 488 yilda Teodorix boshchiligida ostgotlar qirolligi bu-nyod etildi. 554 yil Italiyani Vizantiya, bo-sib oldi va Vizantiya imperatori Yustinian I 554 yil Pragmatik sanksiya chiqardi, bu qujjat [[Rim]] imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini qayta tiklashga qaratilgan edi. 568 yilda Shim. I.gaItaliyaga langobardlar kelishdi. Langobardlarning istilosi quldorlik tartibiga uzil-kesil zarba berdi. Ular quldorlarning aksari qismini qirib tashladilar va haydab yubordilar. Ulardan musodara qilingan yerlar istilochi zamindorlar oʻrtasida taqsimlandi. Erkin dehqon vaq-tincha asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Ammo [[Rim]]dagi yirik yer egaligining bir qismi (qullar va kolonlar bilan birga) baribir saqlanib qolgan edi. [[Rim]] xususiy mulkchiligi taʼsirida langobardlar jamoasining parchalanishi kuchaydi, karam dehqonlar sinfi va zamindorlar sinfining shakllanish jarayoni tezlashdi. Ilk feodal davlati vujudga keldi. Italiyaning bir qismi Vizantiya hukmronligi ostida qola berdi. 751 yilda langobardlar Ravenna ekzarxatini bosib oldi, soʻngra franklar uni langobardlardan tortib olishdi. 556 yilda franklar qiroli Pipin Pakana Ravenna ekzar-xati, [[Rim]] dukati va Pentapolisni papaga sovgʻa qilgach, papalarning te-okratik davlati (Papa viloyati) tarkib togshi. 773–74 yillarda Italiyani franklar qiroli Buyuk Karl bosib oldi. Italiyaning franklarga tobe boʻlishi unda zamindorlik munosabatlarining rivojlanishini tezlashtirdi. 781 yilda I.Italiya qirolligi tashkil topdi. Buyuk Karlning oʻgʻli Pipin uning qiroli boʻldi. Franklar istilosidan soʻng Italiyada mulkdorlik munosabatlari tez rivojlana boshladi. 887 yil Buyuk Karl sulolasidan boʻlgan Karl III agʻdarilgach, yirik zodagonlar oʻrtasida I.Italiya taxti uchun kurash avj oldi. 9-asrda I.gaItaliyaga jan.dan arablar, shim.dan vengerlar hujum qildi. 10-asrning 2-yarmidan 12-asr boshlarigacha Italiyaning koʻp qismi german imperatori Otton I taʼsirida boʻldi. 10–11-asrlarda Italiyaning Milan, Venetsiya, Genuya, Piza va b. shaharlari yepiskop-senorlar iskanjasidan qutulib, mustaqil shaharlarga aylandi. 11 – 12-asrlarda I.Italiya shaharlarida hunarmandlar va savdogarlar korporatsiyalari–sexlar vujudga keldi. Kommunalar gʻalaba qozongach, hokimiyat senordan konsullar hayʼati qoʻliga oʻtdi, shahar zoda-gonlarining , boy savdogarlarning namoyandalari shu hayʼat tarkibiga kirardi. Hunarmandlar bilan mayda savdogarlar hokimiyatga yoʻlatilmas edi. Xalq yigʻinining ahamiyati unchalik katta emas edi. Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning kommunaga oʻtishi zamindorlarning qudratini puturdan ket-kazdi va I.Italiya iqtisodiyotining rivojlanishi h.amda atrofdagi mayda shahar va qishloqlar hududida boʻysundirish yoʻli bilan shahardavlatlarning tashkil topishi uchun turki boʻldi, bu shahar-davlatlarda oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor boʻlgan yangi davlat shakli – respublika tuzumi oʻrnatildi. Shaharkommunalar tovar-pul munosabatlari rivojlangan qudratli markazlarga aylandi; salib yurishlari esa bu yerda port shaharlar (Venetsiya, Genuya, Piza, Ankona) ravnaq topishiga, ularni Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi asosiy savdo vositachilariga aylantirdi. Shim. va Oʻrta Italiyadagi shaharlarning iqtisodiy ustunligi Italiyaning shu qismida 11 –12-asrlarda yirik zamindorlarning yerlarni dehqonlar, ritsarlar, savdogarlar va baʼzan shaharlarning yuqori tabaqasiga ijaraga berishiga olib keldi. 12–13-asrlarda I.Italiya shaharlarining qoʻllab-quv-vatlashi bilan qishloq kommunalari vujudga kela boshladi, ular oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilishini talab qildilar. Qishloq kommunalari zamindorlar hukmronligidan ozod boʻlishlari b-noq qoʻshni shaharlarga qaram boʻla bordilar. 12–13-asrda Paviya, Milan va b. shaharlarda hunarmand, savdogar va mayda ritsarlar yirik zodagonlarga qarshi kurashdilar. Shu davrdagi shaharlar aholisi I.gaItaliyaga bostirib kirgan german zamindorlariga qarshi qahramonlarcha kurashdi. 1158 yilda imperator chiqargan Ronkal qaroriga bino-an I.Italiya kommunalari siyosiy mustaqillikdan mahrum boʻldi. German zamindorlariga qarshi kurash davrida I.Italiya shaharlarida gvelflar va gibellinlarning siyosiy partiyalari vujudga keldi. 1162 yilda german bosqinchilariga qarshilik koʻrsatishning asosiy markazi boʻlgan Milan vayron qilindi. 1167 yilda Shim. I.Italiya shaharlari birlashib, "Muqaddas [[Rim]] imperiyasi" imperatorlariga zarba berish uchun Lombardiya ligasini tuzdilar. German zamindorlariga qarshi kurash italyan xalqining milliy oʻzligini anglash unsurlari paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. 1183 yil Konstansa sulhiga binoan Italiya shaharlari imperatordan haqiqiy mustaqillikni yana tiklab oldilar.
 
