Okean: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 4:
'''Okean''', Dunyo okeani (yun. Okeanos — [[Yer]]ni aylanib oqadigan azim daryo) — [[Yer]]ning materik va orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, [[Yer]] yuzasining taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan O. bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir.
 
Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, Dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650 yilda golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alo-hida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shim.Shimoliy Muz, Jan.Janubiy Muz O.lariga boʻldi. 1845 yilda London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Xind okeanlari. 20-asrning 30-yillaridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz O. [[Yer]] sharida O. suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shim.Shimoliy yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda O. suvlari qurukdikxa ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shim.Shimoliy yarim sharda joylashgan. Jan.Janubiy yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shim.shimoliy kenglikdan shim.dashimolida Shimoliy Muz okeanida va jan. kenglikning taxminan 56° bilan 65° oʻrtasida O. suvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan jan.sharkdajanubi-sharqda, materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shim.shimoli-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir qismi boʻlgan O. atmosfera va [[Yer]] pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham O.ning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va [[Yer]] poʻstiga bogʻliq.
 
O. issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. O. tufayli [[Yer]]da temperatura juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. O. oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. O. energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energi-yasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va boshqalardan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. O. va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi O. yoʻllari orkali amalga oshiriladi (qarang [[Dengiz transporti]]).
Qator 22:
O. tubi choʻkindilari. Keyingi yillarda olib borilgan geologik va seysmik tadqiqotlar shuni koʻrsatadi-ki, gʻovak choʻkindilarning qalinligi O.ning materik yaqinidagi zonalarida 2000–3000 m va undan ham ortiq boʻlsa, okean oʻrtasidagi togʻ tizmalarida, tik togʻ yon bagʻirlarida va materik yon bagʻri jarliklarida bir necha oʻn m va, hatto, nol m ga tengligi aniklandi.
 
O. tubi choʻkindilari orasida terrigen, biogen (ohakli va kremniyli), vulkanogen va aralash (poligen) choʻkindilar ham boʻladi, chuqur suv osti qizil gillari ana shunday aralash (poligen) choʻkindilardir. Terrigen choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, O. qaʼrining chetlarida va chuqur suv novlarida uchraydi. Ohakli choʻkindilar O.ning issiq va moʻʼtadil zonalarida (50° shim.shimoliy kenglikdan 50° jan. kenglikkacha) koʻproq tarqalgan; O. qaʼrida ular foramini-fera va kokkolit-foraminifera yotqi-ziqlaridan, sayoz joylarda — chigʻanoq va marjon yotqiziqlaridan iborat boʻladi. 4500–5000 m dan chuqurda SaSO3 erigan holatda boʻlgani uchun ohak choʻkindilar yoʻq. Kremniyli choʻkindilar (radiolyariya va diatom choʻkindilar) yuqori mahsulli fitoplankton zonalariga muvofiq ravishda 3 mintaqa — ikkita qutb yoni va bitta ekvatorial mintaqalar hosil qiladi. Chuqursuv qizil gili 4500–5000 m va undan ham chuqur botiklarda boʻladi. O.ning faol subaerol vulkanizm zonalariga yondashgan qismlarida vulkan choʻkindilari shakllanadi. O. tubida karbonatli choʻkin-dilar (150 mln. km²), chuqursuv qizil gillari (PO mln. km² dan koʻproq) va kremniyli gillar (60 mln. km²ga yakin) eng koʻp maydonni egallagan.
 
O. tubida endogen moddalar suv usti vulkanlari mavjud joylardagina toʻplanmay, O. oʻrtasidagi togʻ tizmalari va yirik siniqdar yaqinida ham uchraydi. Tarkibida metallar, baʼzi hollarda rudalar [(20—40% gacha Fe), Mn, Co, Ni, Pb, Zn, Ag, Se, Hg va boshqa elementlar] boʻlgan qatlamlar ana shular jumlasidandir.
Qator 42:
20-asrning 70-yillarigacha dengiz suvlaridan, asosan, osh tuzi (yiliga 8 mln. t), natriy sulfat, magniy xlorid, kaliy xlorid, brom xlorid olinar edi. Fantexnikaning keskin rivojlani-shi sharoitida dengiz suvlaridan xil-ma-xil kimyoviy elementlar olish is-tiqbollari ochilmoqda.
 
