Daryo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 101:
Relyefga bogʻliq ravishda togʻ D.si va tekislik D.siga boʻlinadi. Togʻ D.si nishabi kattaligidan, tor vodiylarda tez (kuchli) oqadi, yuvish jarayoni ham kuchli boʻladi. Oʻrta Osiyo D.lari asosan togʻ D.laridir. Tekislik D.lari keng oʻzanda sokin oqadi, ilonizi yoki meandrlar xos. Tekislik D.lari oʻzan va qayirlarida qum, gil yotqiziqlar qoldiradi, marza, sayozlik, tirsaklar hosil qiladi (mas, Amudaryo va Sirdaryo oʻrta va quyi oqimida), quyilish joylarida esa deltalar vujudga keladi. Baʼzan D. dan ajralgan tarmoqlar boshqa D. bilan qoʻshilishib ketadi (qarang [[Daryoning ikkiga ayrilishi]]).
 
Yer shari yuzasida D.lar juda note-kiye taqsimlangan. Har bir materikda bosh suvayirgʻichlar — oqim chegaralari bor. Yerning bosh suvayirgʻichi materiklar yuzasini 2 asosiy havzaga: AtlantikaArktika (oqim Atlantika va Shim.Shimoliy Muz okeanlariga boradi) va Tinch okean (oqim Tinch va Hind okeanlariga tushadi) havzalariga boʻlib turadi. Ekvatorial mintaqada D.lar zich boʻlib, dunyodagi eng yirik Amazonka, Kongo daryolari oqadi; tropik va moʻʼtadil mintaqalarda, ayniqsa togʻli r-nlardarayonlarda (Alp, Kavkaz, Qoyali togʻlar va b.), choʻllarda D.lar qor eriganda yoki jalalarda suv toʻlib oqadi (mas, Qozogʻistonning tekislik qismida).
 
D.da oqim tezligi bir necha sm/sek dan (tekislik D.sila) 6–7 m/sek gacha (togʻ D.sida) oʻzgarib turadi. Suv sathi koʻtarilishi bilan oqim tezligi, odatda, chuqur joylarda koʻpayadi va sayozlikda kamayadi. D.da suv t-rasitemperaturasi issiq mavsumda havo t-rasitemperaturasi bilan deyarli bir xil, D. muzlagan paytda qariyb 0° boʻladi.
 
D.larda muzlash hodisalari quruklik hududining taxminan 1/4 qismida, asosan Shim.Shimoliy yarim sharda kuzatiladi. D.lar RFda dastavval Shim.-Sharqiy Sibirda (sent.sentabr oxirida), kechroq Yevropa qismining jan.janubi-gʻarbida va Oʻrta Osiyoda (dek.dekabr oxiri — yanv.yanvar boshida) muzlaydi. Eng kalin muz qoplami Sharqiy Sibir D.larida (muz qalinligi oʻrtacha 1,5–2 m) kuzatiladi va 9—10 oy mobaynida saqlanadi. Togʻ D.larida oqim tez boʻlganligidan muz qatlami hosil qilmaydi, koʻpgina D.larda qishda shovush oqadi.
 
D. da suv sathining tebranishi suv sarfining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Suv sathi va suv sarfi hamda ularning tebranishi — suv rejimining asosiy tavsifidir.
Qator 119:
D. oqimi chuchuk suv resurslarining muhim manbaidir (qarang [[Suv resurslari]]). D. oqimlari kelib chiqishi va xoʻjalik ahamiyatiga koʻra 2 qismdan: yer osti oqimi va yer yuzasi oqimidan iborat. Yer osti oqimidan yil davomida foydalanish mumkin. Yer yuzasi oqimini suv omborlari yordamida tartibga solib foydalaniladi.
 
D. ning flora va faunasi bentos, plankton va nektondan iborat. D. tubining tuzilishiga qarab qar xil daryo tubi hayvonlari uchraydi. D. ning sekin oqadigan qismida yuksak suv oʻsimliklari uchraydi. Suvoʻtlar va toshlar orasida koʻplab mayda jonzotlar yashaydi. Erkin suzadigan planktonlarga yarim mikroskopik va mikroskopik hayvonlar (mayda qisqichbaqasimonlar, kolovratka) va suvoʻtlar (fitoplankton) kiradi. Nektonga oqimga qarshi suza oladigan baliklar mansub. D.larning quyi qismi va ularning deltalari baliqqa boy. D. da suv omborlari barpo qilish planktonlarning sonini oshirdi. Toʻgʻon va gidrouzellar qurilishi ovlanadigan oʻtkinchi baliqlarning (ayniqsa losossimon va osyotrsimonlar) tabiiy migratsiyasiga toʻsqinlik qiladi va koʻpayishiga xalaqit beradi. D.larning sanoat va xoʻjalik oqova suvlari bilan ifloslanishiga yogʻoch chiqindilari, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va zaharli kimyoviy moddalarning qoʻshilishi ham salbiy taʼsir kursatadi. Yer sharidagi koʻpchilik D.ning (ayniqsa Shim.Shimoliy Amerikaning sharqi va Gʻarbiy Yevropadagi) suvi sanoat va xoʻjalik chiqindilari bilan ifloslangan. [[Suv resurslari]]dan oqilona foydalanish maqsadida qonuniy, texnikaviy va sanitariya-gigiyena chora tadbirlari koʻrilmoqda (qarang [[Tabiatni muhofaza qilish]]).
 
D. qadimdan aholini ichimlik suvi va sanoatni suv bilan taʼminlash, tabiiy va chana (qishda) yoʻli, muntazam yangilanib turadigan gidroenergiya manbai, botqoq yerlarning suvini qochirishda kollektor vazifasini oʻtab kelgan. D.lardan anchagina baliq ovlanadi. D. qayirlari oʻtloq, tuprogʻi unumdor boʻlib, koʻpincha poliz ekinlari ekiladi. D. vodiylari boʻylab asosiy yer usti transport yoʻllari (temir yoʻl va avtomobil yoʻllari) oʻtadi, D. boʻyida juda koʻp shaqar va shaharchalar joylashgan. D. suvi suv resurslarining asosiy manbaidir.