11-asrda Jan. Italiya va Sitsiliyani normannlar bosib olgan edi, bu yerlarda zamindorlik munosabatlari Shim. va Urta Italiyadagidan sustroq rivojlandi. 13-asrda ham yarim dehqonlarning katta qatlami bor edi. Sitsiliya qiroli va "Muqaddas [[Rim]] imperiyasi" imperatori Fridrix II Shtaufen Sitsiliyani markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirdi, oʻz xukmronligini bu-tun I.gaItaliyaga yoyishga behuda urindi. 13-asr 60-yillarda Jan. I.Italiya oʻziga Anjuy sulolasini boʻysundirib oldi. 1282 yildagi xalq qoʻzgʻoloni tufayli Sitsiliya kirolligi parchalandi. 13-asr oxiri – 14-asr boshlarida Sitsiliyani, 15-asr oʻrtalarida Jan. Italiyani ham Aragon sulolasi qoʻlga kiritib oldi. Shu tariqa I.Italiya jan. is-panlarispanlar xukmronligi ostiga oʻtdi.
 
13-asrda Italiya shaharlarining ilk rivojlanishi tufayli Shim. va Oʻrta Italiyadagi ilgʻor shaqar-davlatlarda dastlabki tovar-pul munosabatlari nishonalari vujudga keldi: bank ishi rivojlandi, dengiz orti savdosi, movut toʻqish ravnaq topdi (Florensiya, Venetsiya, Genuya, Piza, Bolonya). Bank va savdo sarmoyasidan sanoatni rivojlantirish uchun foydalanildi. Hunarmandchilikning kengayishi shahar-davlatlarning oʻziga qarashli hududlarda dehqonlarning servaj (krepostnoy qaramlik) dan ozod qilishiga imkon berdi. Deh-qonlarning koʻpchiligi shaharlarga koʻchib, ustaxonalardagi yollanma ishchilar safini toʻldirdi. Shim. va Oʻrta I.Italiya shaharlarida savdogarhunarmandlar bilan zamindorlar oʻrtasida shiddatli kurash natijasida zamindorlar siyosiy huquqlaridan mahrum boʻldilar.
 
Shim. va Oʻrta Italiya shahar va qishloklarida i. ch. kuchlarining jadal rivojlanishi tufayli 14–16-asrlarda dunyoda birinchi marta ilk tovar-pul munosabatlari paydo boʻlishi va rivojlani-shiga olib keldi. 14-asr Shim. va Oʻrta Italiyaning ayrim yirik shaharlarida yollanma ishchilar necha oʻn minglab ki-shiga yetdi, asosan movut toʻqimachiligida manufaktura paydo boʻldi. 14–15-asrlarda xalq qoʻzgʻolonlari kuchayib borishidan choʻchigan "semiz" popolanlar shaharlarda respublika idora usulini tiraniya bilan almashtirdilar. 15-asrda Florensiya, Milan, Bolonya, Ferrara, Urbino va b. joylarda tiraniya mu-stahkam qaror topdi. 16-asr 2-yarmida Italiyada reaksiya kuchayishi, mulkdorlik munosabatlarining inqirozi va savdo-sanoat munosabatlarining keng ildiz otishi Italiyada maʼrifatparvarlik oqimini keltirib chiqardi. Savdo-sanoatning rivojlanishi va maʼrifatparvarlik harakati I.Italiya tarixida yangi davr – chet el hukmronligiga qarshi kurash boshlanishiga sabab boʻldi. 1789 – 94 yillarda Fransiyada boʻlib oʻtgan inqilob Italiyadagi inqilobchilar faoliya-tini kuchaytirdi. Fransiyadagi kabi Italiyada ham yakobinchilar harakati paydo boʻldi. 1796–97 yillardagi Napoleon yurishidan soʻngI.soʻng Italiya Respublikasi (1797) tuzildi. 1799 yil A. V. Suvorov armiyasi fransuz armiyasini Italiyadan surib chikardi. Lekin 1800 yil Napoleon armiyasi I.gaItaliyaga yana bostirib kirdi. Pyemont, Liguriya, Toskana, Papa viloyatlari Fransiyaga qoʻshib olindi, Sizalpin (1802 yildan I.Italiya) Respublikasi I.Italiya qirolligiga aylantirildi (Napoleonning oʻzi imperator edi). Shunday qilib, butun I.Italiya (Sardiniya va Sitsiliya o.laridan tashkari) Fransiya qoʻl ostida birlashtirildi. 1814 yildan Italiyada Fransiya hukmronligiga karshi kurashuvchi tashkilotlar tuzila boshladi. Napoleon imperiyasi yemirilgach, Vena kongressi (1814–15) mamlakatning Avstriyaga karamligi va koʻplab qirolliklarga boʻlinganligini rasmiylashtirdi. 19-asr 40-yillaridan Lombardiya, soʻngra Pyemontda sanoat inkilobi boshlandi.
 
1848–49 yillarda inqilob sodir boʻldi. Fransiya, Avstriya hamda I.Italiya zamindorlari til biriktirib, inqilobni bostirdi, oldingi tartiblarni tikladi. 1860 yil may oyida J. Garibaldi uyushtirgan harbiy yurish Italiyani birlashtirishda muhim rol oʻynadi. Avstriya zulmidan ozod qilingan yerlar Pyemontga birlashtirildi, 1861 yildan Pyemont birlashgan I.Italiya qirolligi deb yuritildi. 1870 yilga kelib I.Italiya birlashtirib boʻlindi va u bosqinchilik yoʻlini tuta boshladi. I.Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini tuzdi (1882). I.Italiya qoʻshinlari 1889–90 yillarda Somali va Eritreyani bosib oldi, lekin Efiopiyada qaqshatqich zarbagaduch keldi. 1911 – 12 yillardagi I.Italiya turkiya urushi natijasida I.Italiya Liviyani bosib oldi. 1916 yil 27 avgavgustda .da I.Italiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. Urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Urushning ogʻir oqibatlari va iqtisodiy tanglik Italiyada gʻalayonlar boshlani-shiga olib keldi. Ayniqsa, Turin ishchilarining qoʻzgʻoloni juda kuchli boʻldi. Inqilobiy kuchlarning tarqoqligidan foydalangan aksilinqilobchi unsurlar hokimiyat tepasiga 1922 yil 31 dek.da B. Mussolinini keltirib qoʻydi. Mussolini hukumati demokratik kuchlarga qarshi kurash boshladi. 1929–33 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni I.Italiya iqtisodiyotini mushkul ahvolga solib qoʻydi. Shunga qaramay, Mussolini hukumati mamlakatni harbiylashtiraverdi va yangi urushga hozirlik koʻra boshladi. 1935 yil 3 okt.da I.Italiya urush eʼlon qilmasdan Efiopiyaga hujum boshlab, 1936 yilning may oyida uni va 1939 yilda Albaniyani bosib oldi. I.Italiya Millatlar Ittifoqidan chiqib, "Antikomintern pakti"ga qoʻshildi (1937) va gitlerchilar Germaniyasining asosiy ittifokchisiga aylandi. 1940 yil okt.da I.Italiya Gretsiyaga, 1941 yil apr.da Yugoslavi-yaga hujum qildi. 1941 yil 22 iyunda I.Italiya sobiq SSSRga urush eʼlon qildi, shar-qiy frontga italyan ekspeditsion korpusi (1942 yildan armiya)ni yubordi. Lekin 1943 yil I.Italiya qoʻshinlari sobiq Sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilindi. Sitsiliyaga Angliya-Amerika qoʻ-shinlari bostirib kirdi. Bu vokealar Mussolini siyosatining inqirozga uch-rashiga va hukumatning marshal P. Badolo koʻliga oʻtishiga sabab boʻldi (1943 yil 25 iyul). Badolo Angliya-Amerika qoʻmondonligi bilan yarash (soʻzsiz taslim boʻlish) shartnomasiga yashirincha imzo chekdi. Bundan xabardor boʻlgan Germaniya Italiyaning katta qismini bosib olib, Mussolini boshliq qoʻgʻir-choqhukumat tuzdi. 1943 yil kuzidan italyan xalqi ozodlik uchun kurash boshladi. Nihoyat, 1944 yil apr.da barcha antifashist partiyalarning vakillaridan iborat yangi hukumat (Badolo boshliq) tuzildi. Umumxalq qurolli koʻzgʻoloni natijasida 1945 yil apr.da mamlakat fashistlardan ozod boʻldi. 1946 yil 2 iyunda respublika eʼlon qilindi.
 
