Boʻzsuv: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 4:
[[File:Впадение Актепы в Бозсу.JPG|thumb|250px|left|Quyi Bo‘zsuv kanali va [[Oqtepa kanali]] (chap tomonda)]]
[[File:Нижний Бозсу.JPG|thumb|250px|Quyi Bo‘zsuv kanali [[Yangiobod qishlog‘i]] yaqinda]]
'''Boʻzsuv''' — [[Chirchiq (daryo)|Chirchiq]] daryosidan chiqarilgan qadimgi [[kanal (suv yoʻli)|kanal]]. B.Boʻzsuv Chirchiqning oʻng sohilidagi qadimgi [[terrasa|terassa]]lar boʻylab shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga tomon yoʻnalib, [[Toshkent viloyati]] [[Qibray tumani|Qibray]], [[Zangiota tumani|Zangiota]] va [[Yangiyoʻl tumani|Yangiyoʻl tumanlari]], [[Toshkent]] shahri hududi, shuningdek [[Qozogʻiston]] Respublikasi yerlaridan oʻtib, [[Chinoz]] yaqinida [[Sirdaryo]]ga quyiladi. Uz. 159 km. Boshlanishi qismida suv sarfi 310 m³/sek, 10[[Gidroelektrik stansiya|GES]]dan quyida 110 m³ (ortiqcha suv Chirchiq daryosiga tashlanadi). B.ningBoʻzsuvning oʻzani egribugri, kengligi 10–20 m. Quyi oqimida 30 m gacha chuqur dara hosil qilgan. B. danBoʻzsuvdan har ikki tomonga suv sarfi 0,5 m³/s dan 35 m³/s gacha boʻlgan, irrigatsiya va sanoat uchun moʻljallangan kattakichik 23 kanal chiqarilgan. Eng yiriklari: oʻng sohil [[Qorasuv kanali|Qorasuv]], [[Salor]], [[Kaykovus arigʻi|Kaykovus]], [[Anhor]], Iskandar, Yuqori Toshkent, [[Joʻn kanali|Joʻn]], Kurkuldak, Niyozboshi, [[Shimoliy toshkent kanali|Shimoliy Toshkent kanallari]], Boʻrjar tashlamasi. Salor, Kaykovus, Qorasuv va Anhor Toshkent shahridan oʻtib, shaharni suv bilan taʼminlaydi. B.Boʻzsuv va undan chiqarilgan kanallarning umumiy uz. 400 km dan oshadi. B.Boʻzsuv suvi bilan Toshkent viloyati Zangiota, Qibray, Yangiyoʻl tumanlari va Qozogʻistonning [[Chimkent]] viloyatidagi 140 ming ga yer suv bilan taʼminlanadi.
 
1936 yilgacha Chirchikdan suvni Baytqoʻrgʻon qishlogʻidan yuqoridagi Yumaloqtepa suv boʻlgichidan olgan, suv sarfi 90 m³ boʻlib, taxminan 65 ming ga yerni sugʻorgan.<ref>[https://daryo.uz/2014/03/21/toshkentdagi-bozsuv-anhor-kanali-boyida-bunyodkorlik-ishlari-olib-borilmoqda/ Boʻzsuv kanalining rekonstruksiyasi boʻyicha ishlar]</ref> 1940 yilda yangi GESlar qurilishi munosabati bilan [[Gʻazalkent gidrouzeli|Gʻazalkent]] yaqinida Chirchiq daryosiga bosh toʻgʻon qurildi va kanalga suv daryodan chiqarilgan derivatsion kanal orqali olinadigan boʻldi. 1926—54 yillarda B.Boʻzsuv kanalida 16 GES ([[Oqqovoq geslari|Oqqovoq2, Oqqovoq3]], Qodriya, [[Salor ges|Salor]], [[Boʻzsuv ges|Boʻzsuv]], [[Shayxontohur ges|Shayxontohur]], [[Boʻrjar GES|Boʻrjar]], [[Oqtepa ges|Oqtepa]], [[Quyi boʻzsuv geslari kaskadi|Quyi Boʻzsuv1,2,3,4,6Boʻzsuv]] va boshqalar)dan iborat [[Chirchiq-boʻzsuv suvenergetika trakti|ChirchiqBoʻzsuvChirchiq-Boʻzsuv gidroenergetika kaskadi]] barpo qilingan. Oʻzbekistondagi birinchi GES—Boʻzsuv GES shu kanalda qurilib, ishga tushirilgan (1926). Kanalda GESlardan tashqari suv toʻsuvchi qurilmalar, nasos stansiyalari, suv oluvchi inshootlar, ostonali sharsharalar va boshqa muhandislik inshootlari qurilgan (kanal sxemasiga q.).
 
[[Oʻzbekiston]] Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin B.daBoʻzsuvda, jumladan 1995—2000 yillarda uning Anhor tarmogʻida oqimni tartibga solish, qirgʻoqlarni mustahkamlash va sohil boʻylarini obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi.
 
Sharif Hamdamov.
== Manbalar ==
{{manbalar}}
== Adabiyotlar ==
* Hamdamov, Sharif. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
{{Commonscat|Bo‘zsuv Canal}}
Qator 20 ⟶ 18:
 
[[Turkum:Oʻzbekiston geografiyasi]]
 
 
{{hydro-stub}}