Xorazm viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 78:
Ushbu lоyihаlаrni аmаlgа оshirish uchun vilоyatgа хоrijiy invеstitsiyalаr ko‘rinishidа qаriyb 52,1 milliоn АQSh dоllаri zаrur. Хоrаzm vilоyati tеmir yo‘llаri umumiy uzunligi 130 km dаn оrtiq. Vilоyat Rоssiyaning Еvrоpа qismi vа Kаvkаz bilаn tеmir yo‘l оrqаli bоg‘lаngаn. Yo‘llаrning umumiy uzunligi – 2 300 km, shоh ko‘chаlаr 2 000 km mаsоfаgа yaslаngаn. Vilоyat аviаrеyslаri Хоrаzmni butun Mаrkаziy Оsiyo, shuningdеk Rоssiya mintаqаlаrining kаttа qismi vа [[Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi|MDH]] bilаn birlаshtirаdi. Хivа – хаlqаrо sаyyohlikning kаttа mаrkаzi. 1997 yildа Хivа o‘zining 2500 yilligini nishоnlаdi. Хivа аtrоfidа sаyyohlikni yanаdа rivоjlаntirish uchun ko‘p ishlаr qilindi.
 
Respublikaning shimоli-g‘аrbidа , Amudaryo quyi oqimining chap sohilida. Shimoliy va shimoli-sharqdan [[Qoraqalpogʻiston|Qoraqalpogʻiston Respublikasi]], janubiy va janubi-gʻarbdan Turkmaniston, janubi-sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Tarkibida 10 qishloq tumani (Bogʻot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor,Qoʻshkoʻpir, Hazorasp), 3 shahar ([[Urganch]], [[Xiva]], [[Pitnak]]), 7 shaharcha (Gurlan, Xonqa, Chalish, Shovot, Yangibozor, Qoʻshkoʻpir, Hazorasp), 100 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Urganch shahri.
 
== Tabiati ==
Viloyat choʻl zonasida, Xorazm vohasining gʻarbiy qismida, oʻrtacha 100 m balandliqda joylashgan. Relyefi pasttekislikdan iborat. Amudaryo qad. deltasining bir qismi boʻlib, daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Qoraqum choʻliga tutashgan gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismi qum bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan ohaktosh, qum, gil va boshqa qurilish materiallari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi moʻʼtadil sovuq, qor kam yogʻadi, yanv.ningyanvarning oʻrtacha tempaturasi –5°, eng past temperatura –32°. Yozi issiq, quruq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°, eng yuqori tempatura 45°. Vegetatsiya davri 200–210 kun. Yiliga 78–79 mm yogʻin tushadi, asosan, martaprel oylarida yogʻadi. Shim.Shimoliy va shim.shimoli-sharqiy shamollar esadi. Yagona daryosi – Amudaryo viloyat hududida keng vodiy boʻylab oqadi, qirgʻoqlari past, shu sababli toshqin boʻlib turadi. Toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Amudaryo suvidan yirik kanallar yerdamida ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Viloyat janubida mayda shoʻr koʻl, botqoqlik va shoʻrxok koʻp. Tuproqlari Amudaryoning allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryo vodiysida oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar, gʻarbida qumliklar uchraydi. Sugʻoriladigan yerlarda, asosan, boʻz tuproq boʻlib, kuchli shoʻrlangan. Viloyat hududining asosiy qismi haydaladigan yerlar. Amudaryo qayirlaridagi toʻqayzorlarda terak, tol, jiyda, yulgʻun, kandir, qumliklarda saksovul va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, kemiruvchilar, sudraluvchilar, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, chiyaboʻri; qushlardan toʻrgʻay, oʻrdaklar, kulrang gʻoz, oqqush, birqozon, baliqchi, dehqonchumchuq, qizilishton, zargʻaddoq va boshqa bor. Suv havzalarida ondatra va nutriya iqlimlashtirilgan.
 
Aholisi, asosan, [[oʻzbeklar]] (96,3%), shuningdek, [[Turkmanlar|turkman]], [[Ruslar|rus]], [[Qozoqlar|qozoq]], [[Tatarlar|tatar]], [[Koreyslar|koreys]], [[Qoraqalpoqlar|qoraqalpoq]] va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 231,6 kishi. Shaharliklar 321,7 ming kishi, qishloq aholisi 1091 ming kishi (2004).
Qator 113:
|}
 
Oʻtmishda Xorazmda yashovchi oʻzbeklar qabilalari bir necha etnik guruhlar boʻlib, ular [[Abulgʻoziy Bahodirxon]] (1643–64) tomonidan 4 guruh (toʻp)ga boʻlingan. Har bir guruhga 2 qabila (1 guruhga uygʻur va nayman, 2 siga qoʻngʻirot va qiyot, 3siga nukuz va mangʻit, 4siga qangʻli va qipchoqlar) birlashtirilgan. Shuningdek, bir necha qabila qoldiqlari (jaloyir, kenagas, doʻrmon, yuz, ming , shix, katagon) va ayrim etnik guruxlar (alieli, xoʻjaeli va. sayidlar) mavjud boʻlgan. Amudaryodan suv oladigan kanallar va sugʻoriladigan yerlarning katta qismi shu qabila va urugʻlarga taqsimlab berilgan va ular astasekin oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Qolgan guruxlar Xorazmda juda kam boʻlib (bular qoʻngʻirotlar va boshqalar) viloyatning Gurlan va Shovot tumanlari, mangʻitlar Gurlan tumani va Shovot tumani (AnbarManaq)da, qiyotlar Shovot tumanida, qipchoqlar Urganch, Shovot va Qoʻshkoʻpir tumanlari, doʻrmonlar Urganch va Shovot (Anbar Manaq) tumanlarida, xidireli Urganch va Xivada, tama Xonqa va Bogʻot tumanlarida joylashgan.
 
== Xoʻjaligi ==