Italiya–1945 yildan BMT aʼzo-si. 1992 yil 10 yanv.da OʻzR suve-renitetini tan oldi va oʻsha yil 24 martda diplomatiya munosabati oʻrnatdi. Milliy bayrami – 2 iyun – Respublika eʼlon qilingan kun (1946); 1977 yildan 2000 yilgacha iyunning birinchi yakshan-basida nishonlangan.
Qator 41:
"Olgʻa, Italiya" partiyasi, 1993 yil siyosiy uyushma sifatida tuzilgan, 1996 yil partiyaga aylantirilgan; Italiya liberal partiyasi, 1848 yilda asos solingan, 1944 yilda kayta tiklangan,1994 yil martida oʻzini oʻzi tugatgan va oʻsha yil iyulda qayta tashkil etilgan; Italiya Xalq partiyasi, tugatilgan Xristiandemokratik partiya negizida 1994 yil 18 yanv.da rasmiy ravishda tuzilgan; Kommunistok qayta qurish partiyasi, 1991 yil tashkil etilgan; Italiya respublikachilar partiyasi, 1832 yildan faoliyat koʻrsatadi; Italiya sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistok partiya parchalanishi natijasida 1947 yilda tuzilgan, 1966 yilda Sotsialistok partiya bilan qoʻshilgan, 1969 yildan yana mustakil partiya; Italiya sotsialistlari, Italiya sosialistik partiyasining boʻlinishi natijasida 1994 yil tuzilgan;Italiya sotsialistok partiyasi, 1892 yilda Italiya mehnatkashlar partiyasi nomi bilan tuzilgan. Italiya umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1906 yilda tuzilgan; Italiya mexnatkashlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1948 yilda tashkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi. Italiya mehnat ittifoqi, 1950 yilda tuzilgan.
 
== XoʻjaligiIqtisodiyoti ==
Italiya – yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10 davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 31,6%, q.x. ulushi 2,9%, xizmat koʻrsatish soqasi 65,5% (1997). Italiyada 12 mln.dan ziyod aholi xizmat koʻrsatish sohasida, 6,5 mln. kishi sanoatda, 1,5 mln. kishi q.x.da band.
 
Sanoatida ogʻir sanoat ustun. Jumladan, mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, elektroenergetika, neftni kayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Sanoat mahsulotining anchagina qismi eksport qilinadi. Italiyada xom ashyo va energetika zaxiralari kam, borlari ham notekis joylashgan. Neft va gaz (asosan, Padan tekisligi, Po daryosi etaklari, Adriatika dengizi sohiliga yaqin joylar va Sitsiliya o.da), qoʻrgʻo-shin, rux (asosan, Sardiniya o.da), temir rudalari (Aostada va Sardiniya o.da), boksit, kinovar (simob ruda-si), pirit (Toskana viloyatida), ol-tingugurt, tuz (Sitsiliya o.da), qoʻngʻir koʻmir, binokorlik materiallari va b. qazib olinadi. Issiklik elektr stansiyalari elektr energetikaning asosini tashkil etadi. Atom elektr styalari va geotermal stansiyalar qurilgan. Yiliga oʻrtacha 222 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida, shuningdek, Pombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya, Bolsa-no, Mori, Milan sh.lari va Sardiniya o.da joylashgan. Neftni qayta ishlash korxonalari (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), asosan, dengiz sohilidagi joylar (Genuya, Neapol, Venetsiya, Spetsiya, Augusta)da va neft mahsulotlari eng koʻp ishlatiladigan shaharlar (Milan va b.)da. Sanoatning yetakchi sohasi boʻlgan mashinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik (Turin), kemasozlik (Genuya, Livorno, Neapol, Venetsiya, Triyest), stanoksozlik (Milan, Breshna, Turin), priborsozlik (Ivrea), elektrotexnika (Milan, Varese, Bergamo, Turin, Genuya) va elektron (Milan atrofi) sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, maʼdanli oʻgʻit, sunʼiy tola, farmatsevtika va rezina mahsulotlari, sintetik kauchuk i.ch. yuqori darajaga yetgan. Lombardiya va Pyemont – anʼanaviy toʻqimachilik markazlari. Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari – un, makaron, pishloq, qand-shakar, kon-serva, zaytun yogʻi, uzum vinosi (yiliga 70 mln. gektolitr) i.ch.dir. Yengil sanoat, xususan, poyabzal i.ch. rivoj topgan. Hunarmandchilikka ayniqsa katta eʼtibor beriladi.
 
