Bosniya va Gersegovina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 7:
 
== Tabiati ==
Bosniya va Gersegovina hududining 90% ni togʻlar egallaydi. Pasttekisliklari Sava daryosi boʻylab shim.ga choʻziladi va Oʻrta Dunay tekisligining jan.janubiy kismini tashkil etadi. Jan.dagi pastqam togʻlar va serhosil togʻlararo havzalar mintaqasi 2000–2400 m gacha balandlikdagi Dinara togʻliklariga tutashib ketadi. Sava daryosi vodiysidagi iqpim moʻʼtadil, kontinental (yiliga 600– 800 mm yogʻin yogʻadi), togʻlarda nam va sovuq (yiliga 1500–2500 mm gacha yogʻin yogʻadi). Bosniya va Gersegovina maydonining 40% – oʻrmon, shu jumladan 3/3 qismi keng bargli (dub, buk), qolgani igna bargli (archa, qaragʻay) oʻrmonlar. Asosiy daryolari – Drina, Bosna, Vrbas, Neretva.
 
== Aholisi ==
Qator 13:
 
== Tarixi ==
Bosniya va Gersegovina hududida tosh davri (paleolit) da ham aholi yashagan. Qad. aholisi illiriylar boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-asrda ardeylar, daosilar, yapodlarning quldorlik davlatlari paydo boʻlgan. Qad. Rim ularni zabt etib, Dalmatsiya viloyatiga qoʻshib olgan. 6-asr birinchi yarmida Vizantiya hukmronligi ostida boʻlgan. 6–7-asrlarda bu yerga slavyanlar koʻchib kelgan. 10-asr oʻrtalaridagi manbalarda Trebinye, Zaxumle, Travuniya, Poganiya (Neretva) va Bosniya kabi mayda davlatlar mavjud boʻlganligi haqida maʼlumotlar bayon qilingan. 12–14-asrlarda Bosniya feodal knyazligiga aylandi. 14-asrda, ayniqsa, Tvrtko I davri (1353–91)da Bosniya qirollik deb eʼlon kilingandan keyin uning yerlari ancha kengaydi. Tvrtko I vafotidan soʻng parokandalik va oʻzaro urushlar boshlandi. Qirollikning jan.janubiy qismidagi hukmdorlardan biri – Stepan Vukchich 1448 yilda oʻzini gersog deb eʼlon kildi va uning yermulklari Gersegovina deb atala boshladi. 1463 yda Bosniya va 1482 yilda Gersegovinani turklar ishgol kildi. 1583 yilda Bosniya va Gersegovina podsholik deb eʼlon qilindi. Feodallarning koʻpchiligi va aholining bir qismi islom dinini qabul kildi. Bosniya va Gersegovinada turklarning harbiymustabidlik tuzumi qaror topdi. 19-asr boshlarida Bosniya va Gersegovina xalqining milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 19-asr oʻrtalarida feodallarning oʻzaro kurashi tuxtashi savdo-sotiqni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. 1872 yilda birinchi temir yoʻl (BanyaLuka – Novi) ochildi. Biroq Bosniya va Gersegovina ijtimoiyiktisodiy jihatdan qoloqligicha qolaverdi. Dehqonlar qoʻzgʻolonlarini (1834, 1852– 53, 185758, 186162 ylar) feodallar va turk maʼmuriyati shafqatsiz bostirdi. 1878 yilgi Berlin kongressining qaroriga binoan AvstriyaVengriya imperiyasi Bosniya va Gersegovinani bosib olish va uni idora qilish huquqini oldi. 1908 yilda [[Avstriya-Vengriya imperiyasi|Avstriya-Vengriya]] Bosniya va Gersegovinani oʻziga qoʻshib olganligini eʼlon kildi. 1918 yilda AvstriyaVengriya parchalangach, Bosniya va Gersegovina serblar, xorvatlar va slavyanlar qirolligi (1929 yildan – Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. Ikkinchi jahon urushi davrida 1941 yil aprelda Bosniya va Gersegovina nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi va "Mustaqil Xorvat davlati" tarkibiga koʻshib yuborildi. Bosniya va Gersegovina fashist boskinchilarga karshi xalq ozodlik urushining muhim markazlaridan biri boʻldi. Urushdan keyin, 1945–92 yillarda Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992 yil aprelda Bosniya va Gersegovina parlamenta 1992 yil 29 fevral va 1 martdagi referendum natijalariga tayanib, mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi. Referendumdan norozi boʻlib unda qatnashmagan serblar 1992 yil aprelda respublikaning shim.shimoliy hududida Yugoslaviya tarkibida mustaqil "Bosniya va Gersegovina Serbiya Respublikasi"ni eʼlon qildilar; i yul da Bosniya va Gersegovina gʻarbida "GersegBosna Xorvat hamdoʻstligi" muxtor r-nirayoni tuzildi. Bosniyaliklar jamoalarining qaramaqarshiligi harbiy toʻqnashuvlarga aylanib ketdi. 1993 yilda uch tuzilma delegatsiyalarining Jenevada boʻlib oʻtgan muzokaralarida Bosniya va Gersegovina Respublikasining konstitutsion tuzilish tamoyillari toʻgʻrisidagi hujjat maʼqullandi. 1995 yil 21 noyabrda AQShning Dayton shahri yaqinidagi harbiyhavo kuchlari bazasida Bosniya va Gersegovinada tinchlik toʻgʻrisidagi umumiy bitim imzolandi. Bosniya va Gersegovina 1992 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1996 yil 14 mayda oʻrnatgan.
 
== Asosiy siyosiy partiyalari ==
Qator 27:
 
== Tibbiy xizmati, maorifi ==
Bosniya va Gersegovinada 90-yillar boshida 1000 kishiga kasalxonalarda 5,8 oʻrin va 2,6 shifokor toʻgʻri kelgan. Maorif tizimi boshlangʻich maktab, gimnaziya, hunar va texnika oʻquv yurtlaridan iborat. Mamlakatda 4 untuniversitet mavjud.
 
== Adabiyotlar ==