O.dan olinadigan mineral xom ashyo umumiy qiymatining 90% neft va gazga toʻgʻri keladi. Shelf zonasidagi neft va gazga boy maydon 13 mln. km² ga teng (shelf umumiy maydonining ‘/2 qismi). taxminan hisobga koʻra. O. dagi neftning geologik zaxiralari (305 m chuqurlikkacha) 280 mlrd. t, gazniki — 140 trillion m³. 20-asr 70-yillar boshi-gacha neft va gaz qirgokdan 150 km uzoklikdagi 100–110 m chuqurliklardan olinar edi, Yaqin kelajakda bu ishlarni O.ning qirgʻoqdan ancha uzoq va chuqurroq joylarida amalga oshirish imkoni tugʻiladi. 40 ga yaqin mamlakat dengiz tubidan neft va gaz chiqarish bilan shugʻullanadi, 100 ga yaqin mamlakat dengiz va O. shelf zonalarida qidiruv ishlari olib bormokda. Dengiz tubidan neft va gaz chiqarishning eng yirik konlari Fors va Meksika qoʻltiqlarida joylashgan. Shim.Shimoliy dengiz tubidan ham neft va gaz olinmokda.
 
Shelf metall rudalari va nometall qazilmalarga ham boy. Ular ichida titanli minerallar — ilmenit va rutil, shuningdek, sirkon va monatsit muhim ahamiyatga ega; eng yirik konlar Avstraliya (sharqiy sohil)da boʻlib, yiliga 1 mln. t titanli minerallar chiqariladi. Bunday sochma konlar Hin-diston, Shri Lanka, Malayziya va boshqa mamlakatlar yaqinida ham uchraydi. Qalay (Malayziya, Indoneziya, Tailand, Vyetnam va Osiyodagi b. mamlakatlar qirgʻoqlari yaqinidagi shelflarda), temir rudasi (Yaponiya, Kanadadagi Nyufaundlend), sof oltingugurt (Meksika), kumir (Kanada) va boshqa qazib chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda; bir qancha joylarda oltin va platina (mas, AQShdagi Alyaska va Kalifor-niyada), tantaloniobat, magnetit, titan-magnetit, xromit, olmos (Afrikaning jan.janubi-gʻarbiy qirgʻogʻidagi Namibiyada) ham topilgan. Fosforit konkretsiyalari yotkiziklari (Meksika, Peru, Chili, JAR va boshqalar) keng tarqalgan.
 
O. tubining keng maydonlarida oʻziga xos koʻp komponentli rudalar — temirmarganets konkretsiyalari yotqiziqlari topilgan; ularning potensial zaxiralari bir necha trillion t hisoblanadi; bu rudalar tarkibidagi marganets, nikel, kobalt zaxiralari ularning quruqlikdagi zaxiralaridan bir necha marta koʻp. Baʼzi mamlakatlarda 4 ming m chuqurlikdan sanoat yoʻli bilan konkretsiyalar qazib chiqarish sinab koʻrilmoqda.
 