Qishloq xoʻjal i gi ningxoʻjaligining yetakchi tarmoklari – dehqonchilik (58%) va chorvachilik (42%). Unumdor yerlarning 34,3% (19,6 mln. gektar) haydalib, ekin ekiladi, 11% bogʻ, tokzor va zay-tunzor, 19,2% maysazor va yaylov. Asosiy don ekinlari – bugʻdoy, makka-joʻxori, suli, arpa, sholi. Qand lav-lagi, uzum, zaytun, sitrus mevalar va sabzavot ham yetishtiriladi. Vino i.ch. hajmi jihatidan I.Italiya dunyoda yetakchi oʻrinlardan birida turadi. I.Italiya yiliga 6 mln. tonnaga yaqin turli xil hoʻl meva beradi, uning salkam 60% mamlakat shim.dagi ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. Jan. viloyatlarda bodom, yongʻoq, fundukzorlar koʻp. Uzum hosili yiliga 10 mln. tonna (uning 90% kayta ishlanib, vino qilinadi), sitrus mevalar xrsili yiliga 3,3 mln. tonna, pomidor hosili 5,5 mln. tonna. Chorvachiliqsa qoramol (8,8 mln. bosh), choʻchqa (9,6 mln. bosh) va qoʻy (12,2 mln. bosh) boqiladi. Mamlakat shim.da sut va goʻsht chorvachiligi ustun. Baliqchilik yaxshi rivojlangan.
 
== Transporti ==
Yoʻlovchilarning 90% dan koʻprogʻi, yuklarning 80% dan ortigʻi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. –304 ming km, temir yoʻl uz. – 19,6 ming km. Chetga yuboriladigan va chetdan olinadigan yuklarning aksariyati dengiz transporti orqali tashiladi (eksport kjlarining 60–65%, import yuklarining 80-90%). Asosiy dengiz portlari: Genuya, Triyest, Venetsiya, Neapol.
 
I.Italiya – xalqaro sayyohlikning eng katta markazlaridan biri (yiliga 50 mln.dan koʻproq sayyoh kelib ketadi).
 
== Tashqi savdosi ==
I.Italiya iqtisodiyoti koʻp jihatdan tashqi savdoga bogʻliq. I.Italiya chetga sanoat mashina-uskunalari, transport vositalari, yozuv va hisob mashinalari, kimyo va q.x. mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, neft mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan neft, koʻmir, temir rudasi, qora va rangli metallar, paxta, shuningdek, mashinalar, yogʻoch, qogʻoz, oziq-ovqat keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa iqtisodiy hamja-miyati mamlakatlari, AQSH, Rossiya. Pul birligi – lira.
 
== Tibbiy xizmati ==
Italiyada davlat davolash muassasalaridan tashqari xususiy shifokorlik ham keng tarqalgan. Shifokorlar un-tlarning 27 tibbiyot ftida tayyorlanadi. Kurortlar, ayniqsa, maʼdanli suv va loy-balchikdar vositasida davolovchi sanatoriy koʻp. Eng mashhurlari: Montekatini-Terme, Fyuji, Salsomajore, Kastellammare-di-Stabiya, AbanoTerme, Kapri.
 
== Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari ==
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Italiyadagi zamonaviy xalq taʼlimi tizimi 19-asrning 2-yarmidan tarkib topa boshlagan. 1859 yilda 6–9 yoshdagi bolalarning majburiy taʼlimi toʻgʻrisida qonun (Kazati qonu-ni) qabul qilingan edi. Italiyada 6–14 yoshdagi bolalar uchun majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga, asosan, diniy tashkilotlar taʼminotidagi xususiy maktablar ham mavjud. Xalq taʼlimi tizimiga quyidagilar kiradi: 3–5 yoshli bolalar uchun majburiy boʻlmagan maktabgacha tarbiya muassasalari, majburiy maktablar (6– 11 yoshli bolalar uchun 5 yillik boshlangʻich va 3 yillik quyi oʻrta maktab), majburiy maktab negi-zidanegizida oʻrta umumiy taʼlim va hunar taʼlimi beradigan toʻliqoʻrta umumiy taʼlim maktablitseylari (5 yil taʼlim beradigan mazkur oʻquv yurtini bitirganlar un-tga kirish huquqini oladi), oʻrta ped. oʻquv yurtlari (boshlangʻich maktab muallimlarini tayyorlovchi 4 yillik oʻqituvchilar in-tlari va maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilarini tayyorlovchi 3 yillik ped. maktablari), hunar oʻquv yurtlari (malakali ishchilarni tayyorlovchi 3 yillik hunar in-tlari, oʻrta texnika maʼlumotli xodimlarni tayyorlovchi texnika in-tlari), oʻrta badiiy va musiqa oʻquv yurtlari, oliy oʻquv yurtlari (un-t va oliy maktablar). Italiyada 27 ta un-t, 50 dan ortiq davlat va xususiy oliy maktablari hamda xususiy un-tlar bor. Yirik un-tlari: Bolonya un-ti, [[Rim]] unti, Neapol un-ti, Milan, Bari, Genuya va b. shaharlardagi un-tlar. Italiyada 150 yirik kutubxona, jumladan, [[Rim]]da 31, Milanda 19, Neapolda 19, Florensiyada 9, Turinda 6 kutubxona bor. 170 dan ortiq muzey va rasm galereyalari mavjud. Eng mashhurlari: [[Rim]]dagi Milliy muzey, Julia muzeyi va villasi, Borgeze muzeyi va galereyasi, antik sanʼat galereyasi, zamonaviy sanʼat milliy galereyasi, Florensiyadagi Milliy muzey, arxeologiya muzeyi, rasm galereyasi (jumladan, Uffitsi galereyasi), Messina, Neapol, Palermo, Peruja, Venetsiyadagi muzeylar.
 
