Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Managua''' — [[Nikaragua]] poytaxti, mamlakatning sanoat va madaniy markazi. Managua koʻlining jan.janubi-sharqiy sohilida, 60 m balandliqda joylashgan. Iqlimi tropik iqlim, oʻrtacha yillik temperatura 27°. Yiliga oʻrtacha 1210 mm yogʻin yogʻadi. Atrofidagi shaharlar bilan mustaqil maʼmuriy birlik — milliy okrugni tashkil etadi. Aholisi 1,2 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oxiri).
 
Managuaga ispanlar tomonidan indeyslar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. 1846 yildan shahar maqomini olgan. 1858 yildan Nikaragua poytaxti. 1912—25 va 1926— 33 yillarda shaharni [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]] qoʻshinlari ishgʻol qilib turgan. Managua shahridagi zamonaviy binolar.
 
Managua— temir yoʻl va [[Avtomobil yoʻli|avtomobil yoʻllari]] tuguni. Panamerika shossesi shaharni [[Meksika]] shaharlari va Markaziy Amerika davlatlari poytaxtlari bilan bogʻlaydi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. M.da koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, kimyo, oziqovqat, metallsozlik, mebel, sement sanoati korxonalari mavjud. Shahar yaqinida neftni qayta ishlash zavodi joylashgan. M.da Markaziy Amerika untiuniversiteti boʻlimi, Milliy universitet fakultetlari, texnika instituti, milliy arxiv, milliy muzey, milliy teatr bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Milliy saroy, ratusha, sobor saqlangan. Zamonaviy binolardan Prezident saroyi, vakolatxonalar, hukumat bi-nolari, mehmonxona qurilgan. Shahardan 22&nbsp;km sharkdasharqda Tipitapa balneologik kurorti joylashgan. Shahar 3 marotaba (1885, 1931, 1972) kuchli zil-zyladan vayron boʻlib, qayta tiklangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==