London: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Fixing abbreviations (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 38:
[[Tasvir:London from above MLD 051002 001.jpg|thumb|260 px|London]]
 
'''London''', '''Katta London''' — [[Buyuk Britaniya]] poytaxti, mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Temza daryosining quyi oqimida, Shim.Shimoliy dengizdan 64 km masofada, London havzasi deb ataluvchi tekislikning markaziy qismida joylashgan. Poytaxt atrofidagi shaharlar va Siti bilan maʼmuriy jihatdan alohida metropoliten grafligi qilib ajratilgan Katta L.ni tashkil etadi. Aholisi 7 mln. kishi (1999). Iqlimi qishi yumshoq, yozi unchalik issiq boʻlmagan dengiz iqlimi. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi 5,3°, iyulniki 18,9°. Yillik oʻrtacha yogʻin 645 mm.
 
Rimliklar bosib olgunga qadar (milodiy 40—60-yillar) xoz. L. oʻrnida keltlar qishlogʻi boʻlgan. Rimliklar hukmronligi davrida L. dastlab harbiy lager, soʻng dare va dengiz porti boʻlgan. 4-asr oʻrtalaridan Rim Britaniyasining muhim siyosiy markazi. Anglo-sakslar istilosi davrida (5—6-asrlar) shahar vayron qilingan va tezda qayta tiklangan. 7-asr boshlaridan muhim savdo va siyosiy markazga aylangan. 11-asr oxiri12-asr boshlarida L. Angliyaning rasmiy poytaxtiga aylandi. 16-asrda kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi bilan L.da yirik savdo kompaniyalari vujudga keldi; 1571 yilda London birjasi ochildi. Angliya savdosining 2/3 qismi oʻtadigan L. porti jahon ahamiyatiga ega boʻla boshladi. Sanoatning jadal rivojlanishi va Buyuk Brita-niyaning muhim sanoat, savdo va moliyaviy jihatdan qudratli davlatga aylanishi (18-asr oxirlari) L.ning du-nyodagi yirik dengiz porti, savdo va moliyaviy markaz sifatidagi ahamiyatini oshirdi. Birinchi jahon urushi va undan keyingi davrlarda L .da metallsozlik, mashinasozlik, jumladan, avtomobilsozlik, aviatsiya, elektrotexnika kabi yangi sanoat tarmoqlari rivojlandi. Ikkinchi jahon urushi davrida L. nemis-fashistlar aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan. Oʻsha davrda harbiy sanoat, ayniqsa, aviatsiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari rivojlandi.
 
L. — Buyuk Britaniyadagi tinchlik uchun kurash markazlaridan. 1949 yildan boshlab, shaharda tinchlikni himoya qilish boʻyicha milliy kongress va konferensiyalar chaqiriladi. L. — diplomatik uchrashuvlar, majlis va xalqaro konferensiyalar oʻtkaziladigan joy. L. — xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Temza daryosining Shim.Shimoliy dengizga quyilish yeridagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 60 mln. t). Xitrou va Gatuik aeroportlari xalqaro ahamiyatga ega. Katta L. mamlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining qismini beradi.
 
Shaharda poytaxt aholisi ehtiyojlarini taʼminlash, L. porti orqali keltiriladigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash bilan bogʻliq sanoat tarmoqlari ayniqsa rivojlangan. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, aviasozlik, priborsozlik), shuningdek, elektrotexnika va radiotexnika sanoati korxonalari bor. Stanoksozlik va kema taʼmirlash ham muhim ahamiyatga ega. Chetdan keltiriladigan xom ashyo hisobiga rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Tikuvchilik, koʻn-teri, poyabzal, mebel, poligrafiya, farmatsevtika, sement, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Harbiy sanoat rivojlangan. L. porti orqali chetga sanoat mahsulotlari chiqariladi, chetdan neft, oziq-ovqat, oʻrmon mahsulotlari va boshqa keltiriladi. L.da dunyoda eng birinchi metropoliten qurilgan (1860—63). L.da turli moliyaviy, savdo, sugʻurta kompaniyalari, banklar, savdo va fond birjalari, nashriyotlar, gaz. tahririyatlari, xal-qaro va Britaniya monopoliyasi va xorij firmalari filiallari toʻplangan.
 
L. — mamlakatning muhim madaniy markazi. Bu yerda London universiteti, Siti un-tiuniversiteti, politexnika in-tlariinstitutlari, Qirollik drama sanʼati akademiyasi, Qirollik musiqa akademiyasi, London Qirollik jamiyati, shuningdek, koʻpgina ilmiy jamiyatlar va muassasalar bor. Un-tlar qoshida yirik kutubxonalar mavjud. 30 dan ortiq muzey, jumladan, Britaniya muzeyi (1753), tabiat muzeyi, ilmiy muzey, geologiya muzeyi, L. muzeyi, Milliy galereya va boshqa, yirik konsert zallari, teatrlar ishlab turibdi.
 
L. yagona markazdan emas, balki mustaqil shaharchalar va aholi punktlarining sekin-asta qoʻshilib ketishidan tashkil topganligi bilan boshka yirik shaharlardan farq qiladi. Tari-xiy markazlari — Vestminster (siyosiy idoralar, Vestminster abbatligi, Bakingem va Sent-Jeyms saroylari, Yangi Vestminster sobori va boshqa joylashgan) va Siti (bank, birja, yirik monopoliya idoralari oʻrnashgan).