Tadqiqotlar milliy kengashi (1923) atom energiyasi masalalaridan tashqari barcha fan sohalarini boshqaradigan va unga rahbarlik qiladigan asosiy davlat tashkilotidir. Unga i.t. institut va tadqiqot markazlari, lab. lar boʻysunadi. Kengash Italiyaning xalqaro ilmiy aloqalarini amalga oshiradi. Atom energiyasi Milliy komiteti atom energiyasi sohasidagi tadqiqot ishlarini boshqaradi. Italiyada bir necha akademiya, jumladan, Dei Linnei milliy akademiyasi, Milandagi tabiiy fanlar va adabiyot akademiyasi (1803), Palermo, Turin, [[Rim]] va b. shaharlarda Tibbiyot FAlari bor. Un-tlar qoshida ilmiy muassasalar ishlaydi. Yadro fizikasi milliy in-ti mamlakatda shu sohada olib boriladigan barcha tadqi-qot ishlarini birlashtiradi. 20 dan ziyod in-tda q.x. fanlari sohasida tad-qiqot olib boriladi. Sogʻliqni saklash vazirligi biol., kimyo, farmakologiya, gigiyena va b. sohalardagi ishlarni na-zorat qilib turadi. Italiyada ayrim xalqaro tadqiqot markazlari – Neapolda Genetika va biofizika in-ti, Triyestda Nazariy fizika markazi, Ud ineda Mexanika markazi, Isprada Yadro tad-qiqotlari markazi mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Italiyada bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Eng yiriklari: "Messajero" ("Xabarchi", kundalik gaz., 1878 yildan), "Korryere della sera" ("Kechki xabarnoma", kundalik gaz., 1876 yildan), "Stampa" ("Matbuot", kundalik gaz., 1868 yildan), "Diskussio-ne" ("Bahs", haftalik jur., 1953 yildan), "Mondo operayo" ("Ishchi dunyo-si", haftada 2 marta chiqadigan jur., 1948 yildan), "Panorama" (haftalik jur., 1962 yildan), "Unita" ("Birlik", kundalik gaz., 1924 yildan), "Repubbli-ka" ("Respublika", kundalik gaz., 1976 yildan). Italiyada 1924 yildan radioeshittirish, 1954 yildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi. I.Italiya radioeshittirish va tele-koʻrsatuvlartelekoʻrsatuvlar xizmati – RAI-TV 1924 yilda tashkil etilgan. Ajensiya Natsionale Stampa Assochata (ANSA) axborot agentligi 1945 yildan, Ajensiya Jornalistika Italia (AJI) axborot agentligi 1950 yildan beri ishlaydi.
 
Adabiyotining ilk namunalari oʻrta asrlarda lotin tilida yaratilgan (asosan, liniy qasidalar, afsonalar, voqeiy qissalar toʻqilgan). Italyan adabiyotida antik yunon va rim adabiyoti anʼanalari va sharq madaniyatining taʼsiri kuchli boʻlgan. 12–13-asrlarda xalq tilida diniy va dunyoviy adabiyot namunalari ("Novellino", "Yetti do-nishmand kitobi" va b.) yaratildi. 13-asrda tashkil topgan "Yoqimli yangi us-lub" falsafiy sheʼriyat maktabi namoyandalari (G. Gvinitselli, G. Kavalkanti, Chino da Pistoya, D. Freskobaldi) chin muhabbatni kuyladilar. I.Italiya adabiyotining buyuk vakili Dante ijodi shu maktab taʼsirida shakllan-di va rivoj topdi. Uning ijodi italyan adabiyoti va adabiy tilini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Italiyada gumanistik dunyokarash va yangi adabiyot erta vujudga keldi. F. Petrarka, J. Bokkachcho, L. Ariosto va b. adiblar istibdodni, diniy jaholatni fosh etdilar. U rta asrlarda Italiyada komediya janri rivojlandi. Bu janrda B. Bibbiyena, N. Makiavelli, P. Aretino ajoy-ib asarlar yaratishdi.
 
16-asr boshlarida milliy adabiy til shakllandi, adabiyotda gumanistik dunyoqarash hukmronlik qildi, yangi adabiy janrlar paydo boʻldi. Ammo 16-asr 2-yarmida mamlakatda roʻy bergan umumiy tanazzul taʼsirida reaksiya kuchaydi. Mikelanjelo Buonarroti, J. Bruno, T. Tasso va b. adiblar gumanizm anʼanalarini davom ettirdilar. 17-asrda formalistik oqimlar, barokko uslu-bi qaror topdi. 18-asrda "niqoblar ko-mediyasi"ninghimoyachisi K. Gotssi yangi asarlari bilan maydonga chikdi. K. Goldoni milliy realistik komediya janri nazariyasini va oʻnlab ajoyib komediyalarni yaratdi.
 
18-asr oxiri va 19-asr boshlarida I.Italiya adabiyotida inqilobiy klassitsizm oqimi ustunlik qildi. V. Alfyeri jangovar tragediyalar ("Brut I", "Brut II", "Saul" va h.k.) yaratdi. Napoleon yurishlari davrida vatanparvarlik ruhidagi adabiyot yuzaga keldi (U. Foskoloning roman, tragediyalari). A. Mandzoni romanlari ("Ozodlik tantanasi", "Beshinchi may" va b.)da mehnatkash xalq vakillarining mardonavor kura-shi, shoir J. Leopardi asarlari ("Italiyaga", "Axloqiy lavhalar" kabi toʻp-lamlar)da I.Italiya xalqining musibatli qayoti tasvirlandi. 19-asr 30-yillaridan adabiyot milliy ozodlik kurashi goyalarining targʻibotchisi boʻlib xizmat qildi. Budavrda, ayniqsa, tarixiy roman, romantik drama, sheʼriyat keng rivoj topdi.
 
I.Italiya milliy mustaqillikka erishgandan soʻng ham adabiyotda milliy ozodlik uchun kurash anʼanalari davom etdi (R. Jovanolining "Spartak" romani va b.). Verizm (I.Italiya naturalizmi) oqimining namoyandalari – J. Kaduchchi, J. Verga, M. Serao, G. Deledda, L. Pi-randello va b. oʻz asarlarida mehnat-kash xalq hayotini haqqoniy aks ettirdilar. 19-asr oxirlarida I.Italiya adabiyotida tushkunlik ruhidagi neoromantizm, futurizm oqimlari paydo boʻldi. Birinchi jahon urushidan keyin mamlakatda fa-shistlar diktaturasi oʻrnatilgach, de-mokratik adabiyot va matbuot taqiqlanib, fakat "sof sanʼat" ruhidagi asarlar nashr etildi. 30-yillar oxiridan I.Italiya demokratik adabiyoti yana rivojlana boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Qarshilik koʻrsatish harakati milliy madaniyat va adabiyot rivojiga madad berdi.
 
Urushdan keyingi yillarda I.Italiya adabiyotida bir qator yosh shoir va adiblar (I. Kalvino, M. Venturi, J. Vas-sani, D. Pea va b.) paydo boʻldi. Neorealizm yetakchi oqimga aylandi. 60–90 yillarda realistik adabiyot yangi bosk,-ichda rivojlandi. Uning yirik vakillari – V. Pratolini, A. Moravia, I. Kalvino, L. Shashi, M. Venturi, L. Malebra, S. Kvazimodo, E. Montale, D. Fo va b. I.Italiya adabiyoti rivojiga sal-mokli hissa qoʻshdilar. K. Goldoni ("Ikki boyga bir malay"), K. Gotssi ("Baxtli gado"), R. Jovanoli ("Spartak"), Sh. Perro ("Qizil qalpoqcha"), J. Rodari ("Salom bolalar"), Dante, J. Bokkachcho va b.ning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
== Meʼmorligi ==
Etrusklar va Qad. [[Rim]] meʼmorlik ansambllari va uy-joy binolari Italiyaning eng kad. meʼmoriy obidalaridir (qarang [[Rim]]). Ilk oʻrta asrlardan [[Rim]]dagi bazilika (Santa-Mariya Majore, 5-asr, Santa Ane[[ssa]], [[7-a]].,) va markazi gumbazli cherkovlar (San-Stefano Rotondo, 5-asr), shuningdek, Ravenna yodgorliklari majmuasi va b. yodgorliklar saklangan. 11 –13-asrlarda roman uslubida barpo qilingan binolar vujudga keldi (Milandagi Sant-Ambrojo bazilikasi, 11-asr, Aretssodagi Santa-Mariya della Pove cherkovi, 12-asr va b.). Ayrim insho-otlarda Vizantiya meʼmorligining taʼsiri seziladi (Venetsiyadagi avliyo Mark sobori, 11-asr, Palermodagi sobor). 11 –12-asrlarda Pizadagi sobor maydoni majmuasi kad. meʼmorlik anʼanalari uslubida barpo etilgan. Shaharlarning tez surʼatlar bilan rivojlanishi mahobatli diniy-maʼmuriy binolar bilan bir qatorda shahar devorlari, darvoza, minora, turar joy binolari, ratushalar qurishni ham taqozo etdi. 13–14-asrlarda gotika rivoj top-di (Milan, Orvyeto, Florensiya soborlari). Katta shaharlar vujudga kela boshlagach, qurilishning yangi tamo-yillari paydo boʻldi (jamoat va mada-niyat binolariga alohida ahamiyat bilan qarala boshladi). B. Mikelanjelo, D. Bramante, J. Vinola va b. atokli meʼmorlar [[Rim]] va Venetsiyada mahrbatli binolar barpo qildilar. Barokko meʼmorlari (16-asr) koʻp shaharlarda badavlat xonadonlar uchun ulkan ansambllar, shaxsiy qoʻrgʻonlarni xiyobonli, kolonnadali va favvorali qilib qurdilar. Binolarning hashamiga, saloba-tiga alohida ahamiyat berildi (L. Ber-nini, F. Borromini). [[Rim]]dagi avliyo Pyotr sobori bilan Navon maydoni (16– 17-asrlar) goʻzal meʼmoriy ansambllardan hisoblanadi. 18-asrdan klassitsizm rivoj topib, bu uslub Milan va Neapol sh.laridagi ansambl va teatr bi-nolarida iz krldirdi. 20-asrda modernizm (Turindagi koʻrgazma zali), neoklassitsizm ([[Rim]]dagi sport markazi), 60-yillardan esa organik meʼmorlik ta-moyillari shakllandi. Zamonaviy maʼ-muriy inshoot va binolar qurishda sathning kengligi va qulayligiga, yangicha yechimlarga alohida ahamiyat berildi ([[Rim]]dagi Termini vokzali, sport saroyi, Paduyadagi I.Italiya banki binosi).
 
== Tasviriy sanʼati ==
I.Italiya hududidagi eng qad. yodgorliklar paleolit va neolit davrlariga mansub (Apuliyadagi qoya rasmlari, Liguriya va Emiliyadagi ayollar haykalchalari). Jez davrida (mil. av. 2ming yillikning 2-yarmi) badiiy sopol buyumlar yasaldi. Mil. av. 8– 2-asrlardan etrusklar yodgorliklari maʼlum. Mil. av. 8–6-asrlardan I.Italiya Kds. Yunon, mil. av. 5-asrdan mil. 5-asrgacha Kdd. [[Rim]] madaniyati va sanʼatini shakllantirish markazlaridan biriga aylandi. Oʻrta asrlarda diniy afsonalar asosidagi asarlar paydo boʻldi. Venetsiya va Sitsiliyada Vizantiya sanʼatiga yaqin mozaika rasmlari yaratildi. 12-asr oxiridan boshlab diniy dastgoh rassomligi va diniy ruxdagi manzarali haykaltaroshlik tarqaldi. 13–14-asrlarda Florensiya, Piza, Siyena va b. shaharlar sanʼatida realistik tamoyillar rivoj topa boshladi. 15-asrdan Uygʻonish davri realistik sanʼati taraqqiy etdi. Rassomlar tabiatga, insonga koʻproq murojaat qila boshladilar: Rassom va haykaltaroshlar anatomiya va optikani ilmiy asosda oʻrganib, ajoyib sanʼat namunalarini yaratdilar (Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafael, Jorjone, Titsian va b.). 15–16asrlarda moyboʻyoq rassomligi, gravyura, amaliy bezak (mebel, keramika, zargarlik), teatr dekoratsiyasi sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarildi. 16-asr oxiri va 18-asrda serhasham va dabdabali barokko uslubi (haykal-tarosh L. Bernini, rassomlardan Pyetro da Kortona, L. Jordano) qaror topdi. 16-asr oxirlarida paydo boʻlgan akademizm (aka-uka Kar-rachchi) va manyerizm (haykaltarosh B. Chellini va rassomlar F. Parmijani-no,.A. Bronzino) sanʼati hukmronlik qildi. 18-asr Venetsiya rassomligida (J. B. Tyepolo, A. Kanaletto, F. Gvardi) hayotiy kuzatishlar kuchliligi bilan koʻzga tashlanadigan mazmundor asarlar yaratildi. 18-asr 2-yarmida klassitsizm (A. Ka-nova) va romantizm (F. Ayes, D. Mo-relli) vujudga keldi, keyinchalik maishiy janr va manzara rassomligi rivojlandi. Haykaltarosh V. Vela, rassomlardan J. Fattori, T. Sinorini, S. Lega, J. Segantini va b. mehnatkash xalq hayoti, ozodlik uchun kurash mavzularida ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin syurrealizm, abstrakt sanʼat avj olib ketdi. Lekin didsizlik va formalizmning bu ashaddiy namunalariga qarshi kurashda realistik sanʼat namoyandalarining ijodi kamol topdi. Haykaltaroshlardan F. Mes-sini, J. Mansu, rassom R. Guttuzo, G. Mukki, K. Levi, K. Meloni va ularning izdoshlari italyan xalqining real his-tuygʻularini, mehnatini, hayotini ifodalovchi asarlar yaratdilar.
 
== Musiqasi ==
I.Italiya – mashhur ashulachilar, opera, zamonaviy nota yozuvi va fortepiano vatani. Uvertyura, simfoniya, kantata va b. musika janrlari Italiyada yara-tilgan. Barkarola, gondolyera, frotol-la, vilanella kabi qoʻshiq turlari, galyarda, sitsiliana, tarantella raqslari folklor asosida paydo boʻlgan. Xalq musiqasining boy manbalari cherkov va I.Italiya professional musiqasiga zamin boʻlgan. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa rivojlandi. 14-asrda Are Nova maktabi, 15–16-asrlarda musika akademiyalari yuzaga keldi. 16–17-asrlarda vokal-cholgʻu musiqaning oratoriya, kantata singari yangi turlari paydo boʻldi. Florensiya va Neapolda gomofoniya uslubi taraqqiyoti taʼsirida opera sanʼati shakllandi. Ya. Perining "Dafna" (1594) operasi mazkur janrning ilk namunasidir. K. Monteverdi tarixda birinchi boʻlib ommaviy opera teatrini ochdi (1637). 18-asrda opera va milliy ashula sanʼati keng rivojlandi, belkanto uslubi paydo boʻldi. Florensiya, Bolonya, Neapol teatrlarida J. Pergolezi, A. Salyeri, J. Paiziyello va b.ning rang-barang operalari sahnalashtirildi. 18-asrda buff opera shakllandi, yangi opera teatrlari ochildi. A. Vivaldi, D. Skarlatti, J. Tartini kabi sozanda kompozitorlar konsert, sonata janrlariga asos soldi. N. Paganini oʻzining noyob ijrochilik mahorati va romantik asarlari bilan mashhur. 19-asr opera sanʼati ijtimoiysiyosiy karashlar taʼsirida rivojlandi. J. Rossini, V. Bellini, G. Donitsetti, J. Verdi operalarida xalqning ozodlikka intilishi oʻz ifodasini topdi. 19-asr oxirida R. Le-onkovallo, Sh. Puchchini va b. kompozitorlarning operalarida hayotni haq-qoniy ifodalashga yoʻnalgan verizm uslubi yuzaga kelgan. O. Respigi, A. Kazella va b.ning ijodida musiqiy impressionizm hamda neoklassitsizm uslublari rivoj topgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng I.Italiya musiqasida tinchlik, ozodlik uchun, fashizmga karshi kurash mavzulari muhim oʻrin oldi. 50-yillardan avangardizm taʼsiri kuchaydi. L. Dalla-pikkola, L. Berio, L. Nono asarlarida ichki ziddiyat oxanglari yangraydi, yuksak gʻoyaviy ifoda vositalarining murakkabligi, toʻqimaliligi bilan qoʻshilib ketadi.
 
Zamonaviy italyan kompozitorlari orasida R. Vlad, J. F. Gedini, I. Montemetssi, G. Petrassilar alohida ajralib turadi. Mashhur dirijyorlari: A. Toskanini, P. Arjento, V. De Saba-taSabata, G. Kantelli, V. Ferrero, K. Sekki, K. Abbado; xonandalari: J. Simonato, R. Skotto, A. Stella, R. Tebaldi, J. Bekki, T. Gobbi, E. Karuzo, M. Del Monako, L. Pavarotti va b. Teatrlaridan "La Skala" (Milan), "San-Karlo" (Neapol), "Feniche" (Venetsiya), [[Rim]] operasi va b. jahonga mashhur. 1970-yillardan I.Italiya estrada sanʼati namoyandalari jahon miqyosida tanilgan (T. Kutuno, A. Chelentano, A. va R. Pauer, J. Morandi, R. Kara, Pupo, R. Fogli, F. Papetti va b.). Yangi musika korporatsiyasi (1923 yildan), Musiqashunoslar jamiyati, 14 ta konservatoriya, koʻpgina musiqa litseylari, maktablari, ilmiy in-tlari (jumladan, Verdi merosini oʻrganish in-ti) bor. Venetsiya, Florensiya, Verona kabi shaharlarda har yili musiqa festivallari oʻtkaziladi.
 
Oʻzbekiston teatrlarida I.Italiya kompo-zitorlarikompozitorlari (J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, R. Leonkavallo, V. Bellini va b.)ning operalari ("Sevilya sar-taroshi", "Traviata", "Rigoletto", "Aida", "Otello", "Chiochio-San", "Masharabozlar", "Luchiya de Lamermur" va b.) muvaffaqiyatli sahnalashtirilgan.
 
Teatr sanʼatining kurtaklari xalq marosimlari, karnaval bayramlari va oʻyinlariga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda katolik cherkoviga manzur boʻlgan liturgik drama, misteriya, lauda janrlari ustun edi. Uygʻonish davrida dunyoviy pyesalar, komik janr rivojlandi. 16–18-asrlarda professional teatr vujudga keldi, sahnalarni dekoratsiya bilan bezash tartib-qoidalari ishlab chiqildi. Xalq ijodi taʼsirida "niqoblar komediyasi" rivoj topdi. 18-asrda teatr sanʼatiga maʼrifatparvarlik gʻoyalari singdirildi. K. Goldonining dramaturgiyadagi isloqotchilik faoliyati katta roloʻynadi. 18-asr oxirlarida inqilobiy harakatning avj olishi natijasida jahon dramaturglari ning eng yaxshi asarlari sahnalashtirildi. E. Rossi, T. Salvini, E. Duze, A. Ristori kabi atoqli artistlar yeti-shib chikdi. 19-asrda va 20-asr boshlarida I.Italiya adabiyotidagi, ayniqsa dramaturgiyadagi oqim va tamoyillar teatrda oʻz ifodasini topdi. Fashistlar diktatu-rasidiktaturasi yillarida I.Italiya teatri butunlay tush-kunlikka uchradi. Fashizm tor-mor etilgach, demokratik kuchlar taʼsirida I.Italiya teatri yana jonlandi. L. Viskonti, E. De Filippe, J. Streler, L. Sku-arsina gumanistik ruxdagi asarlarni sahnalashtirdi. Dastlabki doimiy teatr ("stabile")lar vujudga keldi. [[Rim]], Milan, Genuya, Turin teatrlari jahon klassikasi va mahalliy mualliflarning asarlarini koʻrsata boshladi. Kuchma truppalar ham mavjud. V. Gasman, J. Le Lullo, F. Dzefirelli kabi rejissyorlar, A. Proklamer, G. Mauri, P. Stoppa, V. Marikoni va b. aktyorlar mashhur.
 
== Kinosi ==
1895 yil "Milan vokzaliga kelgan poyezd" nomli birinchi hujjatli film (rejissyor I. Pakkoni) yaratildi. 1901 i. Florensiya va [[Rim]]da dastlabki kinoteatrlar ochildi. Ammo 1904 i. Turinda hujjatli-xronika filmlari studiyasi ochilganidan keyin ha-qiqiy italyan kinematografiyasi vujudga keldi. 1905 yilda F. Alberini bilan D. Santoni [[Rim]]da oʻz kinostudiya-sini tashkil etdi (1906 yildan u "Chi-nes" deb atala boshladi). 1905–06 yillardan Turin va Milandagi kinofirmalar badiiy filmlar i.ch.ga kirishdi. 1905 yilda "Chines" ommaviy sahnalarga boy boʻlgan birinchi italyan filmi – "[[Rim]]ning ishgʻol qilinishi", soʻng-ra Italiyaning birlashtirilishiga bagʻishlangan turkumli kartinalarni yaratdi. 1909–10 yillarda "Kitilina", "Makbet", "Anita Garibaldi", "Don Karlos", "Otello", "Beatriche Chenchi" va b. filmlar ekranga chiqarildi. I.Italiya kinosi 1913 yilda yuksak pogʻonaga koʻtarildi, uning 497 filmi xorijiy kino bozorini toʻldirib yubordi. Bu davrda M. Kazerini, E. Benchivenga, D. Le Liguoro, E. Guatssioni, L. Maji, B. Negroni, D. Pastrone kabi rejissyorlar ijod qildilar. Fashistlar xukmronligi davrida (1922–43) I.Italiya kino sanʼati natsizmning tashvikrt vositasiga aylandi. Shunga karamay, A. Blazetti va M. Kamerini suratga olgan filmlarda I.Italiya hayotidagi illatlar fosh qilindi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng I.Italiya kino sanʼatida haqiqiy voqelikni aks ettiradigan progressiv yoʻnalishdagi filmlar yaratila boshladi. L. Viskonti, J. D. Santis, P. Jermi, Ch. Dzavet-tiniDzavettini, E. de Filippo va b. I.Italiya xalqining fashizmga qarshi kurashini, oddiy insonning hayotini kinotasmalarda real aks ettirdilar ("[[Rim]], soat II", "Zaytunlar ostida tinchlik yoʻq", "Chochara" va b.). Keyingi yillarda "Ita-lyancha nikoh", "Italyancha ajralish", "Har kimniki oʻziga...", "Sakko va Van-setti", "Ular Sharqqa boradilar", "Kungaboqar" kabi filmlar yaratildi. Italiyadagi 40 dan ortiq kinofirma yiliga 200 dan ziyod film ishlab chiqaradi. Kinoaktyorlar orasida A. Manyani, J. Mazina, S. Loren, J. Lol-labrijida, K. Kardinale, S. Sandrelli, M. Mastroyanni, J. M. Volonte, F. Nero, A. Sordi, U. Tonyassi, M. Vitti, M. Plachido va b. mashhur. 1970–90 yillardagi eng yaxshi filmlardan "Peshayvon" (rejissyor E. Skola), "Gul ki-shining fojiasi" (rejissyor B. Bertoluchchi), "Ayollar shahri" (rejissyor F. Fellini), "Uch oga-ini" (rejissyor F. Rozi)ni koʻrsatish mumkin.
 
== Oʻzbekiston – Italiya munosabatlari ==
Qator 118 ⟶ 120:
 
== Iqtisodiyoti ==
Xalqaro Valyuta Fondining ma'lumotlariga ko'ra 2006 yil Italiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 1.852.585 AQSh dollarni tashkil qilgan va bu ko'rsatkich jahon mamlakatlari orasida 7-o'rinni egallaydi. Iqtisodiyotni strukturaviy jihatdan sanoat mahsulotlari 29%, xizmatlar 69% va qishloq xo'jaligi 3% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining ma'lumotiga ko'ra Italiya 2004 yilda sanoat mahsulotlari eksporti bo'yicha 6-o'rinni egallagan. Shimolda kapitalistik iqtisodiyot sanoatga ixtisoslashgan xususiy kompaniyalardan tashkil topgan bo'lsa, janubiy qismlarda qishloq xo'jaligi rivojlangan. Italiyada Mafiya mamlakat iqtisodiyotida katta ulushga ega, va bu 127 milliard AQSh dollarini tashkil etadi; uyushgan jinoyatchilik Italiya YaIMning 7% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning katta qismi va energiya tashuvchilarining qariyb 75% import qilinadi. So'nggi o'n yillikda Iqtisodiyot va Valyuta Ittifoqi talablariga binoan Italiya qattiq fiskal siyosat olib bordi va kichik inflyatsiya ko'rsatkichiga ega bo'ldi. 1999 yil Evro tadbiq etilishi bilanoq Italiya uni qabul qildi.
Xom ashyoning katta qismi va energiya tashuvchilarining qariyb 75% import qilinadi. So'nggi o'n yillikda Iqtisodiyot va Valyuta Ittifoqi talablariga binoan Italiya qattiq fiskal siyosat olib bordi va kichik inflyatsiya ko'rsatkichiga ega bo'ldi. 1999 yil Evro tadbiq etilishi bilanoq Italiya uni qabul qildi.
 
== Manbalar ==