Neft va gazdan boshka energetika resurslari ham muhim potensial ahamiyatga ega. O.dan energiya olish uchun toʻlqinlar kuchi, suv koʻtarilishi va qaytishi yuzaga keltiradigan sath ta-fovuti yoki suv yuzasi va tagidagi temperatura tafovutidan foydalanish mumkin. Suv koʻtarilishi energiyasining quvvati 1 mlrd. kVt hisoblanadi. Dastlabki suv koʻtarilishi elektr st-yasistansiyasi Fransiyaning La-Mansh sohilida, Rane daryosi quyiladigan joyda qurildi (1967); RFda Kola ya.o.ningyarim orolning shimolida Kislaya Guba suv koʻtarilishi va qaytishi bilan ishlaydigan elektr styasi tajriba tariqasida qurildi (1968); yanada kattaroq quvvatli suv koʻtarilishi va qay-tishi elektr st-yalaristansiyalari qurish loyihalari tuzilmokda. Kanada, AQSH, Buyuk Britaniyada ham bunday st-yalarstansiyalar loyihalari ishlab chiqilmokda. O.ning ter-mik energiyasidan foydalanishda tropik oʻlkalarda sharoit ayniqsa, qulay. Bu yerlarda qirgʻoq zonasidagi suvlarning temperaturasi ustki qatlamlarda 30°, 400–500 m chuqurliqda esa 8—10°. Birinchi gidrotermal elektr st-yasistansiyasi Abidjan yaqinida (Kot-d’Ivuar)da quriddi. O. ogʻir vodorod (deytriy)ning asosiy manbaidir. Termoyadro reaksiyasini muvaffaqiyatli boshqarish masalasi xal qilinsa, ogʻir vodorod bitmas-tuganmas energiya manbaiga aylanadi.
 
Gidrologik rejimi. O.ning i s -siqlik balansi. O. issiqlik balansining asosiy tarkibiy qismlari: radiatsiya balansi (quyoshning yalpi radiatsiyasidan O.ning nur qaytarishi ayirmasi), bugʻlanishga sarflanadigan issiklik, okean yuzasi bilan atmosfera oʻrtasidagi turbulent issiklik almashinishi va oqimlarning issiqlikni bir joydan ikkinchi joyga olib ketishi.
 
Jami radiatsiya yukrri kengliklardan quyi kengliklarga qarab kupaya boradi va atmosfera bosimi yukrri bulgan joylarda 20° shim.shimoliy kenglik va 20° jan. kenglikda maksimumga yetadi, bu narsa tropik va subekvatorial kengliklarda bulut kam boʻlishiga bogʻliq. Bosim baland joylarda bugʻlanishga ham maksimal issiqlik sarf boʻladi. Turbulent issiqlik almashinish barcha kengliklarda ham boshqalardan kam boʻladi. O. suvi 30° shim.shimoliy kenglik bilan 30° jan. kenglik orasida issiqlikni yutadi va yuqori kengliklarda esa issiqlikni atmosferaga beradi. Bu faktlar yilning sovuq yarmida oʻrta va qutbiy kengliklarda iklimni anchagina yumshatib tu-radi. 3-jadvalda O. issiklik balansining tarkibi kkal/sm2 yilda kenglik mintaqalari boʻyicha berilganSuv balansi. O. yuzasidan bugʻlanadigan namlik, yogʻin suvlari va materikdan oqib tushadigan suvlardan tarkib topadi. Ana shu suvlarning nis-bati turli kengliklarda O. suvining shoʻrlik darajasini belgilaydi. Materiklardan oqib tushadigan suvlar O.ga tushadigan yogʻin suvlarining atigi 10% ini tashkil etadi. Shim.Shimoliy yarim sharda bugʻlanish bir yilda 111,9 sm; yogʻin 116,7 sm ga, Jan.Janubiy yarim sharda bugʻla-nish 113,0 sm, yogʻin 91,6 sm ga teng . Oʻrtacha va qutbiy kengliklarda muzlarning erishi va suv muzlashi ham suv balansida muhim ahamiyatga ega.
 
Temperaturasi. Suvning 1 sm qalinlikdagi ustki qatlami O. ustiga tushadigan quyosh energiyasining 94% ini yutadi. Aralashish natijasida issiklik O.ning barcha qatlamlariga oʻtadi. O. yuzasidagi suvlarning yillik oʻrtacha temperaturasi 17,5°, O. ustidagi havo temperaturasi esa 14,4° ga teng . Shim.Shimoliy yarim sharda suv temperaturasi Jan.Janubiy yarim shardagiga nisbatan baland-roq (materik taʼ-sirida). Termik ekvator (eng katta temperaturalar liniyasi) ekvatordan shimolda joylashgan. Bu yerda oʻrtacha yillik temperatura 28°, yopiq tropik dengizlarda esa 32°. Ekvatordan qutblarga uzoklashgan sari u qutbiy oʻlkalarda sekin-asta 1,5—1,9° gacha pasayadi. temperaturaning mav-sumiy tebranishlari 100–150 m chuqurlikkacha yuz beradi. Chuqurlashgan sari temperatura pasayadi va tubi yuzasidagi qatlamda 0° dan pastga tushadi. Pekin bu holat hamma yerda ham bir xil boʻlmaydi. O. tubida temperatura yuzadan kelib turadigan suv temperaturasiga bogʻliq. O. tubiga yakin suv temperaturasi 1,4—1,8°, qutbiy oblastlarda esa 0° dan past boʻladi. 7 ming m dan chuqur botiklarda temperatura pasaymasdan, ak-sincha, adiabatik jarayon taʼsirida bir gradusning oʻndan bir ulushlarigacha orta boradi.
 
Shoʻrligi. Suv balansining tarkibiy qismlari nisbatiga qarab shoʻrlik 0%o dan (yirik daryolar quyiladigan joyda) 30—42%o (tropik dengizlarda — Qizil dengiz, Fors qoʻltigʻi, Oʻrta dengiz) gacha boʻladi. Bunga okimlar, muz hosil boʻlishi va muz erishi ham taʼsir etadi. 5-jadvadda turli xil kengliklardagi O. yuzasidagi shoʻrlikning oʻrtacha miqsori koʻrsatilgan.
 
Shim. yarim sharda Jan.Janubiy yarim shardagiga nisbatan shoʻrlik kamroq: Atlantika okeanining tropik kengliklaridagi qismida 37,25%o; qutbiy oʻlkalarda shim.dashimolida 31,4%0; jan.dajanubida 33,93%O; ekvatorda 32—34%o. Shoʻrlikning mavsumiy oʻzgarishi suvning yuza qismida, 100– 150 m chuqurlikkacha seziladi.
 
O. suvlarining sirkulyasiya-si. O.ning 150–200 m chuqurlikkacha boʻlgan yuza kismida O. suvlari koʻp esa-digan shamollar taʼsirida sirkulyasiya qiladi. Suvning bu qatlamlari tropik va subtropik kengliklarda antitsiklonal, yuqori va moʻʼtadil kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Passatlararo teskari okim mavsumiy harakterga ega va faqat Tinch okeandagina yil boʻyi mavjud. Mussonli oʻlkalarda yuza okimlar mavsumiy oʻzgarib turadi. Hind okeanining shim.shimoliy qismi va Tinch okeanning shim.shimoli-gʻarbiy qismi buning yaqqol misolidir. 150–200 m dan chuqurda suv sirkulyasiyasi O. suvi qatlamlari zichligining tafovuti tufayli vujudga keladi (qarang [[Dengiz oqimlari]]).
 
Toʻlqinlar. Suv massalarining gorizontal va vertikal harakatlaridan tashqari O. da shamol, suv koʻtarilishi va qaytishi, zilzilalar natijasida yuzaga keladigan toʻlqin harakatlari ham boʻladi. Shamol toʻlqinlari O.ning 50– 60 m chuqurlikkacha boʻlgan yuza qatlamlaridagina roʻy beradi; ularning balandligi 12–13 m va undan koʻproq. Koʻpchilik okean toʻlqinlarining balandligi moʻʼtadil kengliklarda 4 m, tropiklarda — 1,5 m. Suv koʻtarilishi toʻlqinlari va Sunami deb ataladigan seysmik toʻlqinlar O. suvining tubigacha yetib boradi. Suv koʻtarilishi toʻlqinlari O.da doimo boʻlib turadi. O.da ichki toʻlqinlar ham boʻladi. Ularning balandligi bir necha oʻn metrga